Ridel bo’lagi borligi jigardan anatomik tuzilishining boshqacha turi
hisoblanadi, bunda jigarning o’ng bo’lagi til ko’rinishida o’sib chiqqan bo’lib,
pastga o’ng yonbosh sohasi sathigacha osilib tushib, katta hajmli tuzilmaga
o’xshab ko’rinadi.
Ko’pchilik hollarda jigar nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqmaydi,
davolashni talab qilmaydi va boshqa patologiyani aniqlash uchun bemorni
tekshirilayotganda tasodifiy topilma bo’lishi mumkin.
Jigarning jarohatlanishlari
Jigar jarohatlanishlari odatda yo’l-transport hodisalari oqibatida,
balandliklardan yiqilish, o’tkir predmet yoki o’q otar qurol, turli-tuman qattiq
buyumlar ta’siridan kelib chiqib, teshib kirgan yaralanishlarga bog’liq bo’lishi
mumkin. Ular yatrogen tabiatga ega bo’lishi mumkin.
Jigar jarohatlari
aksariyat hollarda ko’krak, qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning,
shuningdek bosh va sklet suyaklarining jarohatlanishi bilan birga o’tadi.
Jigar jarohatlari ochiq yoki yopiq turlarga bo’linadi. Jigar jarohatlarining
tabiatiga va darajasiga ko’ra ularning klinik belgilari juda kam yoki shok,
ichga qon ketishi, peritonit belgilari ko’rinishida yaqqol namoyon bo’lishi
mumkin. Qorinning oldingi devorida qontalash sohalarning borligi, jarohat
kanalining joylashuvi va yo’nalishi operatsiyaga qadar jigarning
jarohatlanganligiga shubha uyg’otishi mumkin. Tashxis qo’yishda
laparoskopiya, qorin bo’shlig’i suyuqligini diagnostik aspiratsiya qilish,
ultratovush yordarnida tekshirish, kompyuter tomografiyasi katta yordam
berishi mumkin. Bunda qorin bo’shlig’ida qon yoki o’t suyuqligining borligi,
jigar yorilganligi yoki uning kapsulasi ostida suyuqlik yig’ilganligini aniqlash
mumkin. Ayrim hollarda jigar parenximasida gaz to’planganligi aniqlanadi.
KT da pasaygan singish koeffitsenti sohasi fonidagi gaz, gematomaning
yiringlagani haqida axborat beradi. Qorinning yopiq jarohatida diagnozni
aniqlash uchun, ba’zan laparotomiya o’tkazish zarurati tug’iladi. 2-jadval
Jigar jarohatlarini davolash ko’pchilik hollarda xirurgik usulda,
jarohatlanish tabiati va og’irligi bilan belgilanadi.
Jigardagi kichikroq
gematomalar qunt bilan kuzatib borilib, gemodinarnika ko’rsatkichlari
barqaror bo’lganda, konservativ usulda davolash olib boriladi. Qorin
bo’shlig’ida patologik suyuqlik bo’lganda, shuningdek sanchilgan, kesilgan
jarohat bo’lganida yoki o’q otar qurollardan jarohatlanishda laparotomiya va
qorin a’zolari taftishi (reviziya) o’tkazilishi zarur bo’ladi.
Jigar jarohatlarida operatsiyaning maqsadi: qon oqishini to’xtatish,
jigarning jarohatlangan to’qimasiga ishlov berish va qorin bo’shlig’ini
drenajlashdan iborat bo’ladi. Qon oqishini to’xtatish uchun gepatoduodenal
bog’lamdan o’tadigan jigar arteriyasi, darvoza
venasini barmoq bilan bosib
turish yoki oqayotgan qonni to’xtatishni imkonini beradigan qisqichlar
ishlatish yo’li bilan vaqtincha gemostazni ta’minlash va qulay joyda qon
tomirlarini tikish yoki bog’lash kabi amaliyotlar qo’llanadi. Jarohatlangan
jigarga xirurgik ishlov berish, mahalliy gemostaz uchun kichikroqlarini
koagulyatsiya qilish, majaqlangan va xayotga layoqatsiz to’qimalarni kesib
olib
tashlash, atipik rezektsiyalar, П-simon choklar quyish yoki klipsalar
yordarnida qonni to’xtatishdan iborat. Ba’zi hollarda, jarohatlangan qismni
katta charvining tutarni bilan tompanada qilish yoki maxsus gemostatik
preparatlar qo’llash yo’li bilan qonni to’xtatish talab etiladi.
Jigar jarohatini bartaraf etish amaliyotining bosqichlari.
Jigar parenximasining yirik qon tomirlar va o’t yo’llarini qamrab olgan
jarohatlanishlari, jigarni bir qismini rezektsiya qilishni talab etadi va bu holda
jigarning sektoral va segmentar tuzilishlari hisobga olinishi lozim bo’ladi.
Operatsiyadan keyingi
davrda kechikkan qon ketishi, o’t oqmalari, o’t
yo’llari strikturalari, darvoza venasi stenozlari, portal gipertenziya va jigar
abstsesslari shakllanishi, koagulopatiya va sepsis kabi asoratlar yuzaga kelishi
mumkin. Odatda, katta jarohatlarda qon ketishining asosiy sabablaridan biri
jigar arteriyasining uzilishi yoki unda anevrizma shakllanishi,
uning esa
yorilib o’t yo’llariga tushishi (gemobiliya) paydo bo’lishiga sabab bo’lishi
mumkin. Bu asoratlarni aniqlash uchun jigar arteriyasi selektiv
arteriografiyasini bajarish lozim bo’ladi.
O’t oqmalari magistral o’t yo’llarida o’tkazuvchanlikning buzilishi
(yorilishi yoki to’siq paydo bo’lishi) oqibatida va o’t qopchasi
gipertenziyasida yuzaga kelishi mumkin. Bu hollarda oqmadan chiqayotgan
o’t suyuqligini tashqariga faol ravishda aspiratsiya qilish orqali, qorin
bo’shlig’iga o’t suyuqligining tarqab ketishini oldini olish va o’t oqmasini
shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’t chiqaruvchi yo’llar strikturasida toraygan qismlarni dilyatatsiya qilib
kengaytirish, stentlar o’rnatish
vositasida, endoskopik yoki jigar orqali
endobiliar operatsiyalar yordarnida dimlanib qolgan o’t suyuqligini tashqariga
yo’llash orqali vaqtincha bemor ahvolini yaxshilash, keyin esa rejali amaliyot
o’tkazib qoniqarli natijaga erishish mumkin. Rejali usulda bajariladigan
bunday xirurgik operatsiyalarga, aylanma yo’l orqali o’t oqimini
ta’minlaydigan biliodigestiv anastomozlar qo’yishlar kiradi.
Jigar jarohatlanishlarida o’lim darajasi yuqori (10-60%) bo’lib, jarohatga
qo’shilib keladigan shokning og’irligiga, jarohatlanishning hajmi, tabiati va
xususiyatiga, operatsiyadan keyingi asoratlar turiga va uning og’irligiga
bog’liq bo’ladi.
Jigarning pastki kovak venasi, darvoza venasi va jigar
venalari bilan birgalikdagi jarohatlanishi, ayniqsa o’ta xavfli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: