Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

1-
 
bosqichi: yashirin,simptomsiz. 
2-
 
bosqichi: simptomlar yuzaga chiqqan. 
3-
 
bosqichi: asoratlar rivojlanishi. 
Jigar exinokokki kistasi birmuncha tez rivojlanib, katta o’lchamlarga 
etganda klinik jihatdan namoyon bo’ladi. Jigar va epigastriy sohasida 
simmillovchi zirqiragan og’riqlar paydo bo’ladi. So’ngra qorin old devorining 
(ayniqsa kista yirik o’lchamlarda bo’lsa) bo’rtib chiqishi kuzatiladi. 
Parazitning rivojlanishi jarayonida organizmda unga nisbatan antigen-antitelo 
reaktsiyasi ishga tushadi va sensibilizatsiya jarayoniga sabab bo’ladi. Shuning 
uchun organizmda allergik holat yuzaga keladi va ―eshak emi‖ga o’xshash 
toshmalar toshishi kuzatiladi. 
Exinokokk kistasi o’zining rivojlanishi (o’sishi) jarayonida, ayniqsa 
jigarning yirik qon tomirlari, o’t yo’llari yonida joylashgan bo’lsa, ularni 
ezishi natijasida portal gipertenziya belgilari yoki mexanik sariqlik kabi 
asoratlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi hollarda bemorning e’tiborsizligi yoki o’z 
vaqtida diagnostika qilinmaganligi oqibatida kistaning qorin bo’shlig’iga 
yorilishi ko’pincha anafilaktik shok, peritonit kabi og’ir asoratlarni yuzaga 


keltiradi. Keyinroq esa exinokokk tuxum va kistalarining yorilgan bo’shliqqa 
(qorin bo’shlig’i, plevral bo’shliq va b.) disseminatsiyasiga, ya’ni tushgan 
a’zolarda o’sib ko’payishiga olib keladi. Bu holat bemorlarni qayta-qayta 
jarrohlik amaliyotini boshidan o’tkazishga majbur qiladi. Exinokokk kistasi 
yiringlaganda bemorda intoksikatsiyaga xos bo’lgan barcha belgilar paydo 
bo’ladi. 
Bemorda jigar exinokokkozi kasalligi borligiga shubha qilinganda uning 
anamnezini yig’ishda kasbiga, uy xayvonlari yoki iti borligiga, alohida 
aharniyat beriladi. Yuqorida keltirilgan shikoyatlarning borligiga e’tibor 
beriladi. Ob’ektiv ko’rikda esa, jigarning kattaligiga, chegaralarining 
o’zgarganiga qaraladi. Qonning umumiy tahlilida eozinofiliya, kista 
yiringlaganda esa yuqori leykotsitoz topiladi. Serologik reaktsiyalar (RSG, 
RIGA, RGA, IFA) jigarning exinokokkozga uchragani xaqida 90% ga yaqin 
hollarda to’g’ri natija beradi. Rentgen tekshiruvi o’tkazilganda diafragmaning 
zararlangan tarafda yuqori turishi, gumbazning bo’rtib chiqishi, ba’zan esa 
kista chegarasida kaltsinatlar borligini aniqlash mumkin. Ultratovush 
yordarnida tekshiruv va kompyuter tomografiyasini o’tkazish eng qulay va 
noinvaziv tekshirish usullariga kiradi va aniq ma’lumot beradigan usullardan 
hisoblanadi (96-rasm). 
Jigar o’ng bo’lagining gigant exinokokk kistasi (KT). 
Bugungi kunda yuqoridagi usullarning keng qo’llanilishi, radioizotop va 
angiografik usullarni kasallik diagnostikasida qo’llash o’z aharniyatini 
yo’qotdi. 
Jigar exinokokki xirurgik yo’l bilan, exinokokkektomiya amaliyotini 
o’tkazish yo’li bilan davolanadi. Kistaning o’lchamlari unchalik katta 
bo’lmay, jigarning chetida joylashgan bo’lsa - ideal exinokokkektomiya usuli 
qo’llanilib (kistani xitin va fibroz pardalari bilan qo’shib, butunligicha - 
bo’shlig’ini ochmasdan) olib tashlanadi. Ko’pchilik hollarda buning iloji 


bo’lmasdan, kista ichidagi suyuqlik, avvalo punktsiya va aspiratsiya yo’li 
bilan bo’shatilib, so’ngra kista ochilib ichidagi germinativ va xitin pardalari 
olib tashlanadi. Albatta, bu amaliyot bajarilayotganda disseminatsiyaning 
oldini oluvchi barcha chora- tadbirlar qo’llaniladi. Fibroz pardaning ichiga 
glitserin bilan ishlov beriladi va tikib (kapitonaj) bo’shliq yo’qotiladi. 
Exinokokk kistasining joylashgan o’rniga qarab, bo’shliqni yo’qotishning 
usuli tanlanadi. Qator hollarda bo’shliqni katta charvi bilan tompanada qilib 
bo’shliq yo’qotiladi yoki bo’shliq ochiq holda qoldiriladi (abdominiza-tsiya). 
Agarda amaliyot jarayonida jigarda o’t oqmalari topilsa, ular yaxshilab tikilib, 
bo’shliqqa drenaj naychasi qo’yiladi. Yiringlagan kistani operatsiyaning 
asosiy bosqichi tugallangandan so’ng qo’shimcha ravishda drenajlanadi. 
Hozirgi kunda jigar exinokokkini laparoskopik usulida operatsiya qilish 
usuli ham qo’llanilmoqda. Bu amaliyotga ko’rsatma bo’lib exinokokk 
kistasining ulcharni 10 sm dan kichik bulishi, asoratlanmagan va jigarning 2-
3- 5-6-7-segmentlarda joylashgan bo’lishi kerak. 
Operatsiyadan keyingi davrda ushbu kasallikning qaytalanishini 
(retsidiv) profilaktika qilish maqsadida parazitga qarshi preparatlar 
(albendozol, mebendozol va b.) tavsiya etiladi. 
Alveokok o’zida rangsiz suyuqlik saqlaydigan ko’p sonli mayda 
pufakchalardan iborat bo’lib, o’smasimon fibroz tugundan tashkil topgan 
bo’ladi. Alveolyar exinokokk infiltrativ o’sish qobiliyatiga ega bo’lib, o’sma 
o’sishini eslatadi, hamda o’t yo’llari va qon tomirlarga o’sib kirishga qodir. 
Shu sababli alveokokkozning eng ko’p uchraydigan asorati yirik o’t 
chiqaruvchi yo’llarini ezilishidan kelib chiqqan mexanik sariqlik hisoblanadi. 
Alveokokning infiltrativ o’sish xususiyati, magistral qon tomirlar va o’t 
yo’llarini ezilishiga sabab bo’lib, jarrohlik amaliyotini bajarishda bir muncha 
qiyinchiliklar tug’diradi. Ba’zi hollarda, atipik yoki anatomik jigar 
rezektsiyasi amaliyotlarini bajarishga to’g’ri keladi, o’t yo’llari esa 
drenajlanadi. Alveolokokkoz ―o’chog’i‖ga parazitga qarshi qo’llaniluvchi 
preparatlar (flavakridin) yuboriladi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish