Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi


Taloq arteriyasini surunkali embolizatsiyasining bosqichlari



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

Taloq arteriyasini surunkali embolizatsiyasining bosqichlari. 
Bu usul qo’llanilganda, bemorning nihoyatda kengayib ketgan taloq 
arteriyasiga (jigar arteriyalari aksariyat kichiklashgan va toraygan) 
endovaskulyar usul yordarnida Gian-Turko spirali o’rnatiladi va qonning 
bemalol oqib o’tishi yo’lida to’siq paydo qilinadi. Buning evaziga, 
amaliyotdan keyingi davrda, qon oqimida aylanma harakatlarning paydo 
bo’lishiga, taloqqa kelayotgan qon miqdorining kamayishiga, uning to’qimasi 
ishemiyasiga va ichida asta-sekinlik bilan rivojlanadigan aseptik nekroz 
holatiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida asta-sekinlik bilan kelayotgan qon 
miqdorining yanada kamayishiga, taloqning yanada kichrayishiga va uni 1-1,5 
oy mobaynida portal sistemadan batamom uzilishiga, ya’ni to’liq 
embolizatsiya bo’lishiga olib keladi. 
Bu jarayonning asta-sekinlik bilan rivojlanishi taloqqa bemalol oqib 
kelayotgan qonni to’g’ridan-to’g’ri jigarga yo’naltirilishi oqibatida uning 
yo’qola borayotgan faoliyatining tiklanishiga olib keladi. Albatta, bu 
jarayonlarning hammasi vrach nazoratida, kasallikda o’tkazilayotgan 


kompleks muolaja zarnirida qilinishi kerak. Prognoz bu kasallikda anchayin 
jiddiy.


 
4.7 O’T PUFAGI VA O’T YO’LLARI ATREZIYASIDA 
OVQATLANISH 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
O’ng va chap tomondagi jigar o’t yo’llari jigarning shu nomidagi 
bo’laklaridan chiqib, umumiy jigar yo’lini hosil qiladi. Jigar yo’lining eni 0,4 
dan 1 sm gacha o’zgarib turadi va o’rta hisobda 0,5 sm ni tashkil qiladi. O’t 
yo’lining uzunligi taxminan 2,5-3,5 sm. Umumiy jigar yo’li o’t pufagi yo’li 
bilan qo’shilib, umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. Umumiy o’t yo’lida to’rtta 
bo’lim farq qilinadi: o’n ikki barmoqli ichak ustida joylashgan supraduodenal, 
o’n ikki barmoqli ichak yuqori gorizontal qismi orqasidan o’tadigan 
retroduodenal, retropankreatik (me’da osti bezi boshchasi orqasidagi) va o’n 
ikki barmoqli ichakning vertikal qismi devoridagi intramural bo’limlar. 
Umumiy o’t yo’lining distal bo’limi o’n ikki barmoqli ichak shillik 
pardasi ostidagi qavatda joylashgan katta duodenal so’rg’ich (Fater so’rg’ichi) 
hosil qiladi. Katta duodenal so’rg’ich uzunasiga ketgan, doirasimon va 
qiyshik tolalardan iborat avtonom mushak sistemasiga - Oddi sfinkteriga ega, 
bu sfinkter o’n ikki barmoqli ichakka bog’liq emas. Pankreatik yo’l katta 
duodenal so’rg’ichga yaqinlashib, umumiy o’t yo’lining terminal bo’limi 
bilan birga duodenal so’rg’ich ampulasini hosil qiladi. Katta duodenal 
so’rg’ichda operatsiya bajarishda o’t yo’li bilan pankreatik yo’llarning o’zaro 
munosabatlariga doir turli variantlar hisobga olinishi lozim. O’t pufagi 
jigarning pastki yuzasida unchalik katta bo’lmagan chuqurchada joylashgan. 
O’t pufagining sig’imi tahminan 50-70 ml ni tashkil qiladi. O’t pufagining 
shakli va o’lchamlari uning yallig’lanishi va chandiqli jarayonlarida 
o’zgarishlarga rasm. O’t yo’llarining sxematik tasviri. 
Pufak yo’li ko’pincha xoledox o’ng yarim doirasiga o’tkir burchak 


ostida tushadi. O’t pufagi devori uchta parda: shiliq, mushak va fibroz 
pardalaridan iborat. Pufak shilliq pardasi ko’p sonli burmalar hosil qiladi. 
Pufak bo’yni sohasida va uning yo’lining boshlang’ich qismida Geyster 
klapanlari mavjud, pufak yo’lining bir-muncha distal bo’limlarida silliq 
mushak tolalari dastalari bilan birga Lyutkins sfinkterini hosil qiladi. Shilliq 
parda mushak dastalari orasida joylashgan ko’p sonli burmalar - Rokitanskiy-
Ashoff sinuslarini hosil qiladi. 
O’t pufagi o’t pufagi bo’yni tomonidan xususiy jigar arteriyasining bitta 
yoki ikkita shohi, yoki uning o’ng tarmog’idan keladigan pufak arteriyasi 
orqali qon bilan ta’minlanadi. Limfatik tugunlarga limfa oqib ketishi jigar 
darvozasidan va jigarning o’zidagi limfatik sistemadan sodir bo’ladi. O’t 
pufagi innervatsiyasi qorin chigali tarmoqlari, chap adashgan nerv va o’ng 
diafragmal nervdan tashkil topgan jigar tarmog’idan amalga oshiriladi. 
Jigarda ishlanadigan va jigardan tashqaridagi o’t yo’llariga tushadigan o’t 
suyuqligi (safro) suv (97%), o’t tuzlari (1-2%), pigmentlar, xolesterin va o’t 
kislotalaridan (taxminan 1%) iborat. Jigarning o’t ajratish o’rtacha debiti 
minutiga 40 ml. O’t pufagida suv va elektrolitlar so’rilishi hisobiga o’t 
suyuqligi kontsentratsiyasi ro’y beradi. Bunda o’tning asosiy komponentlari 
kontsentratsiyasi ularning jigar o’tidagi dastlabki miqdoridan 5-10 marta 
oshgan bo’ladi. Ovqat, nordon me’da shirasi, yog’lar va qondagi intestinal 
gormonlar - xoletsistokinin, sekretin o’t pufagining qisqarishini va ayni 
vaqtda Oddi sfinkterining bo’shashishini vujudga keltiradi. 
Ovqat o’n ikki barmoqli ichakda ishqoriy muhitga ega bo’lib qolgandan 
keyin qonga gormonlar ajralishi to’xtaydi, Oddi sfinkteri qisqarib, o’tning 
ichakka tushib turishiga to’sqinlik qiladi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish