Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti “Umumiy xirurgiya va travmatologiya” kafedrasi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/95
Sana11.04.2022
Hajmi3,04 Mb.
#542110
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95
Bog'liq
Xirurgik gastroenterologiyada ovqatlanish, o\'quv qo\'llanma, B. B. Safoyev. - Buxoro, 2018. - 179 b (1)

 
Tekshirish usullari
O’t pufagi va o’t yo’llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning 
shikoyatlari, anamnezi va fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o’rganishga 
asoslanadi. 
Bemorlar quyidagilarga eng ko’p shikoyat qiladilar: og’riq, dispepsiya, 
isitma, et junjikishi, teri qichishi, sariqlik. Anamnezni aniqlashda bemorda 
ilgari sariqlik va jigar hamda o’t pufagining o’tkir kasalliklari, sanchiq 
xurujlari bo’lgan-bo’lmaganiga aharniyat berish zarur, ular bu organlarning 
(surunkali xoletsistit, xolangit va o’t-tosh kasalligi) shu kasalligini boshlab 
bergan bo’lishi mumkin. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko’zdan 
kechirish, paypaslab ko’rish, perkussiya, auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular 
anatomik va funktsional o’zgarishlar to’g’risida tushuncha hosil qilishga 
imkon beradi va ko’pincha bemorni davolash jarayonida uning xolati 
dinarnikasiga baho berishda asosiy usullardan sanaladi. 


Jigarni funktsional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan, 
pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi 
vazifalarni aks ettiradi. 
Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko’p 
xollarda hal qiluvchi axarniyatga ega bo’ladi. 
Bemor qornini bosib yotganida olingan su’rat jigarning o’lchamlari, 
shakli, joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o’zgarishlar to’g’risida 
ma’lumot berishi mumkin. 
Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o’t yo’llariga tushganda 
organ - yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo’lib, 
ularning rentgen kontrast tasvirini olishga imkon beradi. Vena orqali 
xoletsistoxolangiografiya o’t pufagining holatidan qat’y nazar, uning 
qisqarish funktsiyasi buzilganda, pufak yo’li blokida, shuningdek 
xoletsistektomiyadan keyin o’t yo’llarining rentgen kontrast tasvirini olishga 
yordam beradi. 
Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o’t pufagi punktsiya 
qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin uni rentgenologik 
tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar 
vaqtida o’t yo’llarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Hozirgi 
sharoitlarda bu tekshiruv o’t yo’llaridagi operatsiyalarda albatta 
o’tkaziladigan bosqich hisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, 
asoratlar sonini kamaytirishga va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga 
imkoniyat yaratadi. 
Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERPXG) - Fater 
so’rg’ichiga yoki duodenoskopiyada biliar yo’l og’ziga kiritilgan kateter 
yordarnida kontrast modda yuborishdan iborat (101-rasm) 

Retrograd 


xolangiografiya 
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ЧЧХГ) jigar ichidagi o’t 
yo’llarini punktsiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin 
rentgenologik 
tekshirishni o’z ichiga oladi. Odatda teri orqali 
xolangiografiyani mexanik sariqlikda o’tkaziladi: bu usul o’t yo’llarida 
obturatsiya borligini tasdiqlash, uning joyini aniqlash va sababini bilishga 
imkon beradi. Tekshirish uchun ingichka po’lat ignalar va rentgentelevizion 
moslamalardan foydalanish tufayli bu usul keyingi yillarda juda keng tarqaldi. 
O’t yo’llarini manometrik tekshirish - xolangiomanometriya ularga 
suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu 
o’t chiqaruvchi yo’lning funktsional qobiliyati va o’tkazuvchanligi to’g’risida 
xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 
Jigar o’t yo’llarini ultratovush bilan tekshirish. O’t pufagini ultratovush 
bilan tekshirishda juda qimmatli ma’lumot olish mumkin, bu ularda 
konkrementlar yoki yangi xosil bo’lgan tuzilmalar borligini aniqlash imkonini 
beradi. 
Jigarni radioizotop tekshirish - uning radioaktiv moddalarni yutish 
xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni 
yutish dinarnikasi bo’yicha funktsional xolati aniqlanadi va radioaktiv 
preparatning jigar to’qimalariga taqsimlanishiga doir morfologik xususiyatlari 
o’rganiladi. 
O’t yo’llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida 
laparoskopiyani aksariyat jigarning o’chokli zararlanishi, o’t yo’llari 
saratonini aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differentsial 
diagnostika qilishda qo’llanishga to’g’ri keladi. 
Duodenoskopiya - katta duodenal surg’ich xolatini tekshirish, o’n ikki 
barmoqli ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi. 
Xoledoxoskopiya - operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va 
tekshirishning muhim bosqichi hisoblanadi. 

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish