Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Nutq buzilishlarini tartibga solish. 8



Download 3,43 Mb.
bet6/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

7. Nutq buzilishlarini tartibga solish.

8. Nutq buzilishini bartaraf etish printsiplari, differentsiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.

9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.

10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

Logopediyaning yuqorida ko’rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo’nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni — nutk buzilishlarini o’rganish xamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoninutq buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o’z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog’langandir.

Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o’rganuvchi ko’plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilarni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;

2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o’rtasidagi alokalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash;

3) nutqning buzilishini o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etish printsiplarini amalga oshirish;

4) nutq buzilishini oldini olish uchun aholi o’rtasida logopedik bilimlar targ’ibotini olib borish.

Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir-kuchini belgilaydi.

Logopedik ta’sir etishning asosiy yo’nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish faoliyati, ayniqsa tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlantirish; shuningdek sotsial munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; sotsial muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi.

Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to’g’rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo’lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi.

Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning sotsial mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog’liqligi bilan belgilanadi.

Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tushunarli tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So’zning ahamiyati o’z-o’zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o’zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o’xshash emas va ma’lum darajada bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo’ladi.

Nutqiy muomala qobiliyatini o’zlashtirish o’ziga xos insoniy sotsial aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof muhit haqidagi tasavvurlari shakllanadi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.

Bolaning nutqni o’zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatnint turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi.

U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog’lik holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og’ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bog’liqligi, sotsial, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bog’langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni idrok etishi amalga oshadi.

Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, aslida bo’lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy fazilatlar (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg’usi) ning rivojlanishi uchun yo’l ochib berishi mumkin.

Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o’zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, logopediyaning ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.



2. Logopediya boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langandir. SHaxsga har tomonlama ta’sir ko’rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan omilkorona shug’ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning alomatlarini, ularning etiologiyasi, mehanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi nutqiy va nutqsiz alomatlar munosabatlarini bilish kerak. Bu logopediyaning boshqa fanlar bilan bo’ladigan aloqasini belgilaydi.

Sistemalar ichidagi va sistemalararo aloqalar bor. Sistemalar ichidagi aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika metodikasi, umumiy va maxsus psixologiya bilan bo’ladigan aloqalari kiradi. Sistemalararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari o’rtasidagi aloqalar kiradi.

Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida ishtirok etadigan analizatorlarning kurilishi va harakatga kelishi xakidagi bilimlardan foydalanadi.

Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funktsiyalarning dinamik lokalizatsiyalanishi to’g’risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi bilimlarni egallash kerak bo’ladi.

Nutq murakkab funktsional jarayondir. Uning asosida muloqot jarayonidagi til belgisi tartiblaridan ko’llanish yotadi. Tilning murakkab sistemasi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo’lib, u bola tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o’zlashtirib olinadi.

Nutqiy sistema bosh miya a’zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan har biri nutq faoliyatining o’ziga xos vazifasini bajaradi.

A.R.Luriya miya faoliyatini uchta funktsional blokka ajratadi.


Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish