1.MAKTABGACHA LOGOPEDIYA FANIDAN MA’RUZA MATNI
1. Mavzu: Fonetik-fonematik nutq buzilishlariga ega bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash
Reja
Logopediya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Nutq apparatining tuzilishi.
Bolalar nutqining rivojlanishida ko’rish va eshitishning roli.
Fonetik-fonematik nutq kamchiligi haqida tushuncha.
Tayanch tushunchalar
Logopediya termini grekcha loges (so’z, nutq) peydeo (tarbiyalayman, o’qitaman) ya’ni «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi.
Kompensatsiya – o’rnini qoplash. Biror psixik funktsiya qisman yoki to’la ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’ funktsiyalar bajaradi.
Nutqning buzilishi alomati bu nutqiy faoliyatning qandaydir buzilishi belgisi (namoyon bo’lishi) dir.
Nutqiy buzilish alomati – bu nutqiy faoliyat buzilishining belgilari majmui (ko’rinishlari) dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |