Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig’ining oldingi bo’limlari (motor, motor oldi va old frontal soha) doirani o’z ichiga oladi. Bu blok inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni ta’minlaydi. U shuningdek miya qobig’i ostidati a’zolar faoliyati barcha sistemalarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi.
Nutq kamchiligining ko’plab ko’rinishlari bosh miyaning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, natijada u qadar ko’zga tashlanmaydigan ko’rinishlarda (harakatdagi nuqsonlar, xotiraning bo’shligi, diqqat va xulqdagi kamchiliklar, Nutqning turli xil buzilishlari) ko’rish mumkin.
Nutq kamchiliklarini tahlil qilish vaqtida logoped bola sog’lig’ining umumiy holati, harakat qismlari, ko’rish, eshitish organlari, intellekt (aqliy) darajasi, tana tuzilishlariga diqqat qilishi kerak. Nutq kamchiliklarining ko’p ko’rinishi (ayniqsa, nevrotik holatlardagi) bolalarning tug’ma nevropatik holati bilan bog’liq bo’ladi. Bunday bolalar yoshligidanoq barcha tashqi ta’sirlardan tez aziyat chekishadi, ularning nerv sistemasi, shakllanishiga ta’sirini ham o’rganish kerak. Masalan, bolaning markaziy nerv sistemasining lat yeyishi (zararlanishi) oqibatida nutq apparati muskullarning harakatlanishi ham buzilishi mumkin. Bu narsa artikulyatsiyasidagi (nutq bilan bog’liq organlarning harakati) cheklanishga olib va fikrni ifodalash jiddiy qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Biroq, nutq nuqsoni bu bilan cheklanmaydi. Tovushlarni chiqarishdagi qiyinchiliklar nutqni qabul qilish organlarining faoliyatiga ta’sir qiladi. CHunki, nutqni hosil qilish va eshitish analizatorlari o’rtasida o’zaro bog’liqlik tufayli, bu jarayon ham sekinlik bilan kechadi. Tovushlarni noaniq qabul qilish o’z navbatida so’zning tovush holatini shakllantirishning sekinlashuviga sabab bo’ladi. Bu narsa o’z navbatida yozma xatni o’zlashtirishda qiyinchiliklar tug’diradi, ya’ni, tilning lug’at qismining sekinlik bilan o’sishiga, nutq xotirasining bo’shligiga sabab bo’ladi.
SHunday qilib, bolaning nutq faoliyatidagi cheklanishi so’zlarni qiynalib ifodalashga olib kelishi mumkin.
SHundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish printsipini, nutq buzilishini bolaning psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o’zaro bog’liq holda qarab chiqish, faoliyatli yondoshuv, ontogenetik printsip, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish printsipi (etiopatogenetik printsip), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini hisobga olish, umumdidaktik va boshqa printsiplar.
Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
so’zlovchining yoshiga nomuvofiqlik xususiyati;
shevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo’lmagan xususiyatlar;
nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq bo’lgan xususiyatlar;
o’z-o’zidan yo’qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;
nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan barqaror xususiyatlar;
bolaning keyingi psixik rivojlanishiga tez-tez salbiy ta’sir o’tkazadigan xususiyatlar.
Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog’liq xususiyatlaridan, uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning territorial dialektli va sotsial-madaniy omillari bilan bog’liq xususiyatlaridan farqlash imkoniyat yaratadi.
Nutq buzilishlarini belgilash uchun shuningdek «Nutqning nuqsonlari», «Nutq kamchiliklari», «Nutq atamalari» ham ishlatiladi.
«Nutqning to’liq rivojlanmaganligi» va «Nutq buzilishi» tushunchalari bir-biridan farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |