Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
Ayupova M.Yu. Logopediya. O’zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007, 2011 y.
Logopediya. (pod red. A.S.Volkovoy). M.: Vlados. 2003 g.
Muminova L., Ayupova M. Logopediya. T.: O’qituvchi 1993 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
Xrestomatiya po logopedii. Vlados.: M.: 1997 g. 1 tom-2 tom.
SHomaxmudova R.SH., Mo’minova L.R. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. O’qituvchi. T.: 1993 y.
Nutq kamchiligini aniqlash, o’rganish, bartaraf etish va oldini olish defektologlarning barcha sohalari (logopediya, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika va surdopedagogika) uchun dolzarbdir.
Nutqdagi kamchiliklar bolalarning muomala qilish va o’qitish uchun salbiy ta’sir etadi. Nutq o’z-o’zidan mustaqil bartaraf etilmaydi. Nutq buzilishlari uzoq vaqt bartaraf etish ishlarini olib borishni talab etadi. Nutq kamchiliklariga ega bo’lgan bolalarga ta’sir etishni to’g’ri tashkil etmoq uchun nutq faoliyati buzilishining sabab va mohiyatini to’g’ri anglab olish, nutqidagi kamchiliklarning paydo bo’lishi nutq buzilishlarining rivojlanishi va uni bartaraf etish qonuniyatlarini bilib olish kerak. Bu esa ravon to’g’ri nutqning yuzaga chiqishiga, aniq maqsadni ko’zlab harakat qilishga kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Nutq kamchiliklarini mexanizmi va sabablarini bilish, nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar nutqidagi kamchiliklarini aniqlashda asosiy rolni o’ynaydi. Ushbu ma’ruza matnida asosan nutq kamchiliklarini paydo bo’lishi sabablari, mexanizmlar hamda ularning shakllari yoritilgan.
1. Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o’rganadi. SHuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo’shadilar.
«Logopediya» termini grekcha loges (so’z, nutq), peydeo (tarbiyalayman, o’qitaman) so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, tarjimada to’g’ri «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi.
Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o’qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o’rganish ob’ekti – nutq nuqsoniga ega bo’lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan bir oz bo’lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar logopediyasi, o’smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo’linadi.
Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni uqitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan sistemasini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo’g’rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |