Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya va orqa miyadan tarqalgan nervlar, soni, vazifalari



Download 28,75 Kb.
bet1/8
Sana15.01.2022
Hajmi28,75 Kb.
#366855
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya va orqa miyadan tarqalgan nervlar, soni, vazifalari.


Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya va orqa miyadan tarqalgan nervlar, soni, vazifalari.

Nerv sistemasi barcha organlar va organlar sistemasi faoliyatini boshqaradi, organizmdagi barcha organlar va organlar sistemasini bir butun qilib birlashtiradi, ular faoliyatini bir-biriga moslaydi va butun organizmning funktsional birligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, oragnizmning tashqi muhit bilan birligini boshqaradi va odamning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga yordam beradi, nihoyat, ma’noli nutq, xotira, fikr ham nerv sistemasiga bog'liq. Nerv sistemasining tuzilish va funktsional birligi-nerv hujayrasi (neyron)dir.

Nerv sistemasi asosan markaziy va periferik nerv sistemasiga bo'linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh miya bilan orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasi skelet muskullari va ichki organlarga boradigan nervlar hamda nerv chigallaridan iborat.

Periferik nerv sistemasi somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi. Somatik nerv sistemasi skelet muskullarida va ba’zi ichki organlarda (til, halqumda) tarmoqlanadi va ulra faoliyatini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi esa ichki organlarga, ichki sekretsiya bezlariga, teri va qon tomirlarining silliq muskullariga boradi. Shu bilan bir qatorda vegetativ nerv sistemasi ko'ndalang-targ'il muskullarining oziqlanishini (trofik) va tonusini boshqaradi.

Markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv sistemasi funktsional jihatdan bir-biriga chambarchas bog'liq.

Markaziy nerv sistemasi kul rang va oq moddadan iborat. Kul rang modda nerv hujayralarining to'plamida, oq modda esa shu hujayralar o'simtalaridan hosil bo'ladi.



Orqa miya (medulla spinalis) umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Miya yuqorida katta ensa teshigi orqali uzunchoq miyaga ulanadi. Pastda bel umurtqasi ro'parasida konus shaklida tugaydi. Bu konus ingichka tortib, II dum umurtqasigacha cho'ziladi va oxirgi ipga aylanadi.

Orqa miyaning bo'yin va bel qismi yo'g'onlashgan. Bu yo'g'onlashmalardan qo'l va oyoqlarga boradigan nervlar chiqadi. Orqa miya segmentlarga bo'linadi (31ta), qaysi segmentdan bir juft orqa miya nervi boshlanadi.

Yuqorida aytilganidek, orqa miya kul rang va oq moddadan hosil bo'lib, shakli kapalakni esalatadi. Kul rang modda orqa miyaning markazida, oq modda esa kul rang moddaning chetida joylashadi.

Kulrang modda nerv hujayralaridan hosil bo'lib, shakli kapalakni eslatadi. Kulrang moddada ikita oldingi va ikkita orqa shoxlar bor. Oldingi shoxlarda harakatlantiruvchi hujayralar, oldingi shoxlarda esa qo'shimcha yoki oralik hujayralar joylashgan.

Orqa miyaning oldingi va orqadagi shoxlaridan har bir segmentdan bir juft oldingi va orqadagi ildizlar boshlanadi. Sezuvchi nerv hujayralarining to'plami orqadagi ildizlarda bo'ladi. Bu to'plam orqa miya tuguni deyiladi.

Ildizlar asosan kulrang modda va tugunda joylashgan nerv hujayralarining o'siqlaridan iborat. Shu sababli, orqadagi ildizlar sezuvchi, oldingi ildizlar harakatlantiruvchi bo'ladi. Oldingi va orqadagi ildizlar umurtqa pog'onasi kanalidan chiqqandan keyin bir biri bilan birlashadi va aralash orqa miya nervini hosil qiladi. Oxirgi bel umurtqalari va dumg'aza suyagi qismidagi ildizlar yig'ilib, ot dumini tashkil etadi.

Orqa miyaning oq moddasi nerv hujayralari o'siqlaridan iborat. Bu o'siqlar nerv impulьslarini o'tkazuvchi yo'llarni hosil qiladi. O'tkazuvchilar ko'tariluvchi (sezuvchi) va tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi. O'tkazuvchi yo'llar yordamida orqa miyaning turli qismlari bosh bilan va bosh miya orqa miya bilan birlashib turadi.

Orqa miyada ko'tariluvchi va tushuvchi yo'llardan tashqari, juda ko'p kalta yo'llar ham bor. Orqa miya segmentlarini bir-biri bilan birlashtirib turadi.

Orqa miya uch qavat parda: tashqi parda - miyaning qattiq

pardasi, o'rta -o'rgimchak iniga o'xshash parda va ichki parda- tomirli yoki yumshoq parda bilan qoplangan.

Orqa miyaning asosiy funktsiyasi reflektor, faoliyati va qo'zg'alishni o'tkazishdir. Orqa miyada organizmdagi muhim funktsiyalarning reflektor markazlari joylashgan. Masalan, orqa miyaning bo'yin qismida diafragma muskullari, bo'yin, yelka kamari va qo'l muskullarining ishini boshqaradigan markazlar; bel va dumg'aza qismida chanoq kamari va oyoq muskullari markazlari, shuningdek, ko'krak va bel qismida ter chiqarish va tomirlarining harakatini boshqaradigan markazlar, dumg'aza qismida siydik chiqarish, defekatsiya va jinsiy organlar faoliyatini boshqaradigan markazlar joylashgan.

Orqa miyaning ikkinchi funktsiyasi o'tkazuvchi yo'llar yordamida ko'zg'alishni o'tkazishdir. Nerv impulьslari teri, muskullar va boshqa organlardan sezuvchi tolalar orqali orqa miyaga, undan ko'tariluvchi yo'llar orqali bosh miyaga o'tadi. Bosh miyadan hosil bo'lgan ko'zg'alish o'tkazuvchi yo'llar bo'ylab orqa miyaga, undan harakatlantiruvchi tolalar bo'ylab har xil organlarga o'tkaziladi. Bu impulьslar ta’sirida organlar holati o'zgaradi. Masalan, muskullar qisqaradi, siydik va axlat chiqarish to'xtatilib turadi boshqallar. Orqa miya faoliyati bosh miya va uning po'stlog'i tomonidan boshqariladi.

Orqa miyadan 31 juft orqa miya nervi chiqadi. Bular: 8 juft bo'yin, 12 juft ko'krak, 5 juft bel, 5 juft dumg'aza va 1 juft dum nervlaridir. Orqa miya nervlari umurtqalar aro teshikdan chiqqandan keyin, oldingi va orqadagi tarmoqlarga bo'linadi. Orqadagi tarmoqlar teriga va orqaning joylashgan muskullariga boradi. Bo'yin, bel, dumg'aza va dum nervlarining oldingi tarmoqlari bir biri bilan chalkashib, bo'yin, yelka, va dumg'aza nerv chigallarini hosil qiladi. Har qaysi chigaldan muayyan ullarga va terining ayrim qismlariga nervlar chiqadi.

Ko'krak nevrlarining oldingi tarmoqlari chigal hosil qilmaydi, qovurg'alararo muskullarga, ko'krak va qorinning yuqori bo'limlaridagi teriga boradigan qovurg'a osti nervlarini hosil qiladi.


Download 28,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish