Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Tarixiy kechalarva o`quv konferensiyalari



Download 2,82 Mb.
bet90/157
Sana11.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#339023
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157
Bog'liq
metodika majmua

Tarixiy kechalarva o`quv konferensiyalari.Tarixiy mavzularda o’tkaziladigan kechalar sinfdan tashqari ishlarning muhim tashkiliy shakli bo’lib, ularning asosiy vazifasi har xil san’at vositalari (badiiy o’qish, musiqa, ashula, inssenirovkalar) yordamida o’quvchilarga tarixiy faktlar, voqealar hamda hodisalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini uqtirishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda tarixiy mavzulardagi kecha va ertaliklar maktab tajribasida keng qo’llanilmoqda.

Tarixiy mavzulardagi kecha va ertaliklar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:

1. Maktabda o’tkaziladigan kecha yoki ertaliklar o’quvchilarni axloq, vatanparvarlik, xalqlar do’stligi, mehnatsevarlik, ijtimoiy mulkni qattiq qo’riqlash, jamoaviylik, odamlarga e’tiborli va g’amxo’r bo’lish, umuman insoniy fazilatlarni rivojlantirish ruhida tarbiyalashga yordam berishi lozim.

2. O`tkaziladigan har bir kecha va ertalik o’quvchilarning ommaviy bayramiga aylansin, unda ishtirok etgan har bir o’quvchi o’zining qobiliyat va talantini namoyish qilsin.

3. Kechaning ko’ngilli o’tishiga erishish lozim. Uning maroqli o’tishi uchun xarakteriga qarab, turli mavzularda dokladlar tinglash, she’rxonlik qilish, tarixiy voqealarning qatnashuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish mumkin. Har bir kecha albatta badiiy qism (ashula, musiqa, inssenirovka, viktorina o’yinlar, hazil-toifadagi konkurslar va shu kabilar) bilan yakunlanadi.

Bunday kechalar o’quvchilar faolligini oshiradi, ularni tashkiliy ishlaridagi ishtiroki ijtimoiy foydali mehnatga o’rgatadi, kollektiv oldidagi javobgarlik hissini oshiradi.

Tarixiy kechalar mavzuiy jihatidan o’quv dasturining mazmuni bilan zamonamizning dolzarb masalalari va yubiley sanalari bilan bog’lab o’tkaziladi11. Maktab tdjribasida o’quv dasturi bilan bog’liq quyidagi mavzularda o’tkazilgan kechalar diqqatga sazovordir. VI sinfda «Qadimgi Misr», «Qadimgi Gresiya madaniyati», «Spartak yetakchiligidagi qullar qo’zg’oloni», «Qadimgi Rim madaniyati»; VII sinfda «Xalq qahramoni Janna D'Ark», «Ilm-fan kurashchilari»; VIII sinfda «Aleksandr Nevskiy», «Minin va Pojarskiy»; IX sinfda «Dekabristlar», «Parij Kommunasi» va boshqalar.

Tarixiy kechalar davrimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir mavzularga ham bag’ishlanadi!(Masalan, «Jahonga tinchlik», «Chet ellik do’stlarimiz», «Mehnat va texnika tarixidan», «Zamonamiz qahramonlari», «Osiyo va Afrikaning ozodlik kurashidagi g’alabalari» va boshqalar.

Yubiley sanalarga bag’ishlangan kechalar o’tkazish odat tusiga kirib qoldi. (1 May, 8 Mart, mutafakkirlarimizning tug’ilgan kuni, Armiyaning tug’ilgan kuni, Konstitusiya kuni 8dekabr, matbuot kuni va h. k.)

Maktab tajribasida shaharlar yubileyiga bag’ishlangan kechalarni o’tkazish ham rasm bo’lib bormoqda.

Maktab tajribasi o’lka tarixini o’rganishda tarixiy kechalarning roli borgan sari ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Maktabda o’lkani o’rganish bilan bog’liq hamma ishlarni tarixiy kecha bilan yakunlash odat tusiga kirib qoldi. O`lkani o’rganishga bag’ishlangan kechalar o’quvchilar orasidagina emas, balki o’lka aholisi orasida ham tarixga qiziqish tug’dirmoqda. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarixiy haqiqatni tiklash va uni yangicha tafakkur etish, respublikadagi g’oyaviy-siyosiy va ijtimoiy muhitni tubdan o’zgartirish uchun tarixni chuqurroq o’rganishga intilish kuchayib borayotgan sharoitda tarixiy kecha va konferensiyalar tashkil etishning ahamiyati yanada ortib boradi.

Maktabda o’tkaziladigan mavzuiy kechalarning muhim turlaridan biri kitobxonlar konferensiyasidir. Konferensiyada o’qituvchi rahbarligida o’qilgan kitoblar muhokama qilinadi. Imkoniyat bo’lganda muhokamaga qo’yilgan kitobning muallifi ishtirok qilsa yana yaxshi bo’ladi.

Shunday qilib, tarixiy kecha va konferensiyalar sinfdan tashqari o’quv ishlarining muhim shakli bo’lib, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini to’ldirish, ularning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini o’stirish, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi.Tarix yoki tarixiy-o’lkashunoslik to`garagi odatda bir xil yoshdagi sinf o’quvchilaridan tashkil topadi. Maktabda parallel sinflar bo’lmagan taqdirda, boshqa sinf o’quvchilari ham jalb etilishi mumkin. Masalan, V—VI sinf, VII—VIII yoki IX-sinf o’quvchilarining birlashgan to’garaklari tashkil etilsa bo’ladi.

To’garak ishining mazmuni a’zolarining yoshiga, bilim saviyalari va malakalariga qarab turlicha bo’ladi. V—VI sinf o’quvchilari uchun tashkil etilgan tarix to’garagining asosiy vazifasi o’quvchilarda tarixni o’rganishga paydo bo’la boshlagan qiziqishni rivojlantirish, ularni tarixiy materiallar ustida mustaqil va ijodiy ishlay boshlashga o’rgatishdan iboratdir.

VII—VIII sinflarda, ayniqsa IX-sinflarda tashkil etilgan to’garak mavzusi, uning mazmuni o’quvchilarning o’sib borayotgan talablariga to’la javob beradigan bo’lishi kerak. Maktab tajribasida IX-sinflardagi o’quvchilar uchun tashkil etilgan to’garaklarda mamlakat iqtisodiyotiga, xalq xo’jaligining yuksalishiga, ijtimoiy harakatlarga doir masalalarni o’rganishga katta e’tibor berilganini ko’ramiz.

Tarix yoki tarixiy-o’lkashunoslik to’garagida o’quvchilarning qiziqishlariga qarab har xil masalalar; harbiy-tarixiy, tarixiy-madaniymavzular, ulug’ kishilar, tarixiy arboblar va mashhur qahramonlarning biografiyasi, madaniyat va san’at tarixi, tarixiy-o’lkashunoslik materiallari, I. A. Karimov asarlari, kundalik voqealar va boshqalar o’rganiladi. To’garak o’quvchilarni tarixiy tadqiqotning ba’zi tomonlari bilan ham ma’lum darajada tanishtiradi. Masalan, yosh arxeologlar, yosh arxivshunoslar to’garagida o’quvchilar arxeologiya ishlarini olib borish, arxivda ishlash malakalarini egallaydilar. To’garakda doklad qilishga, axborot berishga, ko’rsatmali qurollar tayyorlash va eskilarini remont qilishga, ta’limning texnika vositalari bilan ishlashga o’rganadilar. Tarixiy-o’lkashunoslik va kundalik siyosat to’garaklarining faoliyati ko’proq yuqori sinf o’quvchilarining kichik yoshdagi o’quvchilar va aholi orasida olib boradigan targ`ibot ishlari bilan bog`langan bo’ladi.

To’garakda tarixiy-biografik mavzularni o’rganish o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda va ularda tarixy ideallarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Agarda o’rta yoshdagi o’quvchilar uchun kishilarning jangdagi qahramonligi, ko’rsatgan jonbozligi qiziqarli va tushunarli bo’lsa, yuqori sinflardagi o’quvchilarni olim, tadqiqotchi va siyosiy arbobning ichki dunyosi, yirik olim bo’lgunga qadar bosib o’tgan yo’li qiziqtiradi. Shu sababdan VII—VIII va IX-sinflardagi to’garaklar mavzularining asosiy mazmunini ko’pincha biografik xarakterdagi mavzular tashkil etadi. Masalan, «Buyuk sarkardalar», mutafakkirlarning hayoti va faoliyatini o’rganish o’quvchilarni g’oyaviy jihatdan tarbiyalashda juda ham muhim rol o’ynaydi.

To’garakda harbiy o’tmishni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, V—VI sinf o’quvchilari to’garagida qadimgi dunyo, o’rta asrlardagi harbiy texnikani o’rganish mumkin. VII, VIII, IX-sinflardagi o’quvchilarning to’garaklarida harbiy san’at tapixining nazariy masalalari, urush va tinchlik masalalari o’rganiladi. VIII sinfdagi «Muz jangi», «Kulikovo maydonidagi jang», «Petr I zamonida rus armiyasi va uning qurollanishi», «XVIII asr boshida rus harbiy san’ati», «P. Rumyansev va A. Suvorovlarning sarkardalik san’ati» kabi mavzulardan, IX sinfda «1812 yil qahramonlari», «Sevastopolning qahramonona himoya qilinishi», «1877—1878 yillardagi rus-turk urushi» nomli mavzularga o’tiladi. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarining to’garaklarida fuqarolar urushi va jahon urushi operasiyalariga doir murakkab mavzular o’rganiladi.

Tarixiy madaniymavzular ham to’garak mavzulari ro`yxatida salmoqli o’rinni egallaydi. Bu mavzularni o’rganish o’quvchilarning madaniy o’tmishimizga qiziqishini oshiradi, ularni sovet xalqlarining milliy iftixori ruhida tarbiyalaydi, g’oyaviy-siyosiy va axloqiy jihatdan chiniqtiradi.

Shunday qilib, sinfdan tashqari ishlarning muhim shakli bo’lgan tarix to’garagi ham o’quvchilarning tarixni o’rganishga qiziqishini oshiradi, olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga hamda mustaqil ijodiy ishlay bilish sohasida malakalarini hosil qilishlariga yordam beradi12.




Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish