Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 2,82 Mb.
bet89/157
Sana11.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#339023
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
Bog'liq
metodika majmua

Sinfdan tashqari o’qish. Qo’shimcha o’qish sinfdan tashqari ishlarning muhim shaklidir. Bu ish o’quvchilarga kitob o’qishni targ’ib qilish, uning ahamiyatini tushuntirish, kitobga qiziqtirishdan boshlanadi. Sinfdan tashqari o’qishni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilimi hamda malakalari e’tiborga olinishi lozim. O`qituvchi o’quvchilarni, avvalo darslikda ko’rsatilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtiradi va ulardan foydalanish yo’llarini gapirib beradi, yangi chiqqan kitoblar haqida ularni xabardor qilib turadi, kitob o’qishni uyushtiradi.

Maktab tajribasida IV—VI sinf o’quvchilarini kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida ilg’or o’qituvchilar quyidagi usuldan foydalanadilar: o’qituvchi o’quvchilarga o’qish kerak bo’lgan kitoblarni aytish bilan birga shu kitoblarni o’quvchilarga ko’rsatadi va hatto eng muhim, maroqli joylarni o’qib beradi. Biroq, o’qishni cho’zib yuborish yaramaydi, 15—20 minutdan oshirib yubormaslik kerak.

Qo’shimcha o’qishni tashkil etishda o’quvchilarni kitobga qiziqtirish bilan birga, mustaqil o’qishni tashkil qila bilish ham zarur. O`quvchilarning qo’shimcha o’qishi zarur bo’lgan kitoblar o’z vaqtida tavsiya etiladi. Ba’zi metodik asarlarda ko’rsatilganidek, hamma sinflardagi o’quvchilarning chorak ichida yoki o’qish yilining yarmida o’qishi uchun kitoblarning katta ro’yxatini birdaniga tavsiya qilish to’g’ri bo’lmaydi, tajriba ham rad qildi. Bu masalada ham har bir sinf bolalarining yoshi, bilim darajasi va malakalarini nazarga olib ish ko’rish lozim bo’ladi. Masalan, V—VI sinflarda o’quvchilar mustaqil o’qishlari lozim bo’lgan kitobga doir mavzu darsda o’rganib bo’lingandan keyin qanday kitobni o’qish kerakligi tavsiya qilinadi; VII—VIII sinfda mavzuga kirish darsida, agar o’qishga tavsiya qilinadigan kitob hajmi katta bo’lsa, mavzuni o’rganishdan 2—3 hafta oldin, IX sinflarda va o`rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlarida esa, yil boshida, hattoki eski yilning oxiridayoq tavsiya qilish ma’qul,negaki tavsiya qilingan kitoblardan ba’zilarini o’quvchilar yozgi ta`til vaqtida ham o’qishlari mumkin.

O`quvchilarning yozuvchilar bilan uchrashuvlari ularning kitobxonlik ishtiyoqini oshirishda muhim rol o’ynaydi. Tarixiy mavzularga bag’ishlangan kecha va konferensiyalarni o’tkazish, o’qilgan kitoblarni muhokama qilish kabi tadbirlar ham muhim o’rin tutadi.

O`quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini, shu jumladan tavsiya qilingan kitoblardan qanday foydalanganliklarini o’qituvchi doim nazorat qilib turadi.

Bu bilan o’qituvchi o’quvchilarda qo’shimcha adabiyot o’qishga rag’batni kuchaytiradi, kitoblarni tushunib o’qishga o’rgatadi, qo’shimcha kitoblar o’qib olgan bilimlarini darsda, tarix to’garagida va ekskursiyalarda olgan bilimlari bilan bog’lay bilishga va ulardan foydalana bilishga o’rgatadi.

V—VI sinflardayoq o’quvchilar o’qigan narsalarni tushunish, ularga baho bera bilish va ulardan xulosa chiqarish malakasini bir qadar hosil qiladi. O`quvchilarda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilgan kitoblarga ongli va to’g’ri munosabatni tarbiyalash uchun ularni o’qigan kitoblarni maxsus daftarga qayd qilib va har bir kitobga o’zlarining qisqacha taqrizlarini yozib borishga o’rgatish kerak. Daftar quyida ko’rsatilgan shaklda olib boriladi.




Muallif

Kitobning nomi

Kitobgaqisqacha taqriz, uning to’g`risidagi fikrlar













O`quvchilarni tarix o’qitishning dastlabki yillaridanoq bu xil ro’yxatni tuzib borishga o’rgata boshlash va uni odat tusiga kiritish lozim.

Tabiiy, V—VI sinflardagi o’quvchilarning o’qigan kitoblarigabergan baholari yuzaki bo’lsa-da, keyinchalik aytaylik, VII—VIIIsinf o’quvchilarning bahosi mazmunan boyib boradi. IX sinf va keyingi bosqichlarda esa, berilgan baholar mazmuni yanada chuqurlashadi.


Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish