Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 2,82 Mb.
bet87/157
Sana11.01.2022
Hajmi2,82 Mb.
#339023
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
Bog'liq
metodika majmua

3. Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)



3.1. Mavzuni umumlashtiradi va umumiy xulosalar yasaydi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy tomonlariga qaratadi.


Tinglaydilar.

.



TARIX BO‘YICHA SINFDAN TASHQARI OLIB BORILADIGAN ISHLAR


























TARIX BO‘YICHA DARSDAN TASHQARI ISHLARNING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA SHAKLLARI


TARIX BO‘YICHA MAKTAB EKSKURSIYALARI


Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Maktabda o’qitiladigan boshqa predmetlar qatori, tarix o’qitishda o’quv-tarbiya ishlarining asosiy tashkiliy shakli dars ekanligini yuqorida ko’rib o’tgan edik. O`quvchilar o’quv materialining asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlashtirib oladilar, albatta. Biroq, o’quvchilarning tarix dasturi yuzasidan o’rganishi zarur bo’lgan bilim va malakalarning hammasini ham sinf-dars mashg’ulotlari doirasiga sig’dirib bo’lmaydi. Buning ustiga tarixiy bilimlar, ilmiy va siyosiy inshaklsiyalar hajmi tez kengayib, muttasil oshib borayotgan sharoitda o’quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish goyat zarurdir.

Tarix sevib o’qiladigan fandir. Uni o’rganish jarayonida o’quvchilarda o’tmishni puxta bilib olish tilagi orta boradi, ulardagi bu istakni sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish yo’li bilangina bajo keltirish mumkin.

Tarix predmeti yuzasidan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni, shaklva metodlari metodik adabiyotda turlicha tasnif qilinadi. Metodist V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlar tasnifiga bilish manbalarini asos qilib olib, ularni quyidagi turlarga bo’ladi7. Ma’lumki, o’quvchilar faqat darslikni o’qish bilangina chegaralanib qolsa, ularning bilim doirasi va o’tmish haqidagi tasavvurlari tor bo’lib qoladi. Shuni e’tiborga olib V. N. Bernadskiy sinfdan tashqari ishlarnnng asosiy shakli sifatida qo’shimna o’qishni tavsiya etadi.

1. Qo’shimcha kitob o’qish. U tarixdagi o’qiladigan kitoblarni uch guruhga bo’ladi: a) ilmiy-ommabop kitoblar, b) tarixiy belletristika, v) tarixiy davrga oid badiiy adabiyot.

2. Qo’shimcha suratlar ko’rish.

3. jamoa bo’lib teatr va kinolarga borish hamda ularni birgalikda muhokama qilish.

4. Tarixiy kechalar uyushtirish.

5. Tarixiy inssenirovka yoki pyesalar qo’yish.

6. Maktab tarixiy ko’rgazmalarini tashkil etish.

7. Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish.

V. N. Bernadskiy fikricha, o’quvchilar sinfdan tashqari qo’shimcha kitob o’qib, filmlar ko’rib va radio, ma`ruzalar eshitib, olgan bilimlari va tasavvurlari amaliy faoliyat bilan qo’shib olib borib hosil qilingan taqdirdagina ko’zlangan maqsadga erishadi, mustaqillikni, tashabbus va ijodiy ishlash qobiliyatini o’stira oladi.

Keyingi yillar ichida maktabda sinfdan tashqari ishlar ko’lami kengaydi, mazmunan boyidi, ish shakllari ko’paydi. Bu ishlarning nazariy tomonlari ham ishlab chiqildi.

Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to’garak ishlariga bo’linadi.

O`zining ilmiy tadqiqiy asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan, maktab tajribasiga suyanib sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich shakli — ommaviy ishlar ekanligini isbot qilib bergan A. F. Rodin8sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakliga: ovoz chiqarib o’qish, hikoya qilib berish,ma`ruza o’qish, tarixiy voqealarning ishtirokchilari va ilg’or kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, kinofilmlar, pyesalar ko’rish, ekskursiya va poxodlar uyushtirish, o’quv konferensiyalari, kechalar va utrenniklar, konkurslar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, o’lka burchagi va maktab ko’rgazmalarini tashkil etish, Respublikamizdagi boshqa maktablar va chet ellik do’stlar bilan xat yozishib turish va boshqalarni kiritadi9.

A. F. Rodinning tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar sohasidagi tadqiqotlarining yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan (mahalliy yodgorliklarni muhofaza qilish, fuqarolar urushi, Ulug’ Vatan urushi va do’stlik qabristonlarning parvarishiga qarashib turish, aholi orasida turli xil mavzularda ma`ruza va suhbatlar uyushtirish, gazeta, jurnallar o’qib berish va h. k. bilan) bog’lab olib borish zarurligi ta’kidlanadi.

Metodist A. A. Vagin tarix ta’limida sinfdan tashqari qilinadigan ish metodlari sohasida keyingi yillarda orttirilgan ilg’or tajribalarni umumlashtirib, ularni uch guruhga bo’ladi10.

1. Og’zaki metod. Sinfdan tashqari ishlarning bu guruhiga o’qituvchining hikoya qilib berishi, ovoz chiqarib o’qishi, yuqori sinflarda esa, o’qituvchining darsdan keyin bo’ladigan ma`ruzasi kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirish maqsadida o’quvchilar ham og’zaki so’zlab berish metodidan foydalanadi. O`quvchilar to’garak yig’ilishlarida, tarixiy kechalarda, lektorlar guruhida, quyi sinf o’quvchilari va aholi orasida qisqacha axborotlar, doklad va referatlar bilan qatnashadilar, munozaralarda, nazariy konferensiyalarda, tarixjy materiallar (kitoblar, kinofilmlar va pyesalar) muhokamasida ishtirok etadilar.

2. Yozma va bosma manbalar bilan ishlash metodi. Sinfdan tashqari ishlarning bu turiga qo’shimcha kitob o’qish, tarixiy-adabiyot — to’plamlar, xrestomatiyalar, arxivlardagi hujjatlar va boshqalarni o’rganish, vaqtli matbuotni o’rganuvchilar to’garagi, qo’lyozma va arxiv hujjatlarini o’rganuvchi «yosh arxivchilar to’garagi» barpo qilish, “Kitob va uning tarixi” degan mavzuda kecha tashkil etish, o’lkaning o’tmishi va hozirgi hayotiga doir har xil kitob va maqolalar, qo’lyozmalarni o’rganish, xalq og’zaki ijodiga doir materiallarni to’plash, tarixiy voqealarning shohidlari va ishtirokchilarining hikoyalarini yozib olish, ular bilan xat yozishib turish, tarixiy hujjatlarni o’rganish kabi ishlar kiradi.

3. Ko’rsatmali materiallar bilan ishlash metodi. Illyustrasiya va diapozitivlarni ko’rsatish, filmlarni ko’rish, ekskursiya materiallarini o’rganish kabi darsda boshlangan ishlar sinfdan tashqari davom ettiriladi. Bundan tashqari ekskursiyalar, poxod va ekspedisiyalar davomida to’plangan materiallar nusxasini ko’paytirish, rasmga olish, shu materiallar asosida modellar yasash va namoyish qilish ham shu guruhga doir ishlar qatoriga kiradi. Bu ishlar ham sinfdagi ishlar bilan bog’liq olib boriladi. Gap shundaki, o’quvchilar dars jarayonida egallagan ko’nikma va malakalarini sinfdan tashqari ishlarda yanada rivojlantirib, takomillashtirib boradilar.


Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish