Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet63/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Imperator (lot. boshliq, hukmdor, lashkarboshi, qoʻmondon) – imperiya boshligʻi boʻlgan monarx tituli. Dastavval Rim legionlari boshliqlarining unvoni boʻlgan. Rim I.i Avgust zamonidan (mil.avv 27 – milodiy 14) I. monarxik xarakterni kasb etib boshlagan. Rim davlatining hukmdori boʻlmagan soʻnggi I.i Tiberiy prinsipligi davridagi (I asr boshlari) Kvint Yuniy Blez boʻlgan. Yevropa an’analarida I. unvoni davlatning yetakchilik mavqeyiga da’vosi hisoblanib, tarixiy asoslarga koʻra aynan Rim bilan bogʻlangan (shuning uchun ham “Muqadds Rim Imperiyasi I.i”).
Imperiya ritsarlari – oʻrta asrlarda Germaniyaning asosan, janubiy va gʻarbiy viloyatlarida bevosita imperator tomonidan yer-mulk (len) olgan mayda va oʻrta qatlam feodallari. Ular asosan ministeriallardan kelib chiqqan. Reyxstagda oʻz vakillariga ega boʻlmaganlar.
Imperiya shaharlari (nem. Reichsstadt.) – oʻrta asrlarda Germaniya (Muqaddas Rim Imperiyasi) da bevosita imperatorga boʻysunuvchi shaharlar. I.Sh. aholisi mahalliy knyaz yoki gersogga emas, bevosita imperator gʻaznasiga soliq toʻlaganlar. XIII asrdan e’tiboran oʻz-oʻzini boshqarish boʻyicha keng huquqlarga ega boʻlib, deyarli toʻliq siyosiy mustaqillik boʻlgan. M: XX asr boshlarigacha Bremen, Lyubek, Gamburg kabilar I.Sh. boʻlgan.
Independentlar – Angliyada radikal puritanlar. Yagona milliy cherkovga qarshi chiqqanlar. Ular har bir diniy jamoaning mustaqil va erkin boʻlishini talab qilgan. Keyinchalik siyosiy oqimga aylandi.
Indigo (lot. indigofera tinctoria) – Hindistonda oʻsgan. Keyinroq boshqa mamlakatlarga koʻk rang olish uchun madaniylashtirilgan. Koʻk I. matolar uchun juda mustahkam boʻyoq. I. barglari kukuni xina bilan aralashtirilishi natijasida basma deb ataladigan qora soch boʻyogʻini hosil qiladi. Dorivorlik hususiyatlari ham aniqlangan.
Indulgensiya (lot.avf, kechirish) – katolik cherkovida Rim papasi nomidan chiqarilgan maxsus yorliqlar koʻrinishidagi toʻliq yoki qisman gunohlardan avf etilganligi haqidagi hujjat. Oʻrta asrlarda xristian cherkovi katolik ta’limotiga koʻra Iso va avliyolarning xizmatlari sharofati bilan toʻplangan “ilohiy ne’mat” zahirasiga ega boʻlib, goʻyoki shu orqali u kishilarning gunohlaridan forigʻ qilar ekan. XII asrdan boshlab katolik cherkovi I. savdosini avj oldirdi, bu savdodan keladigan daromad ruhoniylarning va Rim kuriyasining katta boylik orttirishiga xizmat qildi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish