Valpurgiyev tuni – german mifologiyasi boʻyicha 30-apreldan 1-mayga oʻtar kechasi nishonlanadigan avliyo Valpurgiya tuni. Afsonalarda aytilishicha, shabash jodugari Brokken togʻiga uchib keladi. Satanlar shu kuni kechasi togʻ atrofiga toʻplanib, bahor kelishini kutib olishgan. Ular chorva mollarini soʻyib qurbonlik qilishgan. V.T.dan avval qishloqlarda sehrli marosimlar oʻtkazilib, olov yoqishib, jodugarlarning qoʻgʻirchoqlarini yoqishgan va cherkov qoʻngʻiroqlari chalinib, shu orqali jodugarni quvishgan.
Valua – fransuz qirollarining 1328-yildan 1589-yilgacha hukmronlik qilgan sulolasi. Kapetinglarning bir qismi. Ularning V. nomi shu nomli graflik nomidan olingan boʻlib, 1214-yilda qirollik domeniga qoʻshib olingan.
Valvasorlar (lot. vassus vassorum – vassalning vassali) – Italiya va Fransiyada ritsarlardan farq qiluvchi mayda feodallar.
Vandallar – 355-yilda Gʻarbiy Rim imperiyasi hududiga joylashgan german qabilalari. V asr boshlarida alanlar bilan birga Ispaniyaga joylashgan. 428-yilda Shimoliy Afrikaga koʻchib oʻta boshladi va oʻzlarining davlatlarini tuzishadi. 534-yilda V. qirolligi alanlar bilan birga Vizantiya tomonidan bosib olingan.
Vandalizm – vandal qabilalari 455-yilda Oʻrtayer dengizi orqali Italiyaga hujum boshlab, Rimni talon-taroj va vayron qiladilar. Shundan boshlab V. tushunchasi ma’nisiz shavqatsizlikka – insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat yodgorliklarini vayron etishga nisbatan qoʻllanila boshlangan.
Varfolomey tuni – 1572-yil 24-avgust kuni muqaddas Vorfolomey kuni arafasida Fransiyada katoliklar tomonidan gugenotlarning ommaviy qirgʻin qilingan kechasi. Turli xil manbalarga koʻra Parijda 2000 ga yaqin, Fransiya 30 minga yaqin gugenotlar oʻldirilgan. Qirgʻin malika Margarita va protestant Genrix Navarskiylarning nikohidan 6 kun oʻtib amalga oshirilgan.
Varvar haqiqatlari – german xalqlarining qonunchilik toʻplamlari. V-IX asrlarda tashkil qilingan va sud, jarima kabi boshqa vazifalar uchun asos boʻlgan. Lotin tilida ular lex (qonun) sifatida koʻrsatilib, yodgorlik hisoblanadi. Rus tilida esa “Rus haqiqati” sabab haqiqatlar deb talqin qilinadi. Eng birinchi haqiqat sifatida “Vestgot haqiqati” (V asr 2- yarmi) koʻrsatiladi. V asr oxiri va VI asr boshlarida “Burgund haqiqati”, VI asrda “Sali haqiqati” va “Ripuar haqiqati”, VII asrda anglo-sakson haqiqatlari, VII-VIII asrlarda “Langobard” haqiqatlari, VIII asrda “Bavar” va “Aleman” haqiqatlari, VIII asr oxiri – IX asr boshlarida “Sakson”, “Tyuring” va “Friz” haqiqatlari yozilgan. Ular oʻrta asrlar german qabilalari tarixini, ishlab chiqarish va boshqa sohalarning holatini oʻrganish uchun juda muhim manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |