Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet176/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Umrbod ittifoq – Shveytsariya ittifoqiga qaralsin.
Umumdavlat tinchligi” – oʻrta asrlar Germaniyasida ma’lum muddatga (dastlab mamlakatning alohida hududlari uchun) urushlarni taqiqlovchi kelishuv va qaror. Imperatorlar yoki imperiya seymi tomonidan feodal toʻqnashuvlarni va urushlarning oldini olish uchun e’lon qilingan. “U.T.” vaqtida ayrim joylarning (cherkov, bozorlar va shu kabilar), ayrim aholi qatlamlarining (savdogarlar, ba’zan dehqonlar) daxlsizligi e’lon qilingan. Butun davlat uchun joriy etilgan birinchi “U.T.” 1103-yilda imperator Genrix IV tomonidan e’lon qilingan.
Umumiy maktab – oʻrta asrlarning soʻnggi davrlarida fandagi asosiy yoʻnalishlardan biri boʻlib, “Yetti erkin sanat” deb ham nomlangan. Asosan, huquq, tibbiyot va diniy fanlarga nisbatan qoʻllanilgan. U.M.lar universitetlarning kafedra maktablaridan ajralib chiqqan. Dastlabki U.M. sifatida Italiyaning Salerno (XI asrda tashkil qilingan) maktabini koʻrsatish mumkin. XII asrda Parijda ham U.M.ga asos solingan.
Undinlar (lot.unda – toʻlqin) – oʻrta asr Yevropa mifologiyasida suv parilari yoki suv ruhlari. Ular baliq dumlariga ega boʻlgan goʻzal qiz qiyofasida tasvirlangan. Ular suvdan boshlarini chiqarishib, sochlarini tarashgan va shu orqali yoʻlovchilarni sehrlab oʻldirgan.
Universitet (lot.universitas – umumiy, birgalikda) – dastlab har qanday odamlar birlashmasiga nisbatan qoʻllanilgan. Ular ma’lum bir maqsad va qonunlar doirasida birlashgan. XIV asr oxirlaridan bu atama faqat oʻqituvchilarni birlashtirgan akademik birlashmalar uchun ishlatila boshlagan. U.lar umumiy maktablar asosida tashkil qilingan. Uzoq yillar U.lar “studia generalia” (umumiy maktab) deb nomlanib kelgan. Eng qadimgi U.lar sifatida Bolonya (XI asr oxirlari) va Parij (XII asr) U.larini koʻrsatish mumkin. U.lar boshqaruvi ikki koʻrinishga ega boʻlgan. Birinchi shaklida uni talabalar boshqarishib, ular XIV asr oxirlariga qadar faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi shaklida oʻqituvchilar tomonidan boshqarilgan. U.lar huquqiy, ma’muriy va moddiy jihatdan mustaqil boʻlgan. Ularning faoliyatiga papa yoki hukmdorlar ruxsat berishi kerak boʻlgan. U.lar fakultetlarga boʻlingan va ular odatda 4 ta boʻlgan. Ular ham ikki guruhga boʻlinib, kichik (artistlik) yoki “Yetti erkin san’at” va katta (ilohiyot, tibbiyot va huquq) fakultetlarga boʻlingan. Oʻqituvchilar birgalikda dekanlarni saylashgan. U.ning barcha a’zolari esa rektorni saylashgan. Oʻqituvchilar odatda ilmiy til sifatida lotin tilidan foydalanishgan. Oʻqituvchilar va talabalar diniy guruhlarga ajratilgan. Oʻrta asr U.larida darslar ma’ruza va munozara sifatida oʻtilgan. Ma’ruzalar kitob yetishmasligi sabab koʻp oʻtkazilgan. Munozaralar esa Aristotel tomonidan joriy qilingan fanni bilish darajasini oshirishga qaratil-gan. Oʻrta asr U.lari imtihonlarni bakalavr, litsensiat, magistr va doktor darajasini olish uchun topshirgan. U.ni bitirganlarga istagan maktabda dars berish huquqi berilgan. XIV asr oxirlarida Yevropada taxminan 50 ta U. faoliyat olib borgan boʻlsa, XV asr oxirlarida ularning soni 60 dan ortib ketgan.
Uniya (lot.umumiy, birlashma) – monarxiya tuzumidagi davlatlarning bitta suveren hokimiyati ostiga birlashuvi shakli. U. oʻrta asrlar davrida paydo boʻlgan, chunki oʻsha vaqtlarda biror bir davlat vasiyatga koʻra, nikoh shartnomasiga asosan, tortiq va shu kabilar tufayli bir monarxdan boshqasiga oʻtishi mumkin boʻlgan. Buning natijasida bir monarx qoʻlida vaqtincha va tasodifan ikki yoki undan ortiq oliy hokimiyatlar birlashib qolar edi. Mas. 1479-yilda Kastiliya va Aragoniyaning birlashuvi yoki XVI asrda Avstriya “toji” ostida Bogemiya yoki nemis yerlarining birlashuvi. U. ikki koʻrinishi bor – shaxsiy (personal) va real (cheklangan).

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish