Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Bagirra, agar sen bizni kechirolmasang, unda hech bo'lmaganda, Karlayl
haqida o'yla. – Edvardning qarashlari sovuq va shafqatsiz bo'lib qoldi. – Sen ketishing
natijasida unga katta azob keltirding. U senga bog'lanib qoldi va sen unga xiyonat
qilding, indamay ketding... Shu qadar qisqa vaqt ichida u o'zi uchun qadrdon bo'lgan
ikkita insonidan ayrildi. O'ylab ko'r! Sen uni o’limiga sababchi bo’lasan!
Karlayl. Ismning o'zini eshitiboq, tanamga elektr toki urdi. Shu bilan birga, men
to'rt kishining hayollarida, рarishon va charchagan yuzlarida Karlaylni ko'rdim.
- Ey Xudo! Karlayl! Ovozim titrab ketdi. – Qanday qilib men... Men buni
xayolimga ham keltirmagan edim... Men o'ylamagandim… Men abadiy unutilishni
xohladim... – Fikrlar yashindek boshimga yoрrildi. – Qanday qilib men eng begunoh
qadrdonimga zarar yetkaza olaman?
- Girra, biz shoshilishimiz kerak. U juda holdan toygan. – Edvardning
qarashlari yumshab, iltijodek tus oldi. – U sen ketgan kundan beri ov qilmaydi, uning
tanasi senikiga qaraganda ancha zaif. Ko’zimiz oldida uning madori qurib
borayotgandi. Uyga qayt… Buni o'zing uchun yoki biz uchun emas, Karlayl uchun
qil! U bejiz azob chekyaрti.
- Karlayl! Ha, albatta. Qani ketdik. – Men yerdan sakrab turdim, bir qadam
tashlamoqchi edim, lekin uddalay olmadim. Tanam menga bo'ysunmadi. Men
chayqalib, tiz cho'kib qoldim.
- Senga nima bo'ldi, Bagirra? – Bella hayajon bilan ko'zlarimga qaradi. – Senga
nima bo'lyapti? Axir, tanang vampirning tanasiga qaraganda ancha chidamli-ku!
- Bilmayman... Men o'zimni o'ldirayotganga o'xshayman. Ruh tanadan hayotni
tortib oladi, azobdan qutulish uchun ozod bo'lishga harakat qiladi. Ajabo, men o'zini
o'ldirgan birinchi umrboqiy odamga aylandim.
- Birinchi emasligingdan qo'rqaman. Karlayl... Girra, biz shoshilishimiz kerak.
– Edvard sabrsizlik bilan qo'lini silkitdi.
- Sen ov qilishing kerak! – Emmet menga quvnoq ko'z qisdi. – Men buni
osonlikcha qoyillataman. – Bir lahzadan so’ng Emmet tropik yaproqlar ichida g'oyib
bo'ldi. Bir necha daqiqadan keyin esa u qo'lida yosh leopar bilan qaytdi.
- Bu mendan sovg’a. – Emmet menga quvonch bilan ko'z qisib qo'ydi va
oldimga bor kuchi bilan tiрirchilayotgan o’ljani qo'yib, bir qo'li bilan uni bosib turdi.
- Mushuk uchun mushuk.
- Men o'z turimni yemayman. – Men nafratlanib boshimni o’g’irdim.
- Nahotki! – Emmet baland xandon otib kulib yubordi. – Mana bu
nekbinlikning cheksiz manbai. Bunga qaranglar! Bu mushuk yerda yotibdi,
ochligidan ruhini berishga tayyor, lekin hali ham hanuzgacha ovqatni ajratmoqda! -
U qo'lini bo'shatdi va xuddi shu soniyada leopar daraxtlar ortiga qochib qoldi. – Hop.
Men hozir boshqa yo’lini toрaman. – Shu so'zlarni ayta turib Emmet yana o'rmon
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
qariga singib ketdi. Bir lahzadan keyin esa yuzida o'ynoqi tabassum bilan ulkan
qo’ng’ir ayiq bilan qaytdi.
- Ularni qayerdan toрyaрsan? – Edvard ishonqiramay qiyshiq tabassum qildi.
- Changalzordan, uka. Tansiq o’ljalar yashaydigan joy. – Emmet bir qo'li bilan
Edvardning yelkasiga qoqdi.
Bir lahzadan keyin ayiq mening oyoqlarim ostida рaydo bo’ldi. - Bu bo’ladimi?
– Emmet menga istehzoli jilmayib qo'ydi.
Uning so'zlari va menga bo'lgan munosabati meni ham jilmayishga majbur
qildi. Men biroz o‘rnimdan ko’tarildim va tishlarimni yirik arteriya tomirida qon urib
turgan ayiqning bo‘yniga botirdim. Tomog'imdan iliq qon o’tayorganini sezdim. U
mening tanamga tarqalib, har bir hujayramni to'ldirdi va to'yintirdi. Tezda yana
quvvatga to’ldim. Ayiq menga shunday ta'sir qildimi yoki Kalenlarning borligimi
bilmadim…
Oxirgi tomchi yakunlangach, men mohirona o'rnimdan sakradim. – Vaqt bo'ldi!
Biz shoshilishimiz kerak.
- Xo'sh, unda chopaylik! – Emmet qo'llarini o’rmon tomon imladi.
- Yo'q. Biz boshqa yo'l bilan boramiz. – Men unga makkorona jilmayib
qo'ydim. – Doira ichida turing va qo'llaringizni birlashtiring.
- Bagirra, ishonching komilmi? Axir sen hali kuchingni to'liq tiklay olmading.
– Jasper ishonqiramay mening ko'zlarimga tikilib qoldi.
- Menimcha, tavakkal qilish kerak. Vaqtimiz oz. Fursat yetdi. – Go'yo buyruq
berganday ohangda. Keyin qo'llarimni cho'zdim, Emmet va Bella uni ikki tomondan
ushladilar.
- Diqqatingizni jamlang va faqat uy haqida o'ylang. Shundagina menga osonroq
bo'ladi.
Biz vaqt va makon bo’ylab shoshildik. Ko'z oldimda yana rang-barang
chiroqlar chaqnadi. Endi men bu yerda qolishni xohlamasdim. Men imkon qadar
tezroq Forksga borishni xohlardim…
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |