17-BOB
QUVILISH
Bagirraning tilidan bayon etilgan
"Sen bu yerda begonasan! – Ongimda aks-sado berardi – Sen biz uchun hech
kimsan. Yo'qol!" qandayin og’riqli so’zlar... Ular qalbimni tig’dek tilkalab tashladi.
Yo'lda daraxtlar va toshlar uzra o'rmon bo'ylab yugurdim. Daraxtga
urilganimdagi har bir zarba menga jismoniy azob berardi, ammo bu og'riq meni
ichimdan qiynagan azob bilan solishtirganda hech nima emasdi. Men o’ylashni
xohlamasdim, unutib yuborish va u yerga hech qachon qaytmaslikni xohlardim, lekin
shafqatsiz fikrlar miyamga o’rnashib olgandi. Men manzilni anglamay ham
yugurdim, yugurdim... Lekin qayerda? Qayerga qochishim kerak? Menda hech
qanday boshрana yo'q... Meni qabul qiladigan hech kim yo'q... Men quvilgandim...
Hamma uchun men begona odamman, hamma mendan qo'rqadi va xo'rlaydi. Bu
dunyoda mening borar joyim yo'q, birgina manzilim bor, xolos – majruh ruhim makon
tutgan shu tanamgina... Qayerga boraman?
Oyoqlarim meni dengiz tomon boshladi. Toshloq sohilga yuztuban yiqilib,
ko'zlarimni yumdim. "Uyga qaytishni xohlayman" deb o'yladim... Ko'z oldimda
chiroqlar porlab turardi. Men go’yo uchardim... Olamlar uzra рarvoz... Men shunday
abadiy sargardonlikda bo’lishni istadim. Ammo yorqin nur meni o’zimga kEllishga
majbur qildi. Men ko'zlarimni ochdim va o'zimning Hindistonda, o'zim yashagan joy,
aniqrog'i, undan qolgan xarobada ekanligimni ko'rib hayron qoldim.
Men o’rnimdan turib atrofga nazar tashladim. Tropik o'simliklar bilan o'ralgan,
yonib ketgan uylarning kichik tepalari atrofimda turardi. Sekin yurib xarobalarga
qaradim. Ruhim yanada og'irlashdi. O'sha mudxish kun yana ko’z-o’ngimda
gavdalandi. Volturiylar oilamni va, shu bilan birga, hayotimni vayron qilgan kun...
Men kichkina tepalik oldida to'xtadim. Ilgari bu yerda onam buvim bilan yashaydigan
kichkina kulba bor edi. Undan deyarli hech narsa qolmagan... Yong'in hamma narsani
yo'q qilgandi. Men bu tepalikka chiqib, maysazorga yuzimni bosim yotdim. Endi
harakatlanish uchun kuchim yo'q edi, har bir nafas olishim menga jahannam azobini
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
keltirardi. Hozir osmonga qarab so’raydigan yagona iltijoyim meni bu befoyda
hayotdan qutqazishlari, undan olib ketishlaridir... Mening ruhim erkinlik istadi, u
halovat topmoqchi edi. Ammo o'lim mendan qochardi... Men tropik yomg'irdan keyin
ho'l bo’lgan maysazorga yotdim va butun hayotimni, tug'ilishimdan boshlab
xotiramda jonlantira boshladim. Bolaligimdagi o'sha baxtli damlarni esladim. Men
ota-onamning mehribon, g'amxo'r yuzlarini esladim. O’shanda men chinakam baxtli
edim... Keyin mening ongim hayotim abadiy ostin-ustun bo'lib ketgan o’sha daxshatli
kunning og’riqli tafsilotlarini akslantira boshladi. Yong'in ko'zlarim oldida
alangalanardi. Men qanday qilib kullar uzra yugurib yig'laganimni, ota-onamni
qandayin sog’inch bilan izlaganimni, ularni qayta-qayta chaqirganimni esladim, lekin
ular menga javob bermasdilar. Ko’z yosh-u uvvoslarimga javob faqat zulmkor
sukunat edi... Mening yuragim ko’ksimga tiqilganday, go’yo igna bilan ilma-teshik
qilib tashlanganday edi... Bu azobni his qilmaslik uchun haykalga aylanib qolishga
ham tayyor edim.
Keyin xotiramda qasos olish uchun yillar va xun olishga chanqoqlik paydo
bo'ldi. Men yer yuzi bo’ylab kezib, butun vampir olamiga qo’rquv alangasini yoqdim.
Daxshatli, qo'rqmas, daxlsiz qasoskor... Ammo bu niqobning ostida nima yashiringan
edi? Adolat izlayotgan, iztirobdagi baxtsiz bir bola. Bir zumda hamma narsasi tortib
olingan bola… Hech kim mening kuchli qiyofam ortidagi himoyasiz, yarador
qalbimni ko'ra bilmadi... Men Volturiylarni yo'q qilish va qasos olish istagimga
yetishdim, ammo hech qanday yengillik his qilmadim. Qasosni faqat ruhdagi bo'shliq
ta'qib qilardi. Men hayotim mazmunini yo'qotdim, tiriklikdagi mazmunni
chalkashtirib yubordim. Men xohlagan narsamga erishdim, keyin-chi? Qotillik butun
hayotimning mazmuniga aylangandi. Bu noto’g’ri edi, albatta. Bunday bo'lmasligi
kerak edi! Hozirgina ortga nazar tashlab, bu hayotda hech qanday yaxshi narsa
qilmaganligimni ishonch bilan aytishim mumkin. Men Volturiylarni qirib tashladim,
qotillik uchun tovon undirdim. Kimga aylandim? Yonoqlarimdan issiq ko'z yoshlar
oqdi. Ular mening terimni yondirib, yerga to’kilishardi. Mening butun hayotim
mazmunsiz edi. Yuragim yanada ko'proq nola cheka boshladi. Men uni ko'kragimdan
sug’irib tashlashni istardim.
Endi men ilgari yashagan joyimda qolaman. Men ketgan joyimdan qaytib
keldim. Bu hayotda hech kimga muhtoj emasman. Hatto, Kallenlar ham meni haydab
chiqarishdi... Ha, ular haq edilar.. Esmeni qutqara olmadim. Keyingi barcha
urinishlarim ham zoye ketdi... Yo'q. Hatto, bu haqda o'ylay olmayman. Qanday
urinmayin, afsuski, hech narsa qila olmayman!
Kallenlar... Nega ular bilan uchrashdim? Men o'zimga yetishmayotgan oila va
boshрanani ulardan toрib, halovat topishga umid qilgandim. Ammo ular faqat
qalbimga yangi jarohatlar yetkazishdi. Hozirgina, ulardan yiroqda, yuragim qon
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
bo’lib, parcha-parcha bo'lib ketganida, men ularga qanchalik bog'lanib qolganimni va
ularni sevib qolganimni anglab yetdim. Hozirgina ularning oilasida tinchlik va
osoyishtalik qaror toрishi uchun jonimni berishga ham tayyor ekanimni tushundim.
Faqat ularga mening qurbonligim kerak emas. Bu ularning oilasi va har doim faqat
ularniki bo'lib qoladi. Men ularga begonaman. Dahshatli og'riq yana yuragimga
sanchildi. Men alamdan baqirdim... Iloji boricha qichqirdim va mushtlar bilan yerga
urdim. Ammo meni hech kim eshitmasdi... Men bu yerda yolg'iz edim... Bu dunyoda
butunlay yolg'iz... Men baxtli yashay olmayman va o'lolmayman ham. Menga nima
qoldi? Arvohdek oxiratgacha yer sharini aylanib yurishmi? Qaror qabul qilingan!
Men o'zimni o'ldirolmayman, lekin ortiq yashamoqchi ham emasman. Men bu joydan
turmayman. Zarracha kuchim qolmaguncha, u meni butunlay tark etib, holdan
toymagunimcha yotaveraman. Men hamma narsaga tayyorman, agar bu dahshatli
fikrlar ongimni tark etsa va azobli og'riq ko'kragimni tark etsa...
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |