Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

18-BOB 
QAYTISH
 
 
Men  ko'zlarimni  ochishga  harakat  qildim.  Men  buni  katta  qiyinchilik  bilan 
amalga  oshirdim.  Dahshatli  og'riq  butun  vujudimni  egallab  olgandi.  O'rnimdan 
turmoqchi  bo'ldim,  ammo  turolmadim.  Ajabo...  Men  bu  yerda  qancha  vaqt 
bo'ldimkin?  Oxirgi  marta  ov  qilganimdan  beri,  menimcha,  unchalik  ko’р  vaqt 
o’tmadi. Nega quvvatim meni bunchalik tez tark etdi? Ehtimol, mening tanam tez-tez 
ovlashga  odatlangandir,  chunki  so'nggi  oylarda  men  Kallenlar  bilan  birdek  ov 
qilgandim  yoki  o'zimni  o'ldirayotgandirman.  Jonim  tanamni  yo'q  qiladi.  O'zim 
bilmagan holda, o'zimni ancha mukammallashtirgandim. Hayotimning so'nggi oylari 
menga ko'p narsalarni o'rgatdi. Men ulkan azob, shu bilan birgalikda, katta quvonchni 
ham boshdan kechirdim. Ushbu voqealar meni yanada bardoshli qilgandi. Bardoshim 
shu qadar kuchaygandiki, og'riqni yo’qotish uchun o’z tanasini o'ldirishga ham borib 
yetdi. 
To'satdan, tanish hidni sezdim. Ushbu ifor menga tanish edi. U mendan yiroqda 
edi,  lekin  men  uni  hech  narsa  bilan  aralashtirmay,  boshqa  millionta  narsalar  ifori 
ichidan  aniq  angladim.  Ular  vampirlar  edi.  Kallenlar.  Ular  shu  yerda…  Ular  men 
uchun  kEllishgandi.  Men  diqqatimni  jamlab,  ularning  fikrlarini  o’qishga  harakat 
qildim, ammo bunga kuchim yetmadi. Quvvat meni tezlik va shiddat bilan tark etardi. 
Nega  o’zimga  keldim?  Nega  o’lish  uchun  unutilib  ketmadim?  Ehtimol,  bu  hid 
sababdir. Men nima bo'layotganini tushunolmayapman. Hammasi go'yo  ro’yodek... 
Ehtimol,  men  allaqachon  o'lib  bo’lgandirman?  Ammo,  unda  bu  og'riq  qayerdan? 
Yo'q! Men hali ham tirikman. 
- Girra! – meni tanish va aziz ovoz chaqirdi. Bu ovoz Bellaniki edi. Ular meni 
topishdi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Men boshimni ko'tarib, tovush kelgan tomonga qaradim. Ko'zim oldida oppoq 
parda bordek edi. Voealik alanglab ketdi va diqqatimni jamlolmadim. Men hafsala 
bilan  qaradim.  Qora  jinsi  va  to’q  rangli  kiyim  kiygan  to'rtta  qiyofa  menga  qarab 
kelardi. Bella, Edvard, Jasper va Emmet. 
Darhol Jasperning menga ta'sirini his qildim. Ha. U, haqiqatan, ham o'z ishining 
ustasi.  Men  undan  ko'p  narsani  o'rgandim,  lekin  hech  qachon  undan  ustun 
bo'lolmayman. Ajabo... Kallenlar paydo bo'lishi bilan men yana kelajak haqida o'ylay 
boshladim. 
- Girra, o'zingga nima qilib qo’yding? – Bella yonimga shamoldek uchib kelib, 
qo'llarimni ushlab oldi. 
Quvvatimning so’nggi misqollarini jamlab, o'rnimdan turishga harakat qildim. 
Vujudimni chidab bo'lmas og'riq qamrab oldi, men uni yengishim darkor edi. Ushbu 
og'riqni giyohvandning talvasasi bilan taqqoslash mumkin edi. Faqat mening dardim 
undan-da yuzlab marta kuchliroq edi. Bella qo'llarimdan ushlab o'tirishimga yordam 
berdi.  Men  uning  ko'zlariga  qaradim.  Ular  mening  tashqi  qiyofamni  oynadek  aks 
ettirardi.  Qiyofam  achinarli  edi.  Menga  nima  bo'ldi?  Men  unga  uzoq  vaqt  qaray 
olmadim va boshimni tushirdim. Ammo ularning qarashlarida yana men o'zimni ko'zi 
ostida moviy doiralari bo'lgan ojiza, nochor, xokisor qizni ko'rdim. 
-  Bekor  qildingiz!  –  Mening  ovozim  sustlashdi.  –  Nega  keldingiz  va  meni 
qanday topdingiz? 
- Girra, sen mahalliy aholi uchun yaxshigina taniqlisan! – Emmet makkorona 
jilmayib  qo'ydi.  –  Hatto,  har  bir  bola  “oq  odamlar"  afsonasini  biladi.  "Oq  ruhlar 
boshpanasi"ning xarobalariga yo'lni ham mahalliy aholidan qiynalmasdan bilib oldik. 
-  Girra,  biz  seni  deb  keldik.  –  Edvard  mendan  yarim  metr  nariga  o’tirdi.  – 
Sendan kechirim so'rab, uyga qaytarish uchun keldik. 
-  Mening  uyim  shu  yerda.  –  Ovozimni  iloji  boricha  qattiqroq  chiqarishga 
harakat  qildim.  –  Bu  yerda  mening  butun  oilam  dafn  etilgan.  Men  ham  shu  yerda 
o'lishni xohlayman. 
-  Girra,  sening  yana  bir  oilang  bor:  biz!  Sen  bizga  keraksan.  –  Bella  meni 
mahkam  quchoqladi  va  boshini  yelkamga  qo'ydi.  –  Sen  biz  uchun  aziz  bo'lib 
qolgansan. Biz seni juda yaxshi ko’ramiz. Rozali ham qilgan ishidan juda afsusda! 
Qaytib borganingda, u sendan kechirim so'raydi. 
- Men qaytib bormayman. Rozali ham meni hech qachon qabul qilmaydi. Men 
hammangiz  uchun  begonaman,  hayotingizda  ortiqchaman.  –  Yonoqlarimdan  ikki 
xoin ko’z yoshi dumalab tushdi. 
-  Yo'q.  Sen  biz  uchun  qadrlisan!  Sen  bilan  mening  qonimiz  bir,  buni 
unutdingmi? Renesmini-chi? – Bella qattiqroq quchoqladi. 
- Men qaytib bormayman, tamom! - Ovozim xiyonat bilan titradi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish