16-BOB
TA’SIR
Bagirra bizni tark etganidan beri bir hafta o'tdi. Hamma narsa qandaydir
bo'shliqday edi... Yo'q, og'riq yo'q edi… Hayot davom etdi, ammo nafrat va g'azab
mening qalbimni azoblardi. Bizda nimadir izdan chiqqandek edi.
Karlayl kun bo'yi o'z xonasida o'tirardi, Rozali doimo garajda g'oyib
bo'lgancha, biz bilan muloqot qilishdan qochardi.
Yana bir hafta o'tdi, keyin yana... Vaziyat yomonlashaverdi. Bagirra ketgan
kundan beri Karlayl umuman xonasidan chiqmadi. U biz bilan gaplashib, ov qilishni
batamom to’xtatgandi. Uning ko'zlari ostida shishlar paydo bo'ldi. Vaziyat kun sayin
yomonlashib borardi. Uning hayoti barmoqlar orasidan qum to’kilayotgan qum
zarralariga o’xshab borardi, afsuslanarlisi esa, biz hech narsa qila olmasdik. Karlayl
yashashni xohlamasdi.
Men Edvardning bu holatdan qattiq ezilayotganiga guvoh bo’ldim. U doimo
Karlaylni o'z otasi deb bilardi va hozir uni bunday ahvolda ko'rish og’riqli edi,
ayniqsa, yaqinda Esmeni ham yo'qotmaganmidik...
- Edvard, biz biron bir cho’ra ko’rishimiz lozim, bu shunday davom etmasligi
kerak, Karlayl o'zini xarob qilmoqda! – Men uning yonidagi o’rindiqqa o'tirdim.
- Bilaman, Bella. Lekin nima ham qila olardik, axir u yashashni xohlamayaрti...
Men uni Bagirra bilan qanday munosabatda bo'lganligini bilmayman, uni tark etishga
nima majbur qilganini ham, lekin Bagirra unga qadrli edi va ketishi orqali go’yo bu
rishtaga nisbatan xiyonat qildi... Qisqa vaqt ichida ikki qimmatbaho kishisini
yo'qotish – u uchun juda og'ir zarba bo’ldi! – Edvard umidsiz ravishda bosh chayqab,
qo'llari bilan yuzini to’sdi. Men uning qayg’usini his qiladim, yordam berishni
xohladim, lekin qanday qilib… bilmasdim...
- Yo'q, Edvard. Bagirra bunday qilmasdi. U Karlayl azob chekishini bilar edi.
Karlaylga yordam berishning yagona usuli – Bagirrani topish va qaytarishdir,
qolaversa u nima uchun va qayerga ketganligini bilish uchun ham...
Keyin Renesmi mening oldimga keldi. Uning nigohi jiddiy va diqqatini
jamlagan tarzda edi. U mohirlik bilan qo'llarimni ushlab, qo’lida qalam bilan
yonog'imni ushladi. U menga tasavvurlarini namoyon etmoqchi edi. U to’shakda
yotardi. Bagirra uning yonida o'tirib, noma'lum tilda unga alla aytardi. Keyin Rozali
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
xonaga kirib kelibdi. Uning qarashlari sovuq va shafqatsiz edi. U Bagirraning oldida
to'xtab, unga nigohlarini qadagandi.
- Rozali, men bilan gaplashmoqchimisan? – har doimgidek Bagirraning ovozi
yumshoq va xushmuomalalik bilan yangrardi.
- Ha, Bagirra. Gaрlashmoqchiman! Rozali istehzoli jilmaydi. – Men aytmoqchi
edimki, sen ketishing kerak, sen bu yerda ortiqchasan, bilib qo’y! Sen biz uchun hech
kimsan! Bizning oilamiz seni hech qachon qabul qilmaydi. Sen Esmening o'rnini
egallayolmaysan!
- Rozali, men Esme bo’lishga urinmayaрman. – Bagirraning ko'zlarida yosh
qalqidi.
- Sen ketishing kerak, bizning oilamizni buzma! Sen yetarlicha bu yerda juda
uzoq vaqt bo'lding. – Rozalining ko'zlari qahrli tus olgandi.
- Yaxshi, Rozali. Agar xohlasang, ketaman. Men sizlarga yomonlikni ravo
ko’rmayman. Agar shunday qilgan bo'lsam, uzr. – Bagirra Rozaliga intizor va
og'riqqa to'la ko'zlari bilan nigoh tashladi. – Mening yuragim ezilib ketdi.
- Yo'qol! – Rozali yana bir sovuq nigoh tashladi va xonani tark etdi...
Renesmi o'z tasavvuriy nigohini yakunladi va qo'lini mendan oldi. Men
nigohimni Edvardga qaratdim. Uning ko'zlarida g'azab alangalanib ketdi. U
Renesmining fikrlarini o’qigandi, men bilan birga ularni kuzatgandi.
Edvard hech qanday so'z aytmasdan o'rnidan turdi va tezda eshik tomon yurdi.
- Edvard, to'xta! Qayoqqa? – Men uning orqasidan ergashdim.
- Garajga. Men Rozali bilan gaplashmoqchiman! – U g’azabga to’lgan edi, men
uni to'xtata olmadim, shunchaki u tushuntirishni talab qilgani oshiqardi.
Edvard bilan men garajga kirdik. Ellis, Jasper va Emmet darhol orqamizdan
ergashishdi. Ehtimol, Ellis suhbatimizning davomini allaqachon ko'rgan va bu uni
juda hayajonlantirgandir.
Rozali garajning o’rtasida, old eshikka tikilib turardi. U, allaqachon, bizning
kEllishimizni kutib turgandek edi.
Edvard uning oldiga yugurdi. – Rozali, nima bu nima qilganing?!
Ammo Ellis uning yo'lini to'sdi. U Edvard bilan Rozalining o’rtasiga turib oldi.
– Edvard, tinchlan! Mening u bilan gaplashishimga ijozat ber. – Ellis o'girilib,
Rozaliga norozilik bilan qaradi. – Rouz, aziam, nega Bagirrani haydab yubording? U
senga nima qildi?
Rozalining ko'zlari shiddat bilan chaqnab ketdi, u boshini baland ko’tardi va
irilladi – Nima, sizlar uni himoya qilish uchun keldingiz, to'g'rimi? U biz uchun kim?
Uni uyiga ketishiga qo’yib bering. U o’z uyiga borsin, bizni tinch qo’ysin!
- Senga butun oila uchun qaror qabul qilish huquqini kim berdi? – Edvard endi
xo'rsindi. – Karlayl-chi..! U haqida o'ylab ko'rmadingmi? Sen uni deyarli o'ldirding!
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: |