19-BOB
YASHASH ISHTIYOQI
Yorqin nur yana ko'zlarimni qamashtirdi. Men ko'zlarimni yumib, keyin keskin
ravishda ularni ochdim. Boshimni ko'tarib, ochiq derazadan uy tomon nigoh
tashladim. Eshik va zinapoyalar uchun vaqt yo'q... Bitta sakrashda, men Karlaylning
xonasi derazasiga chiqdim. Keyingi sakrashda esa katta charm stul yoniga shovqinsiz
kelib, Karlaylning oldiga harakatsiz o’tirdim. Uning ko'rinishi meni dahshatga soldi.
Yuragim siqilib, alamli azob egallab oldi. Bunga qanday yo'l qo'yishim mumkin?
Aziz va qadrdonimni azobga qo’ydim.... Men haqiqiy hayvonman! Men bu uydan
g'azab va mag'rurlikka to'la holda chiqib ketdim, hatto o'zimni aybsiz odamlarga ozor
beryapman, deb o'ylamadim.
Karlayl mening tashqi ko'rinishimdan ta’sirlanmadi. U, shunchaki, nima
bo'layotganini ko'rmadi yoki eshitmadi. Ellis va Rozali ikkala tomondan qo'l
ushlagancha, mening tashqi qiyofamni payqab, darhol sakrab chiqishgandi. Ammo
men ularga ahamiyat bermadim. Mening nigohim Karlaylning yuziga qadaldi.
- Karlayl, meni kechir, men istamagandim... - Ovozim titrab ketdi va ko'z
yoshlarimning ingichka oqimlari yonoqlarimga oqib tusha boshladi.
Karlayl sekin boshini ko'tardi. Uning nigohidan tanamni elektr toki o'tganday
tuyuldi. Uning yuzi menga juda yaqin va qadrdon tuyulib ketdi, go'yo men uni ming
yildan beri taniydigandek...
- Bagirra? Shu yerdamisan? – Uning ovozi zaif va bo'g'ilib qolgandi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
- Ha, Karlayl. Men shu yerdaman va boshqa hech qayerga ketmayman, seni
tark etmayman. – Men uning oldiga oshiqdim, mahkam quchoqladim va iloji boricha
qattiqroq quchishga harakat qildim. Ko'zlarimdan yosh tomchilab oqardi. Men
Karlaylga sabab bo'lgan og'riqdan va, shu bilan birga, quvonchdan yig'ladim. Qaytib
kelganimdan, qadrdonlarim bilan birgaligimdan quvonchga to’ldim. – Kechir,
kechiraqol – lablarim asta shivirlardi.
Karlayl mening munosabatimga javob bergandek meni ham qattiq quchoqladi.
– Seni sog'indim, Girra.
Yuzimni uning ko’ksiga bosdim, ko'zlarimni yumdim va lablarimni mahkam
bosib, ko’zyoshlarimni ushlab turdim.
To'satdan kimningdir sovuq qo'llari yelkamga tushdi, men o'girilib, ko'z
yoshlarimni kaftim bilan artdim. Rozali mening oldimda turardi.
- Girra, men sening oldingda aybdorman. Meni kechira olasanmi, bilmayman,
lekin baribir sendan kechirim so'rayman... – Uning ko'rinishi samimiy, o'ylari esa
musaffo edi. Ularda yomonlikdan darak yo’q edi. Rozali, haqiqatan ham, pushaymon
edi. Bu so'zlardan vujudimga katta yengillik to'lqini kirib keldi. Men o'rnimdan
turdim, Rozalining oldiga borib, uni quchoqladim. – Men seni kechirdim, Rouz… Sen
o'ylagan narsangni aytding... Buning hech qanday yomon joyi yo’q.
Rozali ham meni bag’riga bosdi va o'zini yelkamga tashladi. Bu haqiqiy
yarashuv edi. Karlayl stuldan turib ikkalamizni ham quchoqladi, keyin lablarini
sochlarimga bosdi. Men uning nafasini terimda his qilardim. Butun vujudim qizarib
ketdi, yuzimga ham qon yugurib, qizarish alomatlari alangalangan bo’lsa kerak...
Shunday qilib yetarli, Rozali. Sen xohlagan narsangni aytding, endi boraylik.
Holi suhbatlashishlariga qo’yib beraylik. – Ellis uning qo'lidan ushlab eshik tomon
tortdi, keyin ayyorona tarzda menga ko'z qisib qo’ydi.
Men atrofga nigoh tashladim. Bella, Edvard, Jasper va Emmetlar eshik oldida
to’рlanib turishardi.
- Tamom endi, ketaylik. – Ellis ularni qat'iyat bilan go’yoki haydab chiqardi.
Ammo Emmet eshik tutqichiga yopishib oldi va menga nayrangnamo ko'z qisdi –
Senda beysbol revanchi bor. Umid qilamanki, buni unutmagansan!
Men unga iliq tabassum qilib qo’ydim.
Eshik yopildi. Biz holi qoldik. Men Karlaylning beliga qo'llarimni o'rab,
yuzimni ko’ksiga qo’ydim va uning hididan zavqlanib, ko'zlarimni yumdim. U ham
meni quchoqlab, o'ziga mahkam tortdi. Biz quchoqlashgancha, jim turardik. U bilan
birga bo'lishdan juda katta zavq oldim. Uning hidi, teginishi menga katta zavq
bag'ishladi. Mening ruhim g'ayrioddiy yengil edi. Men qo'shiq aytishni, qanot
chiqarib uchishni, bulutlarda parvoz qilishni xohlardim. Menga nima bo'layotganini
o’zim ham bilmasdim. Balki bu sevgidir? Men ilgari hech qachon bunday narsalarni
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
boshdan kechirmaganman. Bu tuyg'u men uchun yangi va ajablanarli edi. Bu mening
ruhimni hayajonga solib, yurak urishimni meyoridan chiqardi va qonni tomirlarim
orqali tezroq o'tkaza boshladi. Men boshimni ko'tarib, Karlaylning yuziga nazar
tashladim. Uning qora ko'zlari ostida chuqur moviy shishlar yorilib ketdi. Men
ularning ustiga barmoqlarimni bosdim. Yuragim siqilib ketdi. Bularga men
aybdorman... Bu mening aybim... Keyin esa menda bitta ajoyib fikr tug’ildi.
- Karlayl, bugun kechki ovqatda nima istaysan? – Men unga makkorona
jilmayib qo'ydim.
Bunga javoban u faqat ishonchsiz va hayajonli ko'zlarini qisdi.
- Emmet bugun menga ulkan qo’ng’ir ayiq sovg'a qildi. Men ham senga
shunaqasidan sovg'a qilmoqchiman. – Men unga yanada zavqliroq jilmayib, ko'z qisib
qo'ydim va derazadan sakrab tushmoqchi edim, Karlayl meni mahkam quchoqlab
oldi. – Ketma.
- Karlayl, men uzoqqa ketmayman va tez orada qaytaman. Menga tiriklay
keraksan. – Men oyoq uchida turib, lablaridan bo’sa oldim. Vujudim alangalanib, o’t
ichida qoldi va butun tanam go’yo qaltirab ketdi. Karlayl ham meni yengilgina o'pdi
va boshini yelkamga qo'ydi. Hujayralarim go’yo qutirayotgandi. Buni boshqa hech
narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Ruhim va tanam hissiyotlar bo'roni bilan kurashardi.
Shu onda oyoqlarim bo'shashganini sezdim. Tanam menga ortiq itoat qilishni
to'xtatdi. Men ular harakatga kEllishi bilan yurishim kerak. Men Karlaylning
qo'llarini ushlab, orqaga qaytdim, unga iliq jilmayib, pichirladim – yaqin orada
qaytaman, va'da beraman.
Keyin men tezda derazaga sakrab, orqaga o’girilib tabassumimni hadya etgach,
undan sakrab chiqib ketdim. Yuragim guрillab, Ko’ksimdan chiqib ketay derdi.
Tuyg'ular meni mahf qildi. Mening qalbim qo'shiq kuylardi. U ko'p yillar davomida
birinchi marta qo'shiq kuyladi. Men o'girilib, derazadan orqaga qaytdim, Karlaylni
quchoqlab, uni hech qayerga qo’yib yubormaslikni, u va uning oilasi bilan abadiy va,
ehtimol, undan ham ko'proq birga bo’lishni istar edim. Qarindoshlarim vafot
etganidan so’ng, birinchi marta men bir joyda turish, u yerga bog'lanish, boshрana
toрish, oila topish va yana boshqa narsalarni xohladim. Mendek mangu yolg'iz yurgan
jonzot ruhining halovati uchun boshpana topdi. Men havoni kesib o'tib, o'rmon
bo'ylab shamoldek uchdim. U taqdiri uchun go’yo uchardim. Endi men, hech qachon
bo'lmaganidek, yashash va hayotdan lazzatliroq bahramand bo’lishni xohlay
boshlagandim.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |