Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Uy  bo'shashi  bilan  men  mohirlik  bilan  daraxtning  o’zimga  yaqin  shoxiga 
sakrab, Bagirraning yoniga o'tirdim. U qimirlamay, ko'zlarini ham ochmadi. 
Men biroz o’zimni noqulay his qildim, keyin ikkilanib  so’z ochdim – Girra, 
agar  halaqit  bergan  bo'lsam,  kechirasan..  Shunchaki,  sen  bilan  dildan 
suhbatlashmoqchi edim. 
Ha, Bella. – Bagirra ko'zlarini ochdi va menga uzun o’tkir tishlarini ko’rsatib, 
makkorona  jilmayib  qo'ydi.  –  Mendan  nima  so'rashni  xohlayotganingni  bilaman, 
lekin  savolingga  javob  eshitishga  hali  tayyormisan,  bilmayman.  –  U  mening 
ko'zlarimga tikildi. 
-  Men  nimadir  bo'layotganini  his  qilyapman,  lekin  nima  ekanligini 
tushunolmayapman.  Bilasanmi,  men  sir  saqlashni  bilaman  –  men  tortinchoq 
ko'zlarimni pastga tushirdim. 
- Albatta, Bella, bilaman. Balki, senga bu sirni aytib berarman. Sen bunga ruhiy 
jihatdan tayyormisan?  Ammo  sen  menga bularni  hech kim, hattoki,  Edvardga ham 
aytmayman,  deb  so’z  berishing  kerak!  Men  ko’ksingizni  puch  yong’oqqa 
to’ldirmoqchi emasman. 
- Va'da beraman! – Darhol uning porloq yashil ko'zlariga qaradim. 
Bagirra kinoyali kulib qo’ydi. – Mening aytadiganlarim senga ortiqcha yuk va 
azob bo’ladi, xolos. Bu oson emas, Bella. 
-  Girra,  sen  menga  ishonishing  mumkinligini  bilasan.  Shuningdek,  mening 
qalqonim sening siringni saqlashga yordam beradi. 
- Yaxshi. Xohlaganingdek bo’laqolsin. – Bagirra tahlikali jilmaydi. – Bu yerda 
men boshqa vampirlar va oddiy odamlarning fikrlarini tinglayman. Men izlayapman... 
Esmeni qaytara oladigan odamni qidiryapman... 
Ko’zlarim hayratdan kattalashib ketdi. - Qanaqasiga? Buning iloji bormi, hali 
ham-a? Biz uni dafn etdik va sen umid yo'qligini aytding... 
-  To’g’ri,  Bella.  Behuda  umid  bog’lab,  puch  hayollarga  ishonib 
yashamasligingiz uchun aytgandim. Bu vaqt ichida men qidirdim, izlandim va umid 
qila  boshladim.  Nazariy  jihatdan,  men  o'liklarning  dunyosiga  kirib  chiqa  oldim, 
demak,  agar  kimdir  menga  yordam  bersa,  Esme  uchun  yo'l  topa  olaman.  Axir, 
Esmening tanasi hamisha o’z ruhini kutadi. Vaqt uning ustidan hech qanday kuchga 
ega emas. 
- Lekin qanday? Kimdir enga yordam berishi va, umuman, shunday kimsaning 
mavjudligi  haqidagi  fikrni  qayerdan  olding?  –  hayollarning  miyyamda  g’ujg’on 
o’ynardi. 
- Bilasanmi, Bella, bu dunyodagi hamma narsa bir-biriga bog'langan va o’zaro 
muvozanatdadir.  Har  bir  harakatning  o'ziga  xos  qarama-qarshiliklari  mavjud.  – 
Bagirra  qo'lini  daraxt  tanasi  bo'ylab  yurgizib,  chuqur  izlar  qoldirdi.  –  Agar  tanani 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
buzmay ruhni oladigan kishi bo'lgan bo'lsa, demak uni xuddi shu tarzda qaytaradigan 
kishi ham bo'lishi kerak. Esmeni qaytarib berish uchun menga bu iqtidorli kishining 
roziligi,  aslida,  kerak  ham  emas.  Men,  shunchaki,  uning  in’omini  qarzga 
olmoqchiman, xolos… Uni o'zim o'rganaman! 
- Bu shunchaki ajoyib! – Men boshqa so’z deyolmay qoldim. 
-  Ammo  Volturiylarning  qirib  tashlanishi  hamma  narsani  murakkablashtirib 
yubordi.  Ular  o'zlarini  qonun  va  tartibning  xizmatchilari,  deb  e'lon  qilishdi,  lekin 
aslida  bu  nom  ostida  ular  o’zlariga  bo’ysunmaganlarni  yo'q  qilardilar  -  mantiqan 
kuchliroq  bo'lib  chiqqan  va  o'zlarining  imperiyalariga  qo'shilmaganlarni...  Hech 
bo'lmaganda,  kelajakda  ularga  tahdid  solishi  mumkin  bo'lgan  barcha  kuchli 
vampirlarni qirib tashlashardi. Agar men aralashmaganimda, xuddi shu taqdir sizning 
oilangizni  qismatiga  aylanar  edi.  Men  bunga  yo’l  qo’ymaslikka  tirishdim,  ammo 
biringizning  o’limida  baribir  hech  nima  qila  olmadim.  Endi  esa  bu  xatoyimni 
tuzatishga urinyapman. 
-  Ammo,  Bagirra,  lekin  nima  bo'ladi...  –  Men  kerakli  so’zlarni,  arang, 
ongimdan qidirib bayon etardim. 
-  Bilaman,  Bella.  Hozir  mendan  nimani  so'ramoqchi  ekaningni  anglab 
turibman.  Ammo  bu  savolingga  esa  javobim  yo'q.  –  U  ko'zlarini  yumdi  va  og'riq 
sezgandek  yuzini  burishtirdi.  –  Bilmayman...  Menga  vaqt  ber.  Men,  allaqachon, 
javobga  yaqinlashib  qoldim.  Tez  orada,  aniq  javobni  ishonch  bilan  ayta  olaman. 
Ungacha, bu haqda hech kimga aytma! Men eski, davolanmagan yaralarni ochib, puch 
umid  bermoqchi  emasman.  –  U  ko'zlarini  mahkam  yumdi.  –  Endi,  agar  qarshi 
bo'lmasang, men ov qilishim lozim. 
Bu so'zlar bilan u daraxtdan sakrab tushdi va, ko'z ochib yumguncha, o'rmon 
orasida g'oyib bo'ldi. 
Men ov faqat yolg'iz qolish, tanholikda azob chekish uchun bahona ekanligini 
bilardim.  U  Karlaylni  sevadi,  hammamizni  jonidan  ortiq  ko’radi.  Esme  qaytib 
kelganidan so’ng esa nima bo'ladi? Bagirra unga vaqt berishimni so'radi, men unga 
qarshi chiqmadim. Har holda, bu uning shaxsiy qarori. Tanlov ham uniki... 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish