Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
-  Menimcha,  o'yin  tavakkal  va  sinab  ko'rishga  arziydi.  –  Bagirra  o'girilib, 
yaqinlashib  kelayotgan  Karlaylga  yuzlandi.  –  O'ylaymanki,  sen  uch  yuz  yil  ichida 
ko'p narsalarni o'rganding, azizim va bu borada bizga yordam bera olasan. 
Karlayl uning yoniga o'tirdi va bir qo'lini yelkasiga qo’ydi. – Menimcha, buni 
sinab  ko'rish  kerak. Bundan  tashqari, biz  hech  narsa  yo'qotmaymiz.  Sening  tanang 
chindan ham kuchli va bu sinovga ko'p harakat qilmasdan bardosh bera oladi. – U 
ortimdagi bir joyga tikilib qoldi. 
Men  orqaga  o'girildim.  Butun  oila  mehmonxonaga  yig'ilgandi.  Hamma  bu 
suhbatni hayrat  va  umid  bilan  tinglardi. Edvard  Emmetning  yelkasiga  mamnuniyat 
bilan  urib  qo’ydi.  –  Yaqinda  ota  bo’lasan  shekilli,  Emmet.  –  Ularning  barchasi 
birgalikda kulib yuborishdi. 
O'sha  kundan  boshlab  Karlaylning  xonasi  laboratoriyaga  aylandi.  Emmet, 
Rozali, Bagirra va Karlayl ko'p vaqtlarini u yerda o'tkazishardi. 
Uzoq kutilgan kun keldi. Bagirra hammamizni  muhim bayonot berish uchun 
mehmonxonaga yig'di. 
Men, Edvard, Rozali, Emmet, Ellis, Jasper, Jeykob va Renesmi davra suhbatida 
o'tirib, asosiy qahramonlar paydo bo'lishini sabrsizlik bilan kutardik. 
Bagirra  va  Karlayl  yuzlarida  quvnoq  tabassum  bilan  qo'l  ushlashib,  kirib 
kEllishdi. 
Ular bizning qarshimizda to'xtashdi. Bagirra jilmayib, tantanali ovoz bilan so’z 
boshladi. – Janoblar, biz bunga erishdik shekilli. Men homiladorman! 
Rozali  o’rnidan  sakrab  turib,  Bagirraning  oldiga  yugurdi  va  uni  mahkam 
quchoqladi. – Rahmat, Girra, rahmat..! – Uning yuzida shodlik mavjlanib ketdi. 
- Ammo bu yangiliklarning hammasi emas. – Bagirraning ko'zlarida qandaydir 
tushunarsiz  quvonch  nuri  porladi.  –  Men...  Hmmm...  Xullas,  mening  egizaklarim 
bo'ladi. – Uning yonoqlari uyalishdan qizarib ketdi. 
-  Eshitdingmi  qizaloq,  bizning  egizagimiz  bo'larkan!  –  Emmet  Rozaliga 
yaqinlashib, mamnun tabassum qildi. 
Rozali  Bagirradan  biroz  uzoqlashdi  va  ajablanib  uning  ko'zlariga  qaradi.  – 
Ammo bu qanday bo'lishi mumkin? Axir biz... 
-Yo'q, Emmet. Sen adashyapsan. Sen va Rozali o'g'il ko'rasizlar. Karlayl bilan 
menda esa qiz bo'ladi. U hijolatdan ko'zlarini pastga tushirdi. 
Hamma  joyida  qotib  qoldi,  hayratdan  og'zimiz  ochilib  qolgandi.  Karlayl 
qo'llarini Bagirraning yelkasiga qo’yib, uni quchoqladi va peshonasidan muloyimlik 
bilan o'pib qo’ydi. – Girra, bunga aminmisan? 
-  Ha,  Karlayl.  Ishonchim  komil!  Hech  qanday  anglashilmovchilik  bo'lishi 
mumkin emas. Men tanamda sodir bo'ladigan hamma narsani his qilaman. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Karlayl  quvonchiga  sig’may,  uni  ko'tarib  atrofga  aylantirdi.  Men  ularning 
ko’zlari  baxtdan  qanday  porlagani,  chinakam  samimiy  tabassumlarning  qanday 
to’lqinlanganini ko'rdim. - Rahmat, rahmat, rahmat... Karlisl ohista pichirlardi. 
Men  ularning  munosabatlari  qachondan  boshlanib,  shunchalik  darajaga 
yetganidan hayratda qoldim. Esmening vafotidan keyin Karlayl kimnidir seva oladi, 
deb  o'ylamagandim.  Edvard  ularning  munosabatlari  haqida  bilar  edi,  ammo  u  jim 
turishni afzal bilgan ko’rinadi. 
O'sha kundan boshlab Kallenlarning hayoti tubdan o'zgarib ketdi. Unda yangi 
sahifa  boshlangandi.  Hayot  haqidagi  yozuv.  Biz  izsiz  yo'q  bo'lib  ketmasligimizni 
angladik. Bizning oilamiz  davom  etadi. Bu  dunyoda  o'zini  davom  ettirishdan  ko'ra 
muhimroq va go'zalroq narsa yo'q. Bagirra bizning dunyoyimizga yangi ranglar olib 
keldi. Bizning ko'zlarimiz yangicha olov bilan porlardi. 
Karlayl,  tom  ma'noda,  Bagirrani  qalbiga  joylagandi.  U  haqiqatan  ham  baxtli 
edi. Karlayl, boshqa har qanday odam singari farzand ko'rishni orzu qilar edi, lekin  
o’zi tan olish, hatto bu haqda o'ylashdan ham qo'rqardi. Ammo endi hamma narsa 
o'zgardi. Rozalining eng ezgu orzusi amalga oshishiga yaqin qolgandi. U quvonch va 
muhabbat bilan porlardi. Endi uning Bagirradan ko'ra yaqinroq va azizroq odami yo'q 
edi. U Bagirraga juda qimmatbaho toshni avaylagandek munosabatda bo’lardi, juda 
nozik va latif toshga...  
Karlayl  va  Rozali  qat'iyat  bilan  Girrani  tekshiruvdan  o'tishga,  ultratovush 
nazoratini  o'tkazishga  ko'ndirishdi,  lekin  u  o'jarlik  bilan  qarshilik  ko'rsatdi  va  o'zi 
bilan nima yuz berayotganini har qanday uskunadan ko’ra yaxshiroq bilishini aytib, 
turib oldi. U haqiqatan ham mendan yuzlab marta osonlikcha homiladorlikka chidadi. 
Aksincha,  uning  yuzi  o'zgargan,  ko'zlari  yangitdan  porlardi.  Bagirra  ona  bo'lishga 
tayyorlanayotgan,  yonida  esa  aziz  va  mehribon  qalb-qo’ri  bor  edi.  Nihoyat,  u  o'z 
uyini,  oilasini  va  halovatini  topdi.  Bagirra  uchun  xursand  edim.  Shuncha  azob-
uqubatlardan  so'ng,  u  bu  kichik  dunyoviy  baxtga  loyiq  edi.  Ularning  Karlayl  bilan 
munosabatlarini  tomosha  qilish  menga  zavq  bag’ishlardi.  Bir-birlarini  tushunish 
uchun  ularga  gapirishning  hojati  yo'q  edi.  Ular  tashqi  ko'rinish  va  teginish  orqali 
muloqot qilganday tuyulishardi. 
Meni  chalkashtirib  yuborgan  yagona  narsa  –  Bagirraning  hali  ham  doimiy 
ravishda uy yonidagi daraxtda chiqib o’tirishi edi. U bilan jiddiy gaplashib olishga 
qaror qildim. Unga yaqinlashishda davom etdim.  
O'tgan safargidek, men ham yaqin shoxchada o'tirdim va Bagirraning ko'zlariga 
tikildim. Bu safar u mening tashqi qiyofamga darhol munosabat bildirdi. 
U  boshini  men  tomonga  burmasdan,  xotirjamlik  bilan  dedi:  -  Mening  senga 
tushuntirish vaqtim keldi, Bella. Mendan nima so'ramoqchi ekaningni bilaman va bu 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish