Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
leopard timsolli yumorni olib, Lusiga taqib qo’ydi. – Qizim, bu hayvonning belgisi, 
butun umr seni himoya qiladigan tilsim. U bizni har qanday masofada bog'laydi va 
agar senda biron bir narsa yuz bersa, men darhol buni sezaman va senga yordamga 
kelaman.  Esme  sen  uchun  yaxshi  ona  bo'ladi.  Ushbu  oilada  sen  muhabbat  va 
g'amxo'rlik  bilan  voyaga  yetasan  va  men  sendan  xotirjam  bo'laman.  –  U  kichkina 
tanani yanada qattiqroq bag’riga bosdi. 
- Qachon ketishim kerak, deb o'ylaysan? – Karlayl unga afsus bilan unga nazar 
tashladi. 
- Tong otishi bilan men izlashga ketaman. 
Bu  Bagirraning  uyimizda  o'tkazgan  so'nggi  kechasi  edi.  U  va  Karlayl  oxirgi 
marta xonalariga birga chiqib ketishdi. Hatto, ular nima haqida gaplashayotganlarini 
ham bilmasdik. – Bilaman, men buni yaqinlarim uchun qila olaman, u uchun ketaman. 
–  Hozir  Bagirraning  yuragi  qanday  siqilayotganini,  uning  ruhini  qanday  azoblar 
qiynayotganini tasavvur qildim. 
Tong otganda hammamiz Bagirrani ko’rish uchun uyga yig'ildik. Men u bilan 
xayrlashishni xohlamasdim, uning qolishini xohlardim, lekin uning ilojsizligini ham 
bilardim. U sevgilisiga boshqasi muhabbat bilan qarashini ko’rgandan ko’ra, uzoqda 
bo’lishni afzal ko’rdi. Albatta-da!. Karlayl Esmeni har doim yaxshi ko'rgan va bundan 
keyin ham shunday bo’ladi. Bagirra ham u uchun juda qadrli edi, ammo bu yetarli 
emasdi. 
Bagirra  uydan  chiqayotib,  bir  qo'li  bilan  Lusini  ko’targancha,  ikkinchi  qo'li 
bilan Karlaylni bag’riga bosdi. Ular bizning oldimizda turishardi. 
-  Men  takallufni  yoqtirmayman,  lekin  boshqachasi  ham  imkonsiz. 
Barchangizdan  minnatdorman.  Sizlar  mening  haqiqiy  oilamga  aylandingiz. 
Hayotimning  eng  baxtli  onlarini  sizlar  bilan  birga  o'tkazdim.  Endi  mening  ruhim 
xotirjam va endi sarguzashtlarni qidirib tinchgina ketishim mumkin. – U oldinga bir 
qadam tashlab, Rozali tomon burildi. 
-  Rouz,  opaginam,  men  senga  yordam  bera  olganimdan  baxtiyorman.  Endi 
senda Riki bor. Unga g'amxo'rlik qil va uni sev. Bilginki, unda mening bir parcham 
yashaydi. – U Rozalining qo'lidagi chaqaloqni mehr bilan o'pib qo’ydi. 
Rozali  Bagirraning  bo'yniga  quchoq  tashladi  va  asta  pichirladi.  –  Rahmat, 
Girra.  Men  seni  hech  qachon  unutmayman.  Sen  mening  chinakam  sevimli 
singlimsan! 
Keyin Girra Emmet tomon yurdi. – Emmet, sen mening haqiqiy jasur akamsan, 
ammo men beysbolni sendan yaxshiroq o'ynayman! – U makkorona kuldi. 
Emmet norozilik qiyofasida so’z qotdi. – Opaginam, mening fikrimcha, bizda 
jangovar  durang  bor.  Ehtimol,  sen  bir  kun  qaytib  g'alaba  qozonishni  istarsan.  –  U 
handon otib kulib yubordi va musht bilan yelkasidan itarib qo’ydi. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
- Balki.. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Axir, ertaga bizni nima kutayotganini 
hech kim bilmaydi. Albatta, Ellisdan boshqa. – Hamma birgalikda kulib yubordi va 
Bagirra Ellisga yuzlandi. 
-  Ellis,  rahmat,  men  sendan  ko'p  narsani  o'rgandim.  Sen  haqiqiy  do'st  va 
beg’araz ko’makchi bo’lding. 
- Rahmat, Bagirra. Biz hech qachon yaqin do'st bo'lmaganmiz, lekin men seni 
juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman, opaginam. – U Bagirraning bo'yniga osildi 
va uning yuzidan ohista o'pib qo’ydi. 
-  Jasper,  sendan  kattagina  umidlarim  bor.  Sen  ushbu  uydagi  muhit  uchun 
javobgarsan.  Shunday  qilib,  qadrdonlarim  ustidagi  osmon  har  doim  ko'k  bo'lishiga 
urin,  albatta,  majoziy  ma'noda.  –  Girra  o'zi  quvnoq  ohangda  kulib  yubordi.  –  Aks 
holda, faqat Jeykob va Lusi tashqariga chiqa oladi, xolos. 
- Jeykob, - u quvonch bilan unga qo'lini uzatdi. – Balki tabiatan biz it (bo’ri) va  
mushukmiz  (panterra),  aslida,  dushman  bo'lishimiz  kerak,  lekin  men  har  doim  o'z 
taqdirimga  qarshi  chiqishga  odatlanib  qolganman.  Shuning  uchun,  men  seni 
birodarlarim safiga qo'shib qo'yaman. 
Jeykob quvnoq tabassum bilan uning qo'lini siqib qo’ydi. 
-  Edvard,  sen  menga  boshidanoq  ishongansan  va  zarar  yetkazmasligimni 
bilgansan. Sen meni himoya qilding va qo'llab-quvvatlading. Buning uchun rahmat. 
Sen  yaxshi  odamsan  va  sening  haqiqiy  oilang  bor.  Ularga  g'amxo'rlik  qil.  –  U 
Edvardni yengilgina quchoqladi. 
- Rahmat, Bagirra, sen bizning hayotimizga quvonch keltirding. 
Shunda  Bagirra  mening  oldimga  keldi.  U  menga  nima  deyishini  kutib, 
nafasimni ushlashga harakat qildim. 
-  Bella,  sen  va  men  qarindoshmiz  va  shunday  bo'lib  qolamiz.  Muhabbat  va 
g'amxo'rliging uchun tashakkur. 
Men uning bo'yniga osildim. Undan qolishini iltimos qilmoqchi edim, lekin his-
tuyg'ularimni  jilovladim  va  faqat astagina shivirlay  oldim  –  Girra,  agar biror  narsa 
yuz bersa, seni qanday topsam bo'ladi? 
-  Bella,  -  U  ham  meni  quchog’iga  bosdi.  –  Azizim.  Faqat  meni  o'ylagin-da, 
aqlan  xabar  ber.  Biz  sen  bilan  bog'liqmiz,  bu  haqda  unutma.  Men  sening  birinchi 
chaqiruvingdayoq  yetib  kelaman.  –  U  mening  yonimda  turgan  Renesmiga 
yonboshladi. 
-  Xo'sh,  qara  Nessi.  Sen  haq  eding.  –  Men  qizimning  bo'yniga  tumor  ilib 
qo’ydim.  –  Senda  biz  bilmagan  ko'plab  qobiliyatlar  yashiringan.  Sen  hali  o'zingni 
ko'rsatasan,  men  bunga  aminman.  Ungacha  ulg'ayib,  bolaligingning  har  bir 
daqiqasidan  zavqlan.  Hech  qachon  qaytib  kelmasligiga  ishon,  muddatidan  oldin 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish