Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

12-BOB 
DAFN MAROSIMI
 
 
Bagirra  bizga  beparvo  qarash  qildi-da,  keyin  Esmega  nazar  tashladi.  –  Men 
sizni  uyingizga  olib  kEllishga  tayyorman.  Buni  iloji  boricha  tezroq  qilishni 
xohlayman – u bizning nigohimiz bilan uchrashishni istamay divandan ko’z uzmay 
ushbu so’zlarni aytdi. 
- Biz tayyormiz, Bagirra. – Karlayl uning so’zini ma'qullab bosh irg'adi. 
- Ammo sizlarga bitta savolim bor. Esmeni qayerga dafn qilmoqchisizlar? 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Xona  o’lik  sukunatga  cho’mdi.  Ushbu  dahshatli  "ko'mish"  so’zi  bizga  nima 
bo'lganini tushunishga majbur qildi. Esme endi biz bilan emas va bo’lolmasdi ham... 
Biz  uning  mehrli  ovozini  boshqa  hech  qachon  eshitmaymiz,  quvnoq  yuzini 
ko'rmaymiz, uni quchoqlay olmaymiz... Bu hayollardan tomog'imga nimadir tiqildi. 
Rozali  birinchi  bo'lib  o'ziga  keldi.  –  Yana  qanday  dafn  marosimi?  Sen  nima 
haqida gapiryapsan? Biz hech kimni ko'mmaymiz! Esme tirik! U uyg'onadi! – Uning 
ko'zlari  nafrat  va  nadomatga  to’la  edi.  Tabiiyki,  bu  uqubatni  onasini  yo’qotgan 
qizning og’riqli azobidek his qildim. 
- Rozali, - Bagirraning ovozi bir tekis va sokin edi  – Esmening ruhi tanadan 
ajralgan. Esme endi oramizda emas… Vaqt ta'sirida vampirning tanasi o'zgarmaydi, 
ammo,  baribir,  uni  barcha  qoidalar  va  urf-odatlar  asosida  dafn  etishimiz  lozim. 
Menimcha,  Esme  ham  buni  xohlaydi.  Hozir  hammangizga  qanchalik  qiyinligini 
tushunaman. Bu ham juda og’riqli, ammo... 
- Tushunasanmi? Sen hech narsani tushunmaysan! Sen bu yerda kimga buyruq 
beryapsan? – Rozali g'azablandi. 
- Rozali, yetarli. Bas qil! – Karlayl uning yelkasiga qo’lini qo'ydi va uni yengil 
quchoqladi. – Bagirra haq, biz buni to’g’ri qabul qilishimiz kerak.  Shunisi ma’qul. 
Menimcha,  Esme  o'z  orolida  dafn  qilinishni  istagan  bo’lardi.  Esme  oroliga…  Biz 
hammamiz  uni  juda  yaxshi  ko'ramiz.  Barchamiz  uchun  bu  juda  qiyin,  ammo 
menimcha, Esme barcha urf-odat va hurmat bilan haqiqiy dafn marosimiga loyiq. Biz 
kuch  to’plashimiz  kerak.  Bagirra,  bizga  Esme  bilan  xayrlashish  uchun  bir  oz  vaqt 
ber... 
- Men shu atrofda bo'laman. Tayyor bo'lganingizdan keyin menga xabar qiling. 
– Bagirra shu so’zlarni quruqqina qilib aytib, derazadan sakrab chiqib ketdi. 
Bagirra  quyosh  botganda  hammamizni  teleportatsiya  orqali  Esme  oroliga 
yetkazdi. Bir vaqtlar men nihoyatda baxtli bo'lgan orol... Edvard bilan birga bo’lgan, 
qizimizni homilador bo’lgan orol... Men ertak deb hisoblagan orol – bu yer yuzidagi 
jannat edi. Hammasi bir zumda o'zgarib ketdi… 
Emmet  va  Jasper  Esme  uchun  toshdan  maqbara  qurishdi.  Rozali  va  Ellis 
Esmeni  so'nggi  safari  oldidan  kiyintirishdi.  Ular  unga  oq  dantelli  ko'ylak  kiydirib, 
sochlariga  oppoq  tropik  gul  qadab  qo'yishdi.  Ushbu  kiyimda  Esme  uxlab  yotgan 
malika  kabi  ko'rinardi.  U  huddi  ertakdagidek  uyg'onish  arafasida  turgandek 
ko’rinardi.  Ammo  men  bunday  bo'lmasligini  bilardim.  Men  harakatsiz  yoniga 
harakatsiz  o'tirdim  va  unga  nazar  tashladim.  Uzluksiz  qaradim,  go'yo  uning  yuzini 
xotiramda abadiy muhrlashga harakat qilayotgandek edim, shunda uning bir parchasi 
doimo yonimda bo’lardi. 
Tongda  hamma  narsa  tayyor  bo’ldi.  Biz  ehtiyotkorlik  bilan  Esmening  jonsiz 
tanasini  gullar  bilan  bezatilgan  dahmaga  yotqizdik.  Biz  hammamiz  tashqarida 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
tikilgancha  turardik...  Tropik  yomg'ir  yog’ardi.  Garchi  hozir  tropik  mintaqada 
yomg'irli  mavsum  bo'lmasa-da,  havo  sovuq  edi.  Go'yo  tabiat  bizning  his-
tuyg'ularimizni  sezgandek...  Go'yo  yomg'ir  yog'may,  bizning  qalblarimiz 
yig'layotgandek, hech qachon yig'lamaydigan jonzotlar ko’z-yosh to’kayotgandek... 
Men  yig'lamasdim.  Ko'z  yoshlarim  qurigandi.  Faqatgina  qayg'uli  og'riq  meni 
azoblardi. Yomg'ir tomchilari sochlarimdan, yuzimdan pastga tushganini  sezardim. 
Ular  ko'z  yoshlari  kabi  iliq  edi.  Har  bir  oila  a’zosi  nutq  so’zladi.  Esme  bilan 
xayrlashib, unga atalgan kullarini olib kEllishardi... Jeykobning navbati kelganda, u 
ham  hamdardlik  so'zlarini  aytdi.  Lekin  men  ularni  eshitmasdim.  Men  ko'zlarimni 
uzmay  Bagirraga diqqat  bilan  tikilib  turardim. Ko'zlarimda  javobsiz  savol  yonardi. 
Ruhim baqirdi: “Nega? Nimaga hech narsa qilmayapsan?! Nega, Esmeni shunchaki 
qo'yib  yuborayapsan?  –  Men  u  mening  savolimni  eshitishini  bilardim,  lekin  u 
shunchaki bunga javob bermadi. Men uning ruhi qanday azoblanayotganini, qanday 
nadomat chekayotganini his qildim. Ammo, u mendan ehtiyotkorlik bilan yashirgan 
bir narsa sodir bo’ldi.  
To'satdan  Bagirra  oldinga  qadam  tashladi,  boshini  ko'tarib,  yelkalarini 
to'g'rilab,  Karlaylning  ko'zlariga  tikildi.  –  Men  ham  bir  narsani  aytmoqchiman. 
Esmening so'nggi so'zlarini takrorlamoqchiman. U menga abadiy tark etishidan avval 
aytgan so'zlarni... – Hamma bir zumda xushiga kelib, Bagirraga nigohlarini qadashdi. 
Men  Rozalining  g'azablangan  nigohini  ko’rdim.  –  “Men  uzoq  va  baxtli  hayot 
kechirdim. Men onalik baxtini his qildim. Mening sevimli va mehribon insonim bor 
edi. Mening hayotim  voqealarga to’la va ajoyibotlarga boy, odamnikiga qaraganda 
ancha uzoq va baxtli bo’ldi. Ularni menga in’om etgani va menga bergan barcha mehr 
va  muhabbati  uchun  Karlayldan  minnatdorman.  Yashagan  har  bir  lahzam  uchun... 
Farzandlarimga  rahmat…  Haqiqiy  mehribon  bolalarimga...  Qarindoshlar  va 
qadrdonlarga...  Nihoyat,  men  buvi  bo’lish  baxtiga  ham  muyassar  bo’ldim.  Men 
munosib  hayot  kechirdim.  Va  mening  vaqtim  keldi,  deb  o'ylayman.  Men  ketishim 
kerak...  Sizlarni  hammalaringizni  yaxshi  ko'raman.  Alvido!”  Ammo  men  ham  o'z 
nomimdan gapirishni istaydim. Esme, men birgalikda o'tkazgan qisqa vaqt ichida seni 
qalbdan  ardoqladim.  Men  beixtiyor  o'zimni  oilangizning  bir  qismi  deb  hisoblashni 
boshladim.  Shunday  baxtli  hayot  kechirganingdan  xursandman.  Hech  qachon 
bo'lmagan va bo'lmaydigan hayot... Afsuslanadigan narsa shundaki, men sen uchun 
ketolmadim. Halovat topganingni bilaman. Orom ol, Esme. – Endi Bagirraning nigohi 
iliqlik  va  muhabbatga  to'ldi.  Uning  ko'zlarida  muloyimlik  va  mehr  chaqnadi.  U 
haqiqatan ham Esmani ardoqlardi, hammamizni sevardi. 
- Yetarli! Qanday qilib! – Rozali Bagirraning oldida turib, uni Esmedan to'sib 
qo'ydi.  –  Bu  sirkni  to'xtat!  Sen  uni  hech  qachon  sevmagansan!  Uning  o'limida  sen 
aybdorsan! 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
Bagirra hech narsa demadi. U, shunchaki, Rozalining ko'zlariga tikildi. 
-  Bo'ldi,  qizaloq, bu  uning  aybi  emas.  –  Emmet  qo'lini  Rozalining  yelkasiga 
qo'ydi. – Tinchlan, bu hech narsani o'zgartirmaydi. 
- Barchangizga nima bo'layapti? U sizni nima sehrladimi? – Rozali qo'llarini 
silkitib, Emmetning qo'lini yelkasidan olib tashladi va tezda uy tomon yurdi. 
Biz jim turardik, g’amgin nigohlar bilan uni kuzatib turdik. 
-  Havotir  olmanglar.  U  bu  qayg'udan  xalos  bo’ladi.  Hammasi  joyiga  tushib 
ketadi  hali.  Men  endi  sizning  oilangizga  nifoq  keltirmayman.  –  Bagirra  Emmetga 
afsuslangan nigoh tashladi. – Sizni uyga yetkazib qo’yishim bilanoq, men sizlarni bir 
umrga tark etaman. 
Bu  so'zlar  qalbimni  tilka-pora  qildi.  Men  o'zimni  Bagirraning  bo'yniga 
tashlamoqchi  edim,  uni  mahkam  quchoqlab,  hech  qayerga  qo'yib  yubormaslikni 
xohlardim.  Ammo  men  hozir  bu  masalani  ko'tarmaslikka  qaror  qildim.  Qolgan 
kuchimni yig'ib, Renesmini Jeykobning qo'lidan olib, xiyobonga jo’nadim. Renesmi 
hamma narsani tushunib, u ham juda qiynaldi. U kichkina qo’llarini uzatib, Esmening 
ko’ksiga oq gul qo’ydi. Men ham uning boshiga ulkan guldasta qo'ydim. – Orom ol, 
aziz  onajonim.  Men  seni  sog'inaman.  Sen  mening  qalbimda  abadiy  qolasan!  – 
Yuzimdan biroz yosh oqayotganini sezdim. Men uni beparvolik bilan artib, dahmadan 
chiqib ketdim. 
Yarim  tunda  Bagirra  bizni  Forksga  yetkazdi.  Biz  jimgina  uyga  kirdik.  Men 
Renesmini to’shagiga yotqizdim, yuqoriga ko'tarilib, Edvard bilan xonamizga kirib, 
yuzimni  yostiqqa  ko'mdim-da,  o’zimni  divanga  tashladim.  Vampir  bo’lganimdan 
buyon hayotimda birinchi marta uxlay olmaganimdan afsuslandim. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish