Abadiy quyosh botishi



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#297948
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
2 5424642693844175211

Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilishni istardim. Ammo mening barcha harakatlarim 
besamar  ketdi.  Bagirra  mening  chaqiriqlarim  javob  bermasdi.  Ehtimol,  u  meni 
eshitmagan  yoki  menga  xavf  solmaslik  uchun  javob  berishni  xohlamagandir. 
Qalbimning bir zarrasi Bagirraning ruhi bilan o’zidagi nurni qoldirganday, ichimda 
qora tuynuk paydo bo'ldi. Shu onda Danteylar oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar 
qanchalik  mustahkam  bo'lganini  esladim.  Bagirraning  qalbi  oila  a’zolarining 
o'limidan keyin qayg'uli, ilma-teshik  majruhga aylanib qolganini his qila boshladim. 
Endi, men hech kimga o'xshamagan holda, Bagirraning oilasi va Volturiylar haqida 
gapirilganda,  uning  ko'zlariga  to'lib  toshgan  og'riqni  angladim  va  tushunib  yetdim. 
Endi men Bagirra bilan birdek, u Aroni parcha-parcha qilib tashlagan tuyg'ularimni 
tushuna  olaman.  Menga  g’alati  tuyulgan  katta  zavq...  Ammo  keyin  uning  o'rnini  u 
yoki  men  uchun  emas,  g'alati  va  tushunarsiz  bo'shliq  egalladi.  Men  xayolimda 
Bagirraga  qayta-qayta  bog’lanishga  harakat  qildim.  Ammo  uning  javobi  faqatgina 
sukut, sokinlik va jimlik edi... 
To'satdan  mening  yelkamga  kimningdir  qo’li  tegdi.  Men  titrab  ketdim  va 
orqaga  o'girildim.  Edvard  mening  orqamda  turardi.  Mening  xayollar  ummoniga 
sho’ng’ib,  u  qanday  kirganini  sezmagandim.  Qiziq,  men  bu  yerda  qancha  vaqtni 
o'tkazdim  ekin?  Butun  oila  ovdan  qanday  qaytib  kelganini  sezmay  ham  qolibman 
(tanish ovozlar mehmonxonadan eshitilib turardi). 
- Seni cho’chitib yuborganim uchun uzr. – Edvard qo'llarini mening yelkamga 
qo’yib, boshimning tepasidan ohista o'pdi. 
-  Yo'q.  Hammasi  joyida.  Men  shunchaki  xayolga  cho’mdim  va  qanday 
kirganingni sezmay qoldim. – Men uning qo'lini silab qo’ydim. 
-  Sen  uni  endi  his  qilmayapsan,  shundaymi?  –  Edvard  har  doimgidek  nozik 
bo'lishga harakat qildi. 
-  Yo'q…  U  menga  javob  qaytarmayapti.  –  Men  biroz  jim  qoldim.  –  Edvard, 
men ularni sog'indim… 
-  Bilaman. Barchamiz  sog'inyapmiz. Hammasi  yaxshi bo'ladi, Bella!  Bagirra 
kuchli, u kurashadi va Esmeni tark etmaydi, deb o'ylayman. – Ajablanarlisi, Edvard 
meni  yaqinda  Karlaylni  tinchlantirish  uchun  ishlatgan  o’zimning  so'zlarim  bilan 
tinchlantirdi, ammo uning so'zlarida ishonch yo'q edi. 
-  Edvard,  men  unga  shubha  qilmayman!  –  Ovozim  titrab  ketdi.  –  Men  ular 
uchun shunchaki qo'rqaman. Bagirra Esme uchun jonini beradi. Ishonchim komil! 
- Ammo keyin nimadan qo'rqasan? – Edvardning ovozi mayin va yoqimli edi. 
U qulog'imga ushbu so'zlarni pichirladi. 
-  Qo'rqamanki,  u  aynan  shu  ishni  qiladi.  –  Ko'zlarimdan  yosh  to'kilib, 
yonoqlarimdan noaniq mayda tomchilar oqayotganini his qildim. – Edvard, oramizda 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
rishtalar paydo bo'ldi. Uni yo'qotish… Men o'zimning bir qismimni yo'qotmoqdaman, 
tushunyasanmi? U mening bir qismimga aylanib qoldi. 
- Bella, sen yig'layapsan! – Edvard hayron bo'lib, yuzimdan yosh oqayotganini 
tomosha qildi. 
- Men shuni aytayapman-da! Bagirra hozirgacha mendagi pinhona hislatlarni 
jonlantirdi. Ba'zi insoniy fazilatlarimni qaytarishga yordam berdi. 
- Ammo bu qanday bo’lishi mumkin? Sen vampirsan-ku! Vampirlar esa yig'lay 
olmaydi. Buning iloji yo'q! 
- Men faqat yarim vampirman, Edvard. Mening ikkinchi yarmimni bo'ritus va 
odam  egallagan.  Men  ularning  borligini  his  qilyapman.  Shuning  uchun  vampirga 
aylanganimda,  sizlardan  anchayin  o’zgacha  edim.  Bo’ritus  hislati  menda  ilgari 
o'ylaganimdan  ko'ra  ko'proq  mavjud  ekan.  Endi  u  juda  kuchli  hisga  aylandi.  U 
o'zining  bir  qismini  qaytarishni,  y’ani  Bagirrani  qaytarishni  xohlayapdi.  Bagirra 
Esmeni  qutqarishini  bilaman.  Ammo  men  uni  yo'qotishdan  juda  qo'rqaman.  – 
Tomog'imga  nimadir  tiqildi.  –  U  o’sha  zulmatda  u  men  bilan  xayrlashayotganday 
gaplashdi.  U  qonxo’r  dushmanlarni  yo'q  qilib,  oilasining  davomchilari  –  men  va 
Renesmeni topdi. Bu esa uni bu dunyoda hech narsa ushlab turmasligini anglatadi. U 
o'z vazifasini to'liq bajardi. Edvard, men uni yo'qotishni xohlamayman. Endigina biz 
bir-birimizni topgandik... Men bunga bardosh berolmayman. – Men u tomonga to’liq 
o'girildim va boshimni Edvardning qorniga qo’ydim. 
U belimni muloyimlik bilan silab qo'ydi. – Tinchlan, Bella. Bagirra kuchli. U 
buni uddalay oladi. Bundan tashqari, endi sen va uni shu yerda olib qolasan. U seni 
tark etmaydi. U seni jonidan ortiq ko’radi. 
Keyingi  lahzada  xona  eshigi  ochildi.  Ellis  go’yo  uchib  kirdi,  keyin  ovdan 
qaytmagan Karlayldan tashqari hamma birin-ketin kira boshladi. 
Ellis  xonani  ko'zdan  kechirib,  Bagirraga  tikilib  turdi-da,  keyin  hayajonli 
nigohini Edvard ikkalamizga qaratdi. Uning ko'zlari baxtdan chaqnab turardi. 
- Bella! Edvard! U uyg'onadi! Bagirra o’ziga keladi! Men ko'rdim! – Bu so'zlar 
uning tomog'idan otilib chiqardi. Tuyg’ular jumbushga kelgandi. 
- Qachon? – Biz Edvard bilan tengidan savol tashladik. 
Ammo Ellis javob berishga ulgurmadi. Ortimda chuqur nafas olindi. Hamma 
bir  vaqtning  o'zida  divanga  qaradi.  Bagirra  yana  bir  nafas  olib,  ko'zlarini  ochdi  va 
to'satdan  to’shagiga  o'tirdi.  Uning  nigohi  ko'rinmasdi.  Ko'zlari  avvalgidan  ham 
kuchliroq  chidab  bo'lmas  og'riq  va  azoblarni  aks  ettirardi.  Bizni  Bagirra  bilan 
bog'laydigan ko'rinmas rishta tiklanganini yana bir bor his qildim. Yo'qolgan parcha 
yana qalbimni to'ldirdi. Ammo u menga qancha azob keltirdi... Endi men Bagirrani 
qiynagan og'riqni his qildim, uni ichkaridan angladim. Bu chidab bo'lmas jahannam 
azobi edi. Tushundim – dahshatli nimadir yuz bergan. 


@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi  // Abduqodir Toshpo’latov 
 
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi 
kifoya qilsin! 
- Yo'q, ota! Bu adolatdan emas! Bunday bo'lmasligi kerak! Men xoxlamayman! 
–  Bagirra  bu  so'zlarni  ibodatdagidek  aytardi.  Uning  lablaridan  nola  qochib, 
ko'zlaridan yosh oqdi. – Men istamayman, xohlamayman ... 
Uning  ko'rinishi  ko'rinmas  edi.  Ko'zlarida  chidab  bo'lmas  og'riq  va  azob-
uqubatlar aks ettirilgan, avvalgidan ko'ra kuchliroq. Bizni Bagira bilan bog'laydigan 
ko'rinmas  ipni  yana  bir  bor  his  qildim.  Mening  qalbim  yana  yo'qolgan  zarrachani 
to'ldirdi. Lekin u menga qancha og'riq keltirdi. Endi Bagirani azoblab, uni ichkaridan 
yutib yuborgan og'riqni his qildim. Bu chidab bo'lmas do'zax uni edi. Men tushundim-
dahshatli narsa yuz berdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish