@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
uzatdi-da, meni bag’riga bosdi va yuzimdan muloyimlik bilan o'pdi. U jim edi. Uning
ham men kabi gapirgisi kelmasdi. Men uning dardini his qilardim, unga ham mendek
juda qiyin edi. Barchamiz azob chekib, sog’inch botqog’iga botib qoldik. Dafn
marosimi tugagach, biz Esme bilan abadiy xayrlashdik, nihoyat, bu sodir bo’ldi.
Biroq, bu og'riqni boshdan kechirish, uni ichga yutib yengish kerak edi. Buning uchun
vaqt talab etilardi. Endi esa faqat o’zim azob chekishni xohladim. Dardingda azob
chek va dardingni sev...
Esme bilan o'tkazgan har bir lahzamni yotgancha hayoldan o’tkazdim, uning
mehrli, g'amxo'r tabassumi, quvnoq kulgisi, haqiqiy onalik g'amxo'rligi,
yelkalarimdan qanday mehr bilan quchoqlaganini esladim… Uning onalik
g'amxo'rligiga to'la iliq ko'zlarini xotirladim... Bu intiqo deb o'ylashni ham
xohlamasdim. Bularning barchasi endi bo'lmaydi. Esme meni hech qachon
quchoqlamaydi, o'zining samimiy tabassumi bilan jilmaymaydi. Ishonolmadim...
Mening qat’iyatli qalbim og'rib, parcha-parcha bo'lib ketdi, men bu yonayotgan
og'riqni tinchlantirish uchun uni ko’ksimdan sug’irib tashlashga ham tayyor edim.
Xayolimda dahshatli tasavvurlar paydo bo'ldi. Men xonada o'tirgan Karlaylni
his qildim. Esme xonasida. Men uning dardini tasavvur qildim. U endi chidab bo'lmas
darajada azob chekayotgandi, hammamizning azoblarimizdan ham ortiq edi, go’yo.
Agar men ham Edvardni yo'qotganimda... Yo'q!!! Men chidayolmagan bo’lardim...
Men Edvardga – uning yotgan to’shagiga o'girildim, bo'ynidan quchoqlab, unga
yanada yaqinlashdim. Yomon fikrlarni iloji boricha tezroq haydab chiqarishga qaror
qildim.
- Edvard, senga bir iltimosim bor. – Men uning qahvarang ko'zlariga tikildim.
- Nima gap, Bella? Sen uchun hamma
narsani qilaman, nimani xohlaysan?
- Edvard, biz Bagirra bilan gaplashishimiz kerak, uni qolishga ko'ndirishimiz
lozim. Bu men uchun muhim.
- Bella, men sen istagan narsani bajaraman, lekin u mendan ko’ra ko’рroq senga
quloq soladi. – Edvard menga ma’noli nigoh bilan qaradi.
- Yo'q, agar men undan so'rasam-u, u rad etsa, sening qo'llab-quvvatlashingizga
muhtojman bo’laman. – Men Edvardga iltijoli ko'zlar bilan qaradim.
- Yaxshi, Bella. Menimcha, kech bo'lmasdan shoshilishimiz lozim.
Biz tezda divandan turib zinapoyadan рastga tushdik. Mehmonxona bo'sh edi.
Butun oila a’zolari o'z xonalariga tarqalib ketishgandi. Jeykob ham uyiga ketibdi.
Bagirrani qidirib uy atrofida aylandik, ammo u hech qayerda ko’rinish bermadi. Men
uning borligini his qildim, shu yerda ekanligini bilardim. Bagirra xayrlashmasdan
ketolmasdi. Bu uning uchun oqilona yo’l emas, albatta. Edvard ham uning borligini
sezdi, lekin qandaydir to’siq bordek, uning fikrlarini o’qiy olmadi.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
Biz Karlaylning xonasiga kirdik. Ichkari qorong'i edi. Uni xiragina oy nuri
biroz
yoritib turardi, xolos.
Ushbu oy nurida men ikkita tanani ko'rdim. Karlayl katta charm stulda
harakatsiz derazaga qarab o'tirardi. Uning nigohi ko’rinmas va bu xonadan yiroqlarda
edi – hozir Esmening ruhi kezayotgan joyda. Bagirra esa uning yonida harakatsiz
turardi. Uning o'ng qo'li Karlaylning yelkasiga qo’yilgandi. Xonada iliqlik va
osoyishtalik aurasi (muhiti) hukm surardi. Men unga cho’mib, bir lahza hammasini
unutishni xohladim. Tabiiyki, bu Bagirraning aurasi edi. U Karlaylning yarador ruhini
davolar, qo'lidan kelganicha yordam berardi. Bu muhitda men ham o'zimni iliq va
xotirjam his qildim.
- Girra, biz sen bilan gaplashib olmoqchimiz. – Men uning yuziga qaradim. U
xotirjam edi, uning qiyofasi qalbida hukm surayotgan azob va og'riqdan dalolat
bermasdi.
- Ha, Bella. Men sizlarni bajonidil tinglayman. – U xushmuomalalik bilan
Edvardga, keyin menga qaradi.
- Girra, hozir hammamizga juda qiyin. Biz qadrli odamimizni yo'qotdik. Bu
juda og'riqli. Ammo sodir bo'lgan voqeada seni ayblamaymiz. Sendan, aksincha,
qolishingizni so'raymiz. Hammamiz hali sening yordamingga muhtojmiz. – Men
Edvardni bilagini yengilgina silab, madad ilinjida qarab qo'ydim.
U darhol mening tashabbusimga xayrixoh tarzda so'zimni davom ettirdi. –
Bizga keraksan, Bagirra! Nessiga keraksan! Hozir unga ham juda qiyin.
Ushbu suhbat jarayonida Karlaylning qatnashayotganidan xursand edim,
chunki u uyning egasi va oila boshlig'i edi. Uning bu holat bo'yicha fikri biznikiga
qaraganda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, albatta. Men hech qachon Karlaylning
halovatini buzish, yarasini qayta ochish va Bagirra bilan gaplashishni iltimos qilishga
jur'at etolmagan bo'lar edim, ammo u allaqachon bizning suhbatimizda
qatnashayotganligi sababli, men sinab ko'rishga qaror qildim. – Karlayl, Bagirra biz
bilan qolishiga qarshi emasmisiz?
Uning ismini eshitishi bilan Karlayl go'yo tushdan uyg'ongandek bo'ldi. Uning
ko'zlarini yana chidab bo'lmas iztirob egalladi. Men darhol qilmishimdan uyalib
ketdim. Ammo u o'zini tutishga hamda xotirjam va do'stona javob berishga kuch topa
oldi. – Albatta, men qarshi emasman. Bagirra, sen bu yerda xohlagancha yashashing
mumkin. Sen biz uchun ko'p yordam qilding, biz sendan qarzdormiz. Bundan
tashqari, biz senga bog'langanmiz. Sen bizning oilamiz a'zosiga aylanib ulgurding.
Sen uchun ushbu uyning eshigi har doim ochiq va biz seni ko'rishdan doimo xursand
bo'lamiz. – Uning ovozi sovuq edi, uning ruhi o'lishni, ozod bo'lishni va sevgilisi
oldiga ketishni xohlardi, shunday bo'lsa-da, uning ichida iliqlik bor edi. Karlayl,