Diagnostik
belgilari.
Kerargirit kichik qattiqlikka ega bo‘lishi, sindirish
ko‘rsatkichi koeffitsientining kattaligi, suvda erimasligi va kumush
borligini k o ‘rsatuvchi kimyoviy reaksiyalar berishi xarakterlidir.
Kerargirit dahandam alangasida ko‘mirda oson (450-500°)
eriydi va qaynaydi. Soda qo‘shib kimyoviy qaytaruvchi alangada
qizdirilganda kumush metall ajralib chiqadi. Kislotalarda deyarli
erimaydi (qisman HC1 da eriydi), faqat ammiak bilan eritma hosil
qiladi, bu hoi juda xarakterlidir.
Paydo bo‘lishi.
Kerargirit kumush minerallarining yer
yuzasidan siljigan tarkibida xlor bor suvlar bilan reaksiyaga kirishi
natijasida oksidlanishidan paydo bo‘lib, kumush qo‘rg4oshin ruda
konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. U iqlimi quruq issiq
joylarda ko'proq topiladi. Uning sof tug‘ma kumush o ‘rnida hosil
boclgan psevdomorfozalari ham bo‘ladi.
112
SSSRda kerrgirit juda oz miqdorda bo‘lib, Janubiy Uralning
bir qncha konlarida (Boymoq tumanidagi Mixaylov konida),
Q ozog'istonda va Oltoyda uchraydi. Kerargirit bilan kumushning
boshqa galloid birikmalari katta-katta uyumlar bo‘Iib, Boliviya
cho'llaridagi konlarda, Atakama (Chili), Meksika va Avstraliyadagi
konlarda uchraydi.
Nitratlar kuchli azot kislotasining tuzlari, suvda oson eriydi,
issiq mamlakatlarda, deyarli hozirgi zamon mahsuloti sifatida
yuzaga kelgan.
Natriyli selitra - N a N 0 3
- Chili selitrasi.
Kaliyli selitra
-
K NO 3
- Hindiston selitrasi. Kristallari
romboedr shaklida. Ko‘pincha qobiq mog‘olga o ‘xshash, yaxlit
massalar holida uchraydi. U rangsiz, oq qizg‘ish, qo‘ng‘ir, limondek
sariq, shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi - 2; solishtirma og4irligi -
2,3; m o‘rt; ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha.
Selitra suvda oson eriydi, mazasi sho‘r, og‘izni qattiq sovitadi.
N itratlar issiq mamlakatlarda tarkibida azoti bo’lgan 9lrganic
moddalarning (parranda va hayvonlar qiyi va boshqa qoldiqlari),
Shuningdek
mikrosuv
o ‘simliklari
va
nitrobakteriyalarning
biokimyoviy parchalanishi natijasida yuzaga keladi. Bunday
joylarda ju da kam boMadigan yog‘inlar hosil bo‘lgan selitrani
soyliqqa oqizadi.Vaqt o ctishi bilan selitrali sho‘rhoq yerlarda selitra
uyumlarini hosil qiladi. Bu joylarda selitra bilan bir paragenezisda
gips, mirabilit va gaiitlar uchraydi. Uning yirik uyumlari Hindiston,
Misr, Fransiya, Chili va boshqa yerlarda mavjud. Masalan, Shimoliy
Chili selitrasining maydoni quyidagicha - uzunligi 140 km, kengligi
18-80 km va qalinligi
1,5 m atrofidagi qatlamsimon kon
hisoblanadi.
Selitra
mineral
o ‘g ‘itlaming
eng
yaxshi
turi
hisoblanadi. U shisha sanoatida, portlovchi moddalar tayyorlashda
ishlatiladi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |