Epileptik shaxs o ‘zgarishi
patologik tartibsevarlik,
pedantizm ning
paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Bunday bemoriaming tafakkurida
bir detallarda to'xtalib qolish, rigidlik, o 'ta batafsillik,
nutqlarida -
shirinsuxanlik, k ich raytirish -erk alash q o 'sh im ch alarig a m oyiilik
kuzatiladi. Bem oriam ing atrofdagilar bilan bunday o 'ta shirinso'z va
m ehribon m uom alasi aslida faqatgina saqlovchanlik, qasoskorlik,
portlovchanlikni yashiruvchi niqobdir.
U lar ikkiyuzlamachi, ayyor va
zulmkor bo'ladilar. Bemoriaming oliy axloqiy qoidalami targ'ib qilishga
bo'lgan intilishlari, ularning o'zlari bularga amal qilishlarini bildirmaydi,
aksincha, - bunday fikrlar ortida bemoriaming kamchiliklari niqoblangan
bo'ladi.
Epileptik aqli zaiflik
uchun
shu xoski, yuqorida keltirilgan shaxs
o'zgarishlari fonida tafakkurning o 'ta batafsilligi o'sib boradi, ruhiy
jarayonlaming kechish sur’ati keskin sekinlashadi. Xotira yomonlashadi,
bemorlar yangi axborotlami qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar. So'z boyligi
kamayadi, bemorning barcha qiziqishlari kasallikka qaratiladi.
Bemorlar
egotsentrik bo'lib boradilar. Odatda, bu o'zgarishlaming barchasiga tanqidiy
munosabat yo'qoladi.
Davolash.
Epilepsiyani davolashning asosiy qoidalari bu q at’iy
individualizatsiya, davomiylik, uzluksizlikdir. Eng samarali dori vositalari
har bir alohida holatda individual tanlanishiga to 'g 'ri keladi, bu qoida
dorining m iqdorini tanlashga ham tegishli. M iqdorni oshirish yoki
kamaytirish asta-sekin amalga oshirilishi zarur. Bu qoidaning buzilishi
kasallikning o'tkirlashuviga, hatto epileptik
status rivojlanishiga olib
kelishi m umkin. Asosan epileptik tutqanoqlarning har xil turlarini
davolashda samarali bo'lgan dori vositalari qo'llaniladi (fenobarbital,
difenin, benzonal, suksilep, finlepsin va boshq.). Agar kasallik klinikasi
polim orf bo'lsa, epilepsiyaga qarshi dori vositalarining kombinatsiyasi
qo'llaniladi. Epilepsiyaga qarshi t a ’sirli bir necha dori vositalari
aralashmalari ham tavsiya etilgan (Vorobev,
Sereyskiy aralashmasi va
boshqalar).
Namozshomsimon holatlarni bartaraf etishda aminazin tutqanoqqa
qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llaniladi, affektiv buzilishlarda
trankvilizatodar tavsiya etiladi. Epileptik statusni davolashda oxirgi vaqtlarda
seduksen (vena ichiga) samarali qo'llanilmoqda.
Epilepsiyaning fokal shakllarida oxiigi yillarda epilepsiyani davolashning
jarrohlik usullari keng qo'llanilmoqda. Ba’zi hollarda ularyaxshi natijalar
beradi.
0 ‘rta tibbiy xodimning epilepsiyali bemorlarni parvarishlash va
kuzatishni ta ’minlashdagi o'm i katta. Tutqanoq xuruji vaqtida qo'shimcha
78
jarohatlar, tilni tishlab olish, asfiksiyaning oldini olish chora-tadbirlarini
ko'rish zarur. Ongning namozshomsimon buzilishlari b o ‘lgan bemorlar
batafsil va qat’iy nazoralga muhtoj bo ‘ladilar. Shifokor bo‘lmagan vaqtda
tibbiy xodimlar tom onidan kuzatilgan tutqanoqlam i aniq yoritib berish,
batafsil yozib olish va kuzatuv kundaligida bemorlarning xatti-harakatlarini
bir boshdan ko'rsatib o'tish katta ahamiyatga ega.
Epilepsiyali bemorlarni ovqatlantirishni tashkil etishda, suyuklik va
osh tuzi iste’mol qilishni chegaralashni esdan chiqarmaslik lozim.
Alkogolli
ichim liklam i iste’mol qilish q at’iy taqiqlanadi. Im koniyatga qarab,
bemorlarni m ehnat faoliyatiga jalb etish, am m o bunda harakatlanuvchi
mexanizmlar, yuqori haroratli moslamalar yaqinida, transportda va h.k.
larda ishlashi taqiqlanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: