Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish



Download 34.34 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi34.34 Kb.
Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish interaktiv xizmati reglamenti.

1. Interaktiv xizmat tavsifi (pasport)

1.1. Interaktiv xizmat nomi:

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish interaktiv xizmati.

1.2. Interaktiv xizmat natijasi:

Veb-saytning ushbu interaktiv xizmat bo’limiga kirganda “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olishinteraktiv xizmati bo’yicha ma’lumotlarni olishi, yoki murojaat qilish imkoni yaratilgan.



1.3. Interaktiv xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot va korxonalar va xizmat ko’rsatish manzili:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida Interaktiv xizmatlar xavolasida mavjud. Veb-saytdagi xavolasi : http://jizzax.uz/uz/onlineservice/alkogolli-mahsulotlar-bilan-chakana-savdo-qilish-huquqini-beradigan-ruhsat-guvohnomasini-olish/



1.4. Qonuniy asosi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 16 martdagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-605-sonli qarori.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar.



1.6. Bajarilish muddati:

Ariza qabul qilingan kundan e’tiboran 15 ish kunigacha.



1.7. So’rovnomani qabul qilinganligini tasdiqlash muddati:

Murojaat va hujjatlarning nusxalari qabul qilinganligi to’g’risidagi tasdiqnoma arizachiga 24 soat muddat ichida taqdim etiladi.



2. Xizmatdan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni taqdim etish.

2.1. Axborot tarkibi va xajmi:

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil qilish.

2.2. So’rovga asosan beriladigan axborotlar:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy-veb saytiga kirib bir lahzada ma’lumot olish hamda ariza yuborish mumkin.



2.3. Xizmat ko’rsatish joyi:

Jizzax viloyat hokimligining rasmiy-veb sayti orqali ma’lumotlarni olish va murojaat yuborish mumkin. Yakuniy hujjat murojaatchining istiqomat qilish manzilidagi “Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladi



2.4. Talab qilinadigan hujjat blankalari (forma):

Talab qilingan hujjatlar nusxalari Jizzax viloyat rasmiy veb-saytining interaktiv xizmatlar bo’limidagi “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olish” interaktiv davlat xizmati bo’limi, quyi qismida keltirilgan.



3. Xizmat ko’rsatish

3.1. Ish vaqti:

Murojaatchilar o’z murojaatlarini dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 gacha oralig’ida Jizzax viloyati rasmiy veb-sayti orqali yuborishlari mumkin. Tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha.



4. Xizmat ko’rsatish jarayoni

4.1. Zaruriy hujjatlar:

- Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, u joylashgan joy (pochta manzili), bank muassasasi nomi va bankdagi xisob raqamining tartib raqami ko'rsatilgan holda ruxsat guvohnomasi berilishi to'g'risida ariza;



- Yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;

- Shaharlarda — eng kam oylik ish haqining kamida 100 barobari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog'li tumanlarda — eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi. Ustav fondi pul mablag'larida shakllantirilgan taqdirda tasdiqlovchi hujjat xizmat ko'rsatuvchi bank tomonidan beriladi. Ustav fondi boshqa mol-mulk bilan shakllantirilgan taqdirda yuridik shaxs ushbu mol-mulkka egalik huquqi, uning qiymati va u ustav fondiga qo'shilganligi haqidagi tasdiqnomani taqdim etadi.

- Chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig'im to'langanligini tasdiqlaydigan bank hujjatining nusxasi.

4.2. Xizmat uchun to’lov:

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini berilishi bepul amalga oshiriladi.

Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruhsat guvohnomasini olingandan so’ng, tadbirkorlik faoliyati davrida:
bir oylik savdo-sotiq uchun eng kam oylik ish xaqining 5 barobari miqdorida mahalliy yig’im to’lanadi.

4.3. Interaktiv xizmat ko’rsatish bosqichlari:

  1. Jizzax viloyatidagi shaxar va tuman hokimliklari huzuridagi yuridik shaxslardan barcha talab qilinadigan alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqish bo'yicha komissiya raisi nomiga ariza - bir ish kuni davomida.

  2. Jizzax viloyatidagi shaxar va tuman hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqish bo'yicha komissiya alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish uchun taqdim qilingan ariza asosida hamma hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga mosligini ko'rib chiqadi – o’n ish kuni davomida.

  3. Jizzax viloyatidagi shaxar va tuman hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini olish uchun hujjatlarni ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiya talabgorning alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish uchun taqdim qilingan hujjatlarini hamda komissiyaning Jizzax viloyatidagi shaxar va tuman hokimliklari huzuridagi alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomalarini olish uchun hujjatlar bo'yicha xulosasini ko'rib chiqadi va ruhsatnoma beriladi – bir ish kuni davomida;

4.4. Xizmat ko’rsatish uchun ichki idoraviy jarayonlar:

Ishchi organ 5 ish kuni mobaynida murojaatchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o’rganadi va alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish bo’yicha mazkur Nizom bilan belgilangan talablariga muvofiqligini aniqlaydi.



4.5. Natijani olish usullari:

Shaxsan yoki pochta.



4.6. Xizmat natijasi:

Alkogolli mahsulatlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini taqdim etish.

4.6. Rad etish sabalari:

Tegishli hujjatlar taqdim etilmagan va qo’yilgan talablarga javob bermagan hollarda, jumladan:



  • Qayd etilgan barcha hujjatlar to’liq bo’lmaganda;

  • Arizachi talab etilgan qonun-qoidalarga rozi bo’lmaganda;

  • Talab etilgan formalar noto’g’ri to’ldirilganda.

5. Sifatni ta’minlash

5.1. Sifat ko’rsatkichlari:

Rasmiy veb saytdagi virtual murojaat orqali o’z baxolarini qo’yishi mumkin.



5.2. Ko’rsatilgan xizmatga oid shikoyatlar:

Xizmatdan norozi bo’lgan shaxslar, rasmiy veb-saytdagi virtual murojjat orqali o’z shikoyatlarini qoldirishlari mumkin.



Eslatma !

  1. Yuridik shaxsdan Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilinishiga yo’l qo’yilmaydi;

  2. Hujjatlar yuridik shaxslar tomonidan ishchi organga bevosita yohud olinganligi ma’lum qilingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi;

  3. Qonun hujjatlarida belgilangan taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun yuridik shaxs – ariza beruvchi javob beradi.



Ilova

c:\documents and settings\user\рабочий стол\mg.jpg

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa