A toshmatov, sh sh. Magzumova


MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

MANIAKAL-DEPRESSIV PSIXOZ
Maniakal-depressiv psixoz affektiv psixozlar jumlasiga kiradi. Bu 
kasallikning klinikasi navbatm a-navbat keluvchi maniakal va depressiv 
fazalaming (ba’zida faqat maniakal yoki faqat depressiv fazalar) kuzatilishi, 
fazalar orasida yorug'lik oraliqlari (intermissiyalar) bo'lishi va bemorlarda 
shaxs o'zg arish larin in g b o 'lm asligi bilan xususiyatlidir. Kasallik 
xurujlarining davomiyligi turlicha bo'lishi mumkin —2 oydan 10 oygacha.
M aniakal-depressiv psixoz dom inant yo'l bilan o'tuvchi nasliy 
kasalliklar jumlasiga kiradi.
M aniakal-depressiv psixozning 
maniakal fazasi 
uchun quyidagi 
sim ptom lar triadasi: kayfiyatning ko'tarinkiligi, fikrlash tem pining 
tezlashuvi va harakat qo'zg'alishi xos. Bem orlar jonlangan, bir joyda 
o'tira olmaydilar, doim atrofdagilarga turli takliflar, savollar bilan murojaat 
qiladilar, juda seigap bo'ladilar. Hayotlari (hatto psiwatriya bo'limi sharoitida 
ham) ularga juda go'zaldek, yon-atrofni pi-^hti ranglarda ko'radilar. 
Bem oriam ing xulq-atvori bir rejali m aq ^dg a qaratilmagan. U lar har 
qanday ishga kirishib ketadilar, har kimsJ o 'z xizmatlarini taklif etadilar,


ammo hech nimani oxirigacha yetkazmaydilar. Ularga o ‘ta chalg‘uvchanlik 
xos. Bemorlarda o ‘z qobiliyatlari, imkoniyatlarini yuqori baholash, hatto 
buyuklik vasvasa g ‘oyalari rivojlanishigacha olib kelishi m um kin 
(ixtirochilik, islohotchilik, daholik). Shu munosabat bilan bem orlar 
turli idoralaiga o ‘z loyihalari bilan murojaat qiladilar, o ‘zlarini yuqori 
qobiliyatli daholar deb hisoblaydilar, teatr, adabiyot sohasida o ‘zlarini 
namoyon etishga harakat qiladilar. Bemorlarda seksual qo‘zg‘aluvchanlik 
kuzatiladi. Kayfiyatning bunday nosog‘lom buzilishlari shu bilan namoyon 
bo‘ladiki, bemorlarning o ‘z tashqi ko‘rinishlari, kiyinishlariga ham
munosabatlari o ‘zgaradi — haddan ortiq bo'yanadilar, bachkanalikkacha 
boradigan rangdor liboslar kiyib, ko‘plab taqinchoqlarni ilib oladilar. 
Tafakkur tempining tezlashuvi sababli maniakal bemorlarda so‘zlashuv 
nutqining tezlashuvi kuzatiladi. Hosil bo‘Igan assotsiatsiyalar yuzaki bo'ladi. 
Bem orlar ko‘pincha hosil bo‘lgan flkrlarini gapirib berishga ulgu- 
rolmaydilar. U lar baland ovozda, ko ‘p gapiradilar, shuning uchun 
tovushlari xirillab qoladi. Yaqqol hissiy noadekvatliklarga qaram ay
bemorlarning e ’tirozlari ba’zida aqlli, yumorlari ta ’sirchan bo'ladi. Ba’zi 
holatlarda maniya jahldorlik, q o ‘zg‘aluvchanlik affekti bilan kechadi 
(qahr-g‘azabli maniya). Maniakal holatdagi bemorlarda o ‘z nosog'lom 
holatlariga nisbatan tanqid, odatda, yo'qoladi.
M aniakal fazada som atik belgilardan taxikardiya, uyqusizlik, 
dismenoreya kuzatilishi mumkin. Ishtahalari, odatda, ko'tarilgan, ammo 
bemorlar ko'pincha sezilarli darajada vaznlarini yo'qotadilar.
Depressiv faza m aniakal-depressiv psixozda quyidagi sim ptom lar 
triadasi: pasaygan kayfiyat, tafakkur tem pining sekinlashuvi va harakat 
tormozlanishi bilan kechadi. Kayfiyatning pasayishi tushkunlik, qayg‘u, 
xavotir bilan kuzatilishi m umkin. Bem orlarning tana holati, yuzi, 
haddan tashqari tushkunlik holatini namoyon qiladi: yelkalari tushgan, 
qayg‘uli m im ika, qotib qolgan nigohlar. Bem orlar past tovushda 
gapiradilar, savollarga zo‘rg‘a, bir so‘z bilan javob beradilar, b a’zida 
mutizm kuzatiladi. Harakatlari yaqqol sekinlashgan. B a’zi holatlarda 
bem orlarda o ‘z yaqinlari va qarindoshlariga m unosabatlari o'zgaradi, 
u la r avvalg id ek k u c h li e m o ts io n a l k e c h in m a la rn i his q ilish
imkoniyatlarini yo'qotadilar va bunday hissiz bo ‘lib qolganliklaridan 
qattiq qayg‘uradilar (og‘riqli hissizlik). Pasaygan kayfiyat ta ’siri ostida 
bemor o ‘z yashab оч^ап hayotini boshqa ranglarda qayta ko‘rib chiqadi, 
0 ‘zining o ‘tmishda qilgnn xatti-harakatlarini keragidan ortiq baholaydi. 
B em orlarga tu y u lad ik i, u la r h a y o tlarid a yaxshi ish lam ag an lar, 
atrofdagilarga nisbatan o ‘zlai\ni nom a’qul tutganlar, ular hech narsaga 
yaramas kishilar va atrofdagila-.oa faqat baxtsizlik keltiradilar. 0 ‘zini
7z


kamsitish, ayblash va gunohkorlik vasvasa g'oyalari ta’siri ostida bemorlarda 
ko'pincha o'z jonlariga qasd qilish haqidagi fikrlar paydo bo'ladi (suitsidal 
fikrlar), va ular ko'pincha haqiqatda amalga oshiriladi. Bemorlar kasalxona 
sharoitlarida ham suitsidal harakatlar qilishlari m umkin, shuning uchun 
ular q at’iy nazorat ostida bo'lishlari zarur.
Yuqorida keltirilgan maniakal-depressiv psixozning depressiv faza- 
sidagi bemorlarda kasallik belgilari ertalabki soatlarda maksimal daraja- 
da rivojlanadi, kechga borib esa ulam ing ahvoli nisbatan yaxshilanadi.
Shuningdek, depressiyalarda b a’zi som atik buzilishlar, tez-tez 
kuzatilishi hosdir. Ularda ishtahaning yo'qolishi, tana vaznining kamayishi, 
uyqu, menstrual siklning buzilishlari kuzatiladi.
Ba’zida depressiya rivojlanish cho'qqisida m otor tormozlanish holati 
xavotirli qo'zg'alish holati bilan almashinadi, bunda bemorlar qo'rquvda 
x o n ab o'ylab tipirchilab, yordam ga chaqiradilar, qo'llarini qayiltira- 
dilar, boshlarini devorga uradilar. Bu holat uch un keskin nam oyon 
bo'lgan xavotir xos b o'lib, ular o'zlari yoki ulam ing qarindoshlari 
bilan dahshatli hodisa sodir bo'ladi deb hisoblaydilar. Bunda bem orlar 
o'zlariga og'ir jarohatlar yetkazishlari, o 'z jonlariga qasd qilishlari 
mumkin. Bunday holatlar «qayg'u portlashlari» 

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish