A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

psixasteni/c
guruhiga juda qo'rqoq, uyatchan
hayajonlanuvchan, xavotirlanuvchan va o'ziga ishonchsiz, ta’sirlanuvchan 
va nozik, tez toliquvchan kishilar kiradi. Isterik shaxslardan farqli o'laroq, 
psixastenik shaxslar, odatda, ta ’sirchan, to'g'riso'z va halol, boshqalami 
hurm at qiluvchi, am m o o'zlariga nisbatan talabchan kishilardir. U lar 
doim o'zlarining qilmishlari va qarorlarining to'g'riligi, harakatlarining 
adolatliligiga shubha qilib, o'zlarini qiynab yuradilar. O 'zlarini tanqid 
qilish, ayb qidirish ulaming faoliyatlariga xalaqit beradi. Ulami ko'pincha 
vijdon azobi, qo'rquvlar, xavotirlar qiynaydi. Ba’zida bu xavotirlar va 
qo'rquvlar ko'pincha o 'z tanalaridagi turli sezgilarga, o 'z organizmining 
m e ’yorda ishlashiga qaratilgan b o'lad i. B unday psixopat shaxslar 
ipoxondriklar deb nom lanadi. Ba’zida bu shaxslarda oldingi o'ringa 
holsizlik va toliquvchanlik chiqadi. Psixastenik psixopatiya fonida turli 
«yopishqoq holatlar» oson rivojlanadi: yopishqoq fikrlar, qo'rquvlar 
(fobiyalar), harakatlar.
Psixopatiyalaiga, shuningdek, ko'pchilik insonlarda uchrovchi jinsiy 
hayotdagi maylning aynishlari (perverziyalar) bilan kechuvchi buzilishlar 
ham kiradi. Perverzion psixopatiyalar guruhi tarkibi turlichadir. Ulaming 
kelib chiqishida, boshqa psixopatiyalardagi kabi tu g 'm a om illar bilan 
bir qatorda, tashqi ta ’sirlar ham katta ahamiyatga ega. Jinsiy mayl 
aynishining nisbatan ko'p uchraydigan shakli — o 'z jinsi vakillariga 
bo'lgan jinsiy mayl (gomoseksualizm) dir. U ko'pincha erkaklaida uchraydi 
(besoqolbozlik, pederastiya). Ba’zi pederast shaxslar o 'z anomaliyalarini 
sharmandali, hatto fojiali deb qabul qiladilar. Q at’iy gomoseksual shaxslar 
bilan bir qatorda biseksual shaxslar ham mavjud bo'lib, ularda ham o 'z 
jinsi vakillari, ham qaram a-qarshi jins vakillariga nisbatan jinsiy mayl 
rivojlangan. Gomoseksual psixopatlar orasida transversitlar ham uchrab, 
ularda qarama-qarshi jins vakillarining kiyimlarini kiyishga bo'lgan ehtiros 
mavjud: erkaklar ayollar kiyim ini kiysa, ayollar erkaklar kiyim ini 
kiyishni m a’qul ko'radi. Ba’zi psixopat shaxslarda hayvonlaiga nisbatan 
jinsiy mayl hosil bo'ladi (sodomiya). Qarama-qarshi jins vakillari oldida 
jinsiy a ’zolarini yalang'ochlashga bo'lgan intilish eksgibitsionizm deb 
nomlanadi. Sadizm deganda jinsiy sherigiga og'riq yetkazish, ko'pincha 
jism oniy, kam hollarda ruhiy azob yetkazishga bo'lgan patologik mayl
5 - № 95
65


tushuniladi. Buning teskarisi, jinsiy sherigi to m onidan og‘riq va 
xo‘rlashlarni his qilishga bo'lgan intilish va mayl — mazoxizm deb 
nom lanadi. Jinsiy maylni ehtiros obyekti bilan bevosita yoki bilvosita 
bog‘liq bo‘lgan alohida buyumlar (kiyim, dastro‘mol va h.k.)ga ko'chishi, 
fetishizm deb nom lanadi. Yosh bolalarga bo ‘lgan patologik mayl, va 
uning bolalar tanasini jaro h atlash bilan kechishi pedofiliya deb 
nomlanadi; qariyalarga nisbatan jinsiy mayl — gerontofiliya; murdalarga 
nisbatan jinsiy mayl kuzatilishi — nekrofiliya deb nomlanadi. Yuqorida 
keltirilgan jinsiy mayl buzilishlari bilan tanishib chiqish, aw alo , sud 
psixiatrlari va yuristlar uchun m uhim , am m o boshqa tibbiy xodim lar 
ham ular haqida tasaw urlarga ega bo'lishlari zarur. Shuni aytib o ‘tish 
kerakki, yuqoridagi psixopatiya shakllari kam holatlarda yakka holda, 
izolatsiyalangan shaklda uchraydi. K o‘pincha fe’l-atvorning murakkab 
tizimli aralash anom aliyalari uchraydi va bu holda qaysi shakldagi 
psixopatiya haqida gap ketayotganligini aniqlash qiyin kechadi.
Asosan m a’lum bir psixopatik shaxsga tegishli bo'lgan psixopatik fe’l- 
atvor belgilarining nam oyon bo'lishi, ham ichki, ham tashqi ta ’sirlar 
natijasida ba’zida bu belgilar kamaysa, ba’zida o‘tkirlashadi. Qator holatlarda 
uzoq davomli noqulay hayot sharoitlarida psixopatik fe’l-atvor belgilari 
b o‘lgan shaxs 0 ‘zining n o to ‘g ‘ri hissiyotlari, fikrlari, intilishlarini 
quw atlash uchun ozuqa topgandek boMadi, ya’ni shaxsning patologik 
rivojlanishi yuzaga keladi. Bu holatlarda gap nafaqat fe’l-atvor anomaliyasi, 
balki ruhiy kasallik haqida ketadi, chunki o ‘z shaxsini yuqori baholashga 
moyilligi bo‘lgan shaxslarda buyuklik vasvasasi, rashkchi shaxslarda rashk 
vasvasasi va h.k. lar rivojlanishi mumkin. Bunday shaxsning patologik 
rivojlanishlari o ‘ta noqulay hayot sharoitlarida faqat psixopat shaxslarda 
emas, balki o ‘tmishda bosh miya organik jarohati o ‘tkazgan shaxslarda 
ham rivojlanishi mumkin.
Shaxsning patologik rivojlanishida, ba’zi bemorlarda vasvasa butunlay 
bemorni yutib yuboradi va sistemalashadi: bemor o'zini ta’qib qilayotgan 
odamlarni va nima uchun ta ’qib qilayotganliklarini «aniq biladi»; u 
«himoyalana» boshlaydi, turli yuqoridagi idoralarga shikoyat qiladi, aslida 
yo‘q bo‘lgan ta ’qibchilarga nisbatan chora ko‘rishlarini talab qiladi va h.k. 
Bemorni aqliy qobiliyati pasaygan bo ‘lsa-da, uni hech qanday yo‘l 
bilan noto‘g‘ri fikridan qaytarib bo‘lmaydi: vasvasa sistemasiga bog'liq 
bo‘lmagan barcha muammolarda bemor ongining aniqligini saqlab qoladi, 
m a’lum darajada produktiv m ehnat qilishi mumkin. Bunday bem orlar 
paranoiklar, kasallik esa paranoyya deb nomlanadi. Paranoiklar orasida 
nisbatan ko‘p hollarda alohida turdagi bem orlar uchraydi va ular 
«yozuvchilar», kverulyantlar deb nomlanadi. Bu shaxslar ko‘p yillar
66


davomida yetarli asos bo'lm agan holda, o'zlarining fikricha, buzilgan 
adolatni tiklash uchun chekinmasdan «kurashadilar». U lar turli idoralarga 
ko'plab shikoyatlar va arizalar yozadilar, ulaming iltimoslariga ko'ra turli 
kom issiyalar tuziladi, am m o ular hech q achon ko'rilg an ch ora- 
tadbirlardan qoniqmaydilar va «kurash»ni davom ettiradilar. K o'pincha 
«yozuvchilik» aslida bo'lmagan ixtirochilik munosabati bilan ham yuzaga 
keladi. Paranoyaning kechishi surunkalidir.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish