A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Nevrasteniyani davolash
bemorda konfliktli vaziyatga nisbatan adekvat 
munosabat hosil qilish maqsadida psixoterapevtik yondashuv va simptomatik 
ta ’sirlar birgalikda o'tkazilishi zarur. Bemorga uzoq davomli hordiq zarur, 
yashash sharoitni o'zgartirish tavsiya etiladi. Bemorni o'z kuchiga ishonishiga 
erishish, ijtimoiy, oilaviy muammolarini oqilona hal qilish yo'llarini 
to p ish g a y o rd am berish m u h im . M e d ik a m e n to z v o s ita la rd a n
trankvilizatorlar, ba’zida uyquni m e’yorga solish uchun — uyqu dorilari
58


qo'llaniladi. Vitaminoterapiya, turli um um quw atlovchi fizioterapevtik 
muolajalar ko'rsatma bo‘la oladi.
Isteriya ko'pincha ruhiy jarohatlovchi vaziyatga reaksiya sifatida isterik 
psixopatik fe’l-atvor belgilari bo'lgan shaxslarda rivojlanadi, ammo patologik 
xarakterologik xususiyatlari bo'lmagan shaxslarda ham rivojlanishi mumkin. 
Nevrozning bu turi ko'pincha ayollarda uchraydi. Isteriyaning klinik belgilari 
juda polim orf, shuning uchun u «buyuk riyokor» nom ini olgan. Isterik 
kelib chiqishga ega bo'lgan buzilishlar — og'riqlar, falajliklar, qusish 
holatlari, spazmlar, ko'rlik, karlik, tutqanoqlar va boshq. — tashqi 
ko'rinishi bilan boshqa somatik va ruhiy kasalliklaming simptomlaridan 
kam farqlanishi mumkin. Ammo bemorlarni batafsil tekshirish vaqtida, 
ularda hech qanday organik buzilishlar aniqlanm aydi. Ba’zida ruhiy 
jarohatlovchi vaziyat mazmunining u yoki bu isterik belgilar bilan 
bog'liqligini k o 'rish m um kin, ayniqsa, kasallik sim ptom i bem or 
kechinm alarining simvolik namoyon bo'lishi bilan bog'liq bo'lganda 
(masalan, isterik ko'rlik um r yo'ldoshining xiyonatiga reaksiya sifatida, 
bem or buni o 'z ko'zi bilan ko'rganda) kuzatiladi. Lokal buzilishlaiga 
bog'liq bo'lmagan holda isteriyali barcha bemorlar fe’l-atvorida kayfiyatning 
o'zgaruvchanligi, affektlarga moyiilik, teatrallik, namoyishkorlik xos. Ular 
har qanday vositalar: o 'z tashqi ko'rinishlari, so'zlashishda o'zini 
tutishlari, nigohlari, odatlari bilan o'zlarini atrofdagilar diqqat inarkaziga 
qo'yishga intiladilar. Shuningdek, o'zlarini yuqori baholashlari, boshqalarga 
o'xshamasliklarini ko'z-ko'z qilish, egoizm hosdir. Shu bilan birga, 
bemorlar o 'ta ishonuvchan, taqlid qilishga moyildirlar.
K o'pincha isteriyada tutqanoq xurujlari kuzatiladi va ular epileptik 
tutqanoqlam i eslatadi. Ammo bu kasallikning boshqa belgilari kabi, 
epileptik tutqanoqlardan farqlanib, konfliktli vaziyat bilan bog'liq holda 
yoki bem orga uni eslatilganda yuzaga keladi. Bem orlar o 'z xatti- 
harakatlarini m a’lum darajada idora etish qobiliyatlarini saqlab qoladilar. 
U lar yiqilganda o'zlariga epileptik tutqanoqlardagiga nisbatan kamroq 
jarohat yetkazadilar; tutqanoq kom ponentining yaqqolligi, davomiyligi 
atrofdagilarning unga e ’tibor berishi bilan bog'liq b o'ladi. Unga 
achinuvchi odam lar oldida tutqanoq uzoqroq davom etadi va aksincha.
Kasallikning bu xususiyatlari shu bilan tushuntiriladiki, bu yerda 
ongning butunlay yo'qolishi sodir bo'lmaydi. Shu sabab bilan bemorlarda 
pay va ko'z (shu qatorda qorachiq) retlekslari saqlangan. Bemorlarda har 
doim ham epileptik tutqanoqlarga xos bo'lgan tonik va klonik tirishishlaming 
yaqqol ketma-ketligi kuzatilavermaydi. Bemoriaming harakatlari xaotik 
yoki simvolik m a’noga ega — ular kiyimlarini yirtadilar, yuzlarini 
timaydilar yoki «ehtirosli pozalar»ni egallaydilar, qo'llarini qayiltiradilar
59


va h.k. Isterik tutqanoqdan so‘ng qisman xotiralar saqlanib qolishi mumkin. 
Tutqanoqlaming davomiyligi nisbatan uzoq. 0 ‘rta tibbiy xodimning muhim 
vazifasi — tutqanoq xurujlari kuzatuv kundaligida batafsil va aniq yozib 
borilishi zarur.
Isterik nevrozni davolashda psixoterapiya markaziy o ‘rin egallaydi va 
u bem orni real hayot sharoitlari adaptatsiyasiga yo‘naltirilgan bo'ladi. 
Shuni yodda tutish kerakki, isteriya — bu kasallik, va shuning uchun 
bem orning o ‘ziga xos xususiyatlari bilan b o g liq m azah qilish, tajang 
munosabat kabilarni yaxshi munosabat, og'ir bosiqlik va qat’iylik bilan 
yengib o ‘tish lozim. 0 ‘ta e’tiborlilik va mehribonlik ham tavsiya etilmaydi. 
Farmakologik vositalardan trankvilizatorlar ko‘p qo'llaniladi.
Yopishqoq holatlar nevrozi ko‘pincha psixastenik fe’l-atvor belgilari 
b o ‘lganda rivojlanadi, am m o anom al fe’l-atvor xususiyatlariga ega 
bolm agan kishilarda ham uchrashi mumkin. U juda xilma-xil yopishqoq 
belgilar — shubhalar, xavotirlar, fikrlar, q o ‘rquvlar, harakatlar va 
boshqalar bilan namoyon b o ‘ladi. K o‘pincha qo ‘rquvlar (fobiyalar) 
uchraydi: rak bilan kasallanib qolishdan q o ‘rqish (kanserofobiya), 
sifilisdan (sifilofobiya), yurak kasalliklaridan oMishdan (kardiofobiya), 
ochiq va yopiq joylardan, balandtikdan, o ‘tkir jism lardan qo'rqish 
holatlari va h.k. Fobiyalar ruhiy jarohatlovchi kechinmalar ta ’siri ostida 
yuzaga keladi va keyinchalik bem or ongida fiksatsiyalanadi. Analogik 
vaziyatning qaytarilishi va hatto u haqida eslatish ham yopishqoq 
qo'rquvlarni qaytalanishiga olib kelishi m umkin. Odatda, ular yaqqol 
vegetativ buzilishlar: ko‘p terlash, tremor, giperemiya, yurak ritmining 
buzilishi bilan kechadi. Kasallikka tanqid saqlangan holda, bemorlar, 
odatda, o ‘z qo'rquvlarining asossiz ekanligini tushunadilar, amm o u 
haqida o ‘ylamaslikka o'zlarini majbur qila olmaydilar. Boshqa fikrlar va 
mashg‘ulotlarga chalg‘ish ularga m a’lum darajada yengillik beradi. 
Yopishqoq holatlar nevrozi rivojlanish jarayonida bem orlar shakliga 
ko‘ra turlicha rituallar ishlab chiqadi va ular o‘ziga xos himoya reaksiyalari 
vazifasini bajaradi. Ko‘pincha tashqi tomondan ular tuturuqsiz va ma’nosiz 
harakatlardek ko'rinadi. M asalan, binodan chiqish oldidagi qo'rquvni 
yengish uchun, bem or devor bo'ylab bir necha m arta bitta oyoqda 
sakrashi va orqasi bilan eshikdan chiqishi (uning fikricha) zarur. 
K o 'p in ch a yopishqoq raq am larn i, h arflar, d era z a la rn i, piyoda 
yo'lovchilarni sanash va h.k. lar uchraydi.
Yopishqoq holatlar nevrozining davomiyligi turlicha bo‘ladi: bir necha 
oydan bir necha yilgacha.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish