Normal javob reaksiyasi ta ’sirlovchiga mos, unga ahamiyati, kuchi va
davomiyligi bo'yicha mutanosib bo'lishi kerak, ya’ni sog'lom insonning
nevrotik reaksiyalari. Lekin ayrim vaqtlarda ruhiy javob reaksiyasi noadekvat,
o'zgargan yo'nalishdagi yoki m e’yordan ortiq yaqqollik va faoliyat
ko'rinishidagi xastalik belgilari namoyon bo'ladi.
Patologik reaksiyalar
ko'pincha salomatlikni yo'qotishga javoban, ya’ni qandaydir somatik yoki
nevrologik kasallikning yuzaga kelish natijasida shakllanadi. Chunki istalgan
og'ir nuqson bemorning oilasi va hamkasblari bilan bo'lgan o'zaro
munosabati, ijtimoiy holatini o'zgartiradi. Bundan tashqari, kasallikka
bo'lgan reaksiya «kasallikning ichki ko'rinishi»ni o'zgartirib yuboradi.
«Kasallikning ichki ko'rinishi» — bu bemom ing o 'z
kasalligi, uning
rivojlanish mexanizmi va kelib chiqishi mumkin bo'lgan asoratlari
to'g'risidagi
tasaw urlari, shubha, qo'rquv, xavotirlaridir. Tibbiyot
xodimining kasbiy mahorati bemorga uning imkoniyatlari darajasida,
kasallik haqida to'g'ri tasaw ur paydo bo'lishiga
yordam berish, uni
yatrogeniyalardan (tibbiyot xodimining noto'g'ri so'zi yoki harakatiga
nisbatan patologik reaksiya) himoya qilish va kasallikka nisbatan patologik
reaksiya rivojlanishini oldini olishda namoyon bo'ladi.
Ruhiy kasalliklarning sababi faqatgina somatik emas,
balki ruhiy
noxush omillar ham bo'lishi mumkin. Bunday hollarda psixogeniyalar
haqida so'z yuritiladi. Og'ir ruhiy shikastlovchi om illar ta ’sirida kelib
chiqqan emotsional taranglik insonning ruhiy faoliyatini buzadi. Ayrim
holatlarda ruhiy jarohat og'ir ruhiy ta’sirlanishni chaqiradi, boshqa hollarda
esa u nim o'tkir va og'ir, lekin ruhiyatni shikastlab, surunkali emotsional
taranglikka olib keladi va kasalliklar psixotik holatlar (reaktiv psixozlar)
va nevrotik holatlar (nevrozlar) ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Oxirgi
yillarda kelib chiqishida salbiy emotsional kechinmalar asosiy rol o'ynovchi
kasalliklar ajratilmoqda. Bu holatlarda «psixosomatik kasalliklar» —
gipertoniyakasalligi, yurak ishemik kasalligi, qandli diabet,
bronxial
astma, oshqozon yara kasalligi va h.k. lar haqida gapiriladi.
Ruhiy kasalliklar tasnifiga turli nuqtayi nazarlardan yondashish
mumkin. Agar mhiy kasalliklarga etiologiyasi (kelib chiqishi) jihatidan
qaraladigan bo'lsa, unda shartli ravishda quyidagi guruhlar ajratiladi:
I. Psixogen ruhiy kasalliklar, ulaming kelib chiqishida ruhiy shikast
lovchi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. (reaktiv holatlar, nevrozlar)
II. Ekzogen ruhiy kasalliklar, ularning kelib chiqishidagi asosiy rol
tashqi muhitning zararli omillariga tegishli (infeksion,
intoksikatsion,
travmatik, somatogen va h.k.)
52