VI. RUHIY BEMORLARNING HAMSHIRALIK TA SH H ISO TI-
HAMSHIRALIK JARAYONINING II BO SQ ICH I SIFATIDA
Zam onaviy tasaw urda, tibbiyot yordam ining sifati — bu xizm atlar
tavsiflarining yig'indisi bo'lib, faqatgina texnologik standartlar va bemorlar
talablariga mos kelmasdan, balki tibbiy yordamning yashirin ehtiyojlarini
ham t a ’minlaydi. Sog'liqni saqlash sohasida sifat tushunchasi endigina
kundalik hayotga kirib kelmoqda. Tibbiy yordam ko'rsatish tarm oq
standartlari tobora keng tatbiq etilmoqda, shu qatorda psixiatriyada ham.
Standartlar tibbiy xizmatlarning bajarilish sifati va to'laqonliligini baholash
uchun asos hisoblanadi.
Bo'lim da hamshiralik parvarishi BDSST Ustavi (1946) va Butun
D unyo ham shiralar kengashining Etik Kodeksi (1973), konseptual
m odeliga asoslangan. V.Xenderson va boshqa tibbiy hujjatlarida ruhiy
bemorlardagi asosiy m uam m olar bo'yicha amaliy faoliyat standartlari
ishlab chiqilgan.
S og'liqni saqlash am aliyotiga ham shiralik ishining zam onaviy
konsepsiyalarini tatbiq etilishi natijasida hamshiralik tarixnom alari va
hamshiralik tashxislari paydo bo'lmoqda. Psixiatriyada hamshiralik tashxisi,
tibbiyotning boshqa yo'nalishlari kabi, bem om ing patologik jarayonga
nisbatan tashqi javob reaksiyasini va insonni qoniqtiruvchi asosiy ehtiyojlar
buzilishini tasvirlashdan iborat.
Hamshiralik tashxisi,
shifokorlarnikidan farqli, bir necha m arta
o'zgarishi m um kin va hamshiralik vazifasi chegarasidan tashqariga
chiqmaydi. U uch tarkibdan tashkil topadi: m uam m oning nom lanishi,
uning etiologiyasi va ko'rinishlarning xarakterli belgilari.
- M uam m oning nom lanishi bemor holatini qisqacha yoritib beradi.
Masalan: «emotsional noturg'unlik» yoki «bezovtalik», «uyqu buzilishi»
yoki «yetarlicha ovqatlanmaslik» va h.k.
- M uammoning etiologiyasi uning kelib chiqish sabablarini aniqlaydi,
hamshiralik aralashuviga yo'nalish ko'rsatib, xavf om ilini hisobga olib,
bemorlarga individual yordam ko'rsatish imkoniyatini beradi. Masalan:
«Zaharlanishdan qo'rqish sababli yetarlicha ovqatlanmaslik», «ta’qib qilish
vasvasalari tufayli kelib chiqqan bezovtalik», «depressiya natijasida o'ziga
nisbatan kuch ishlatish xavft» va x.k
- M uamm oning xarakterli belgilari — bu hamshiralik tashxisi asosini
tashkil etadigan simptomokompleksdir. Masalan: «Zaharlanishdan qo'rqish
sababli yetarlicha ovqatlanmaslik, ovqatdan bosh tortish dalolat beradi»,
yoki «depressiya tufayli o'zini o'ldirish xavfi, g'am gin kayfiyat va
gunohkorlik hissi bundan guvohlik beradi» va h.k.
4 5
Tibbiyot hamshirasi bemorning ruhiy holatini baholashda asosiy
diqqatni muloqot o'rnatish, subyektiv va obyektiv m a’lumotlar yig'ishga
qaratishi lozim (hamshiralik jarayonining I bosqichi). So‘ngra II bosqichga
- hamshiralik tashxisini qo ‘yishga, uning uch asosiy tarkibiga e ’tibor
bergan holda, (m uam m oning nom lan ish i, un ing etiologiyasi va
ko‘rinishlaming xarakterli belgilari) o'tiladi. O'ziga xos belgilami nomlashda
kasallik simptomlari sanab o'tiladi. Masalan: «bosh miyaning travmatik
shikastlanishi oqibatida, moMjalning buzilishi bilan nam oyon bo‘lgan
ong anglashilmovchiliklari».
Bemorning muammolari fiziologik, psixologik, madaniy va potensial
(agar maxsus choralar ko'rilmasa) kabi turlarga bo'linadi.
Psixiatrik muassasalarbemorlari orasida keng tarqalgan muammolaiga
quyidagilar kiradi:
1)
fiziologik:
yetarlicha bo‘lmagan yoki ko‘p ovqatlanish, ichak
atoniyasi, teri qoplamlari butunligining buzilishi, nutq buzilishi, shaxsiy
gigiyenaning yetishm asligi, jism oniy faollikning pasayishi, hara-
katchanlikning chegaralanishi, nafas yo'llarining samarasiz tozalanishi
va h.k.
2)
psixologik:
bezovtalik, idrok buzilishi, bilimlaming yetishmasligi,
emotsional turg‘unsizlik, ong chalkashishi, xotira va oriyentatsiyaning
buzilishi, holsizlik, diqqatni jamlash qiyinligi va h.k.
3)
ijtimoiy:
moslanuvchanlikni buzilishi, yetarlicha aloqalam ing
yo‘qligi va h.k
4)
madaniy:
o'ziga e’tibor berish istagining yetishmasligi, o ‘ziga
xizmat ko'rsatishning qobiliyatining chegaralanganligi, ijtimoiy noloyiq
va nomuvofiq xulq (masxarabozlik, jamiyatdan yiroqlashish).
5)
potensial:
o'ziga nisbatan zo‘ravonlik xavfi borligi, tutqanoq xurujlar
yuzaga kelish xavfi, agressiv harakatlar yoki disforiyalar paydo bo’lishi
xavfi va h.k.
Ruhiy kasalliklardagi yuzaga keladigan ehtiyoj buzilishlari
I.Fiziologik ehtiyojlarning buzilishi
1. Nafas olishning buzilishi:
- vegetativ-qon-tomir krizisi vaqtidagi hansirash
2. Ovqatlanishning buzilishi:
- qayt qilish,
- semirish,
- ozib ketish.
4 6
3. Ajratishning buzilishi:
- enurez,
- qabziyat.
4. Harakat buzilishlari:
- qo'zg'aluvchanlik:
psixomotor;
katatonik;
depressiv;
maniakal.
- stupor:
katatonik;
depressiv.
- isterik buzilishlar:
parezlar;
paralichlar;
harakat koordinatsiyasining buzilishlari.
- talvasalar:
epileptiform,
isterik.
5. Uyqu buzilishlari:
- uyqusizlik;
- yuzaki uyqu;
- uyquga ketishning buzilishi;
- yuqori uyquchanlik.
6. Mayl buzilishlari:
- seksual;
- kleptomaniya;
- dromomaniya;
- piromaniya.
7. Qulaylikning (komfortning) buzilishlari:
- o 'tk ir og'riq;
- surunkali og'riq;
- senestopatiyalar;
- giperesteziya;
- bosh aylanishi;
- mimikaning buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |