136
yevropa irqining janubiy variantiga yakutlar,
mongoloid, chuvashlar ural irq tipiga
mansub. Melaneziyaliklar, malayziyaliklar, polineziyaliklar antropologik tipi bo‘yi-
cha farqlansalar ham malay – polineziyaliklar til guruhiga kiradi. Shunga o‘xshash
dalillar til bilan irq o‘rtasida sababli bog‘lanish yo‘qligini ko‘rsatadi. Ba‘zi holatlarda
til bilan irq o‘rtasida tarixan bog‘lanish bo‘ladi. Til bilan irq o‘rtasida
tarixan
bog‘lanish har xil shakllarini o‘rganish natijasida tubandagi xulosalarga kelish
mumkin:
1. Til va madaniyat antropologik tiplarni aralashmasi bo‘lmasa ham tarqalishi
mumkin. Lekin antropologik tipi ma‘lum madaniyat tilni tashimasdan tarqala
olmaydi.
2. Antropologik dalillar u yoki bu xalqning tarkibidagi irqlarni aniqlashda muhim
rol o‗ynaydi.
3. Antropologik tarkib bo‗yicha bir xil aholining
har-xil tilda gaplashadigan
guruhlarga ajratilsa, tarixiy jarayonda ularning umumiyligini ko‘ramiz.
4. Xalqlarni tarixiy - madaniy klassifikatsiya qilishda ikkita prinsipni farqlash
lozim.
A) xo‘jalik - madaniy formasi bilan klassifikatsiyalash (Masalan: serktik dengiz
oldi ovchilar, tundra kiyik boquvchilar ko‘chmanchi chorvadorlar);
V) tarixiy etnograf shoxobchasi bo‘yicha
klassifikatsiyalash, ya‘ni xalqlarning
tarixiy taqdirining birligi uzoq vaqtdan beri ularni o‘zaro aloqasi, ta‘siri bo‘yicha
klassifiqatsiyalash).
5. Irqlar muammosini hal etish tarixiy etnografik klassifikatsiyalash xo‘jalik
madaniy klassifikatsiyaga nisbatan katta ahamiyatga ega.
6. Antropologik tiplarning chegarasi tarixiy - etnografik oblasti, xo‘jalik, madaniy
tiplar chegara nisbatiga mosdir.
Irq bilan millatni farqlash kerak. Odamlarni tili, yashash hududi, iqtisodiyoti,
hayot kechirish tarzi va ruhiyatining umumiyligi bilan millatga ajratiladi.
Irq esa ma‘lum geografik hudud bilan aloqador bo‘lgan odamlarning
antropologik tipi sanaladi. Bir millat ichida irsiy belgilar turli variantlarda
uchraydi. Masalan, Andijon aholisining ko‘pchiligi mongoloid, Farg‘ona,
137
Toshkentda yashovchi o‘zbeklarning ko‘pchiligi
yevropoid irq tipiga mansub
belgilarni o‘zida namoyon qiladi. Til bilan irq o‘rtasida hech qanday bog‘lanish
bo‘lmaydi.
Masalan, MDH davlatlarining turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlari orasida
azarbayjonlar janubiy yevpopoid, yakutlar, mongoloid irqiga mansubdir.
Bir irq
doirasida turli tilda so‘zlashuvchi odamlar bo‘ladi. Masalan, yevropoid irqidagi
fransuz, nemis, polyak kabi millatlar boshqa tillarda gaplashadilar.
Til va madaniyat irqiy belgilari migratsiya irqiy komponentlarni tashib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: