A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Irqlarning hosil bo’lishi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Irqlarning hosil bo’lishi
Irqiy tiplarning shakllanishida tubandagi omillar muhim rol o‘ynagan: 
1) belgilarning paydo bo‘lishi; 
2) belgilarning turg‘un bo‘lishi va aholida saqlanishi; 
3) hududga belgilarning tarqalishi; 
4) belgilarning har xil birikishda hosil bo‘lishi. 
5)
belgilarni o‘zgarish qonuniyatlari va ta‘snifi 
Irq hosil bo‘lish omillarining taxlil qilishda odamlarga hos yashash tarzi (jamoa 
bo‘lib) yashash e‘tiborga olinishi kerak. 
Belgilarning paydo bo’lishi. 
Odamdagi belgilarning yangi mutatsiya tufayli paydo bo‘lganligini aniq aytish 
juda qiyin. Mutatsiyaning tez tarqalishini aniqlovchi bilvosita usullar bor. Masalan, 
Xolden hisobiga ko‘ra 50 ming odamdan bittasida gemofiliya aniqlangan. 
 
Irq hosil bo‘lishida aholining har xil guruhlarida o‘xshash mutatsiyalar bir- 
biridan mustaqil hosil bo‘lishi aniqlangan. Albinizm, qisqa barmoq, pakanalik kabi 
belgilar har xil irqlarda mustaqil paydo bo‘lishi o‘rganilgan. Normal belgilar, 
qo‘ng‘ir soch belgisi ham har xil irqlada o‘rganilgan. Irqiy belgilarining o‘zgarishi 
ham diqqatga sazovordir. Masalan, Afrika pakana odamlarida havorang ko‘zli, 
niderlandiya odamlarida sochlar spiral shaklda o‘ralganligi. Sochning spiral shaklda 
bo‘lishi Afrika negrlarida va meksikaliklarda, burunning cheti oldinga chiqqanligi 
popuas va Shimoliy Amerika indeyslarida hamda yevropaliklarda bir-biridan 
mustaqil holda paydo bo‘lgan. 
Belgilarni
ng
 mustahkamlanishi 
O‘simlik, hayvonlarda yangi belgilarning turg‘un holatga o‘tishi saqlanishi 
va boshqa individlarga tarqalishi tabiiy tanlanish, ya‘ni shu muhitda, shu belgiga ega 
formalarning yashab qolishi bilan belgilanadi. Odamlar evolyutsiyasida tabiiy 


132 
tanlanish organik olamdagiga o‘xshab katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Bu holat 
odam geografik muhit bilan bevosita aloqada bo‘lmasligi, balki ijtimoiy muhit va 
madaniyat tufayli ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan aloqada bo‘ladi.
Jamoa odamlarining o‘zaro aloqasi biologik qonuniyatlar asosida emas, balki 
ijtimoiy qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Raqobat, urush bilan xalqlarni qirib 
tashlashni tabiiy tanlanish formasi sifatida talqin etish haqiqiy holatni buzib 
ko‘rsatishdir. Agar katta irqlarning paydo bo‘lishini ilk davrlariga e‘tibor qilinsa, u 
holda geografik muhitining rolini ba‘zilar inkor etishi mumkin emas. Negr, 
Habashiston, Indoneziya, Avstraliya, Janubiy Mongoliya irqlari shimoldagi odamlar-
ga nisbatan terisining qoraligi, tropik mintaqadagi quyoshning ultrabinafsha 
nurlarining kuchli ta‘siri natijasida paydo bo‘lib, moslanish xossasiga ega bo‘lgan. 
Negrlarga ter, yog‘ bezlarining qachonlardir oq tanlilarga qaraganda moslanishi 
ahamiyatiga ega bo‘lgan. Shimoliy o‘lkalardagi odamlarning boldir suyaklarining 
tropik zonadagi odamlarning boldir, son suyaklariga karaganda kaltaligi qattiq 
sovuqda oyoq suyaklari uzunligi qulay emasligidan dalolat beradi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish