A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


§ .Antropologiya fanining maqsadi va vazifalari, antropogenez



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

§
.Antropologiya fanining maqsadi va vazifalari, antropogenez, 
etnogenez.
 
Tayanch iboralar va tushunchalar: 
Antropologiyaning maqsad va 
vazifalari, antropologiyaning rivojlanish tarixi, qazilma holdagi organizmlar, 
odam paydo bo„lishi haqidagi qarashlar. Antropologiyaning shoxobchalari. 
arxeologiya, etnogenez, primatologiya 
 
Antropologiya yunon tilidan olingan bolib 
antropoe
– odam, 
logos
– fan 
ya‗ni odam to‗g‗risidagi fan degan ma‘noni anglatadi. Mazkur atama tabiat-
shunoslik faniga eramizdan oldin yashagan yunon olimi Aristotel tomonidan 
kiritilgan. Olim antropologiya atamasi ostida faqat odamning ruxiy faoliyatini 
tushungan. Odamning jismoniy tuzilishi bilan aloqador ravishda antropologiya 
atamasini 1501-yilda tabiatshunos olim Magnus Xundt o‗zining ―Odam tanasining 
qismlari, tuzilishi, tabiati xossalari‖ deb nomlangan asarida ishlatgan. 1594-yilda 
Kasmannin ―Antropologik psixologiya yoki jon haqida‖ asarini nashr ettirdi. So‗ng 
mazkur asarning ―Odamning tana tuzilishi metodik tasvirda‖ deb nomlangan 
ikkinchi qismi chop etildi. Shunday qilib, G‗arbiy Yevropada antropologiya 
atamasi ostida bir tomondan odam tanasining tuzilishi, ikkinchi tomondan odam 
joni tushunilgan. 
Nemis faylasuflaridan E.Kalet antropologiya atamasi bilan odam psixo-
logiyasini sharhlagan. 
XIX asrdan to hozirga qadar Angliya, Amerika, Fransiyada antropologiya 
iborasi ostida, birinchidan, odamning tana tuzilishi, ikkinchidan, xalqlar mada-
niyati, turmush tarzi tushuniladi. 
Hozirgi davr tabiatshunosligida antropologiya, etnografiya, arxeologiya 
atamalari yonma - yon ishlatiladi. 
Antropologiya atamasi miloddan avvalgi asrlarda paydo bo‘lishiga qaramay, 
bu atama ostida fan faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllangan. 
Lekin hanuzgacha uning fanlar sistemasidagi o‘rni noaniq bo‘lib kelmoqda. Bir 
gurux olimlar xususan rossiyaliklar antropolpgiyani biologik fanlar sistemasiga 



kiritadilar. Boshqa gurux olimlar esa uni gumanitar yoki ijtimoiy fan deb 
hisoblaydilar. 
Odamning kelib chiqishi, turli tumanligi haqidagi bilimlar antik dunyodan 
boshlangan bo‘lsada, XIX asrning ikkinchi yaqrmida bu sohada juda ko‘p 
ma‘lumotlar to‘plandi. Chunonchi odamning qadimgi maymunlarning ikki oyoqlab 
yurishi natijasida odam paydo bo‘lganligi to‘g‘risida J.B.Lamark va Ch. Darvin 
qarashlari, Yava orolida odam bilan maymun belgilarining o‘zida mujassam qilgan 
pitekantrop – maymun odam skeleti Ye. Dyubua tomonidan topilishi va Shunga 
o‘xshash dalillar odam haqida aloxida fan – antropologiyani shakllanishi uchun 
asos bo‘ldi. 
Antropologiya tabiatshunoslikning aloxida tarmog‘i bo‘lib, qadimgi va 
xozirgi odamlarning kelib chiqishi, irqlarning paydo bo‘lishini tadqiq qiladi. 
Antropologiyaning tadqiqot ob‘ekti odam bo‘lsada, u entomologiya 
hasharotlarni, ornitologiya qushlarni o‘rgangandek yo‘l tutmaydi. Antropologiyani 
asosiy vazifasi qanday qilib qadimgi maymunlar asta – sekinlik bilan odamga 
aylanganligini, boshqacha aytganda biologik qonuniyatlarni ijtimoiy qonunlarga 
aylanganligini tadqiq qilishdan iborat. Biologik fanlar tizimida antropologiya 
aloxida o‘ringa ega. Chunki antropologiya faqat biologik fanlar bilan bir qatorda 
tarixiy ijtimoiy fanlar bilan ham uzviy aloqador. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish