A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Antropologiya fanining rivojlanish tarixi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Antropologiya fanining rivojlanish tarixi. 
Odamning tabiatdagi o‘rni, 
uning kelib chiqishi bilan bog‘liq tushunchalar juda qadim zamonlardan boshlab 
to‘plana borgan. 
Yovvoyi yarim yovvoyi odamlar o‘zlarini ayrim sut emizuvchi hayvonlar 
ayiq, bo‘ri va boshqalarning avlodi deb tushunganlar. Odamning paydo bo‘lishi 
haqida to‘xtab Yunoniston faylasufi Anaksimandr (610-546 eramizgacha) odam 
hayvonlarning bir necha bor o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lgan, degan g‗oyani 
ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo 
bo‗lishini hayvonlarga bog‗laydilar. Eramizdan oldingi davrlarda tabiatshunos 
olimlar odam tana tuzilishi yuksak hayvonlarga o‘xshashligini qayd etish bilan 
birga ular orasidagi tafovutga ham to‘xtalgan. Chunonchi Anaksagar (500-425 



eramizgacha), Sokrat (469-399 yil eramizgacha) odam qo‘llari bilan hayvonlardan 
farq qiladi degan fikrni ilgari surganlar. Antik dunyoning yirik olimi Aristotel 
Anaksogar va Sokratga e‘tiroz bildirib odam faqat qo‘li borligi uchun 
hayvonlardan yuqorida turmaydi, balki aql-idroki bilan ulardan keskin farqlanadi 
degan. 
Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antro-
pologiya sohasidagi xizmati beqiyos. ―Narsalar tabiati‖ deb nomlangan asarida u 
organik olam shu qatori odamning tabiiy ravishda paydo bo‗lishini bayon etadi. 
Yovvoyi qabilalardan boshlab to hozirgi davrgacha odam madaniyatini qanday 
paydo bo‘lganligini tavsiflab bergan.
Odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi fikr ajdodlarimizni qadimgi 
davrlardan boshlab qiziqtirib kelgan va bu to‘g‘risida turlicha mulohazalar o‘rtaga 
tashlangan. Chunonchi qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida 
loydan yasagan degan fikr keng tarqalgan. Eramizdan oldingi VII - III asrlarda 
Sharqiy O‗rta Yer dengizi atrofida ibtidoiy jamoa parchalanib, quldorlik jamoasi 
paydo bo‗ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji odamlar orasidagi yangicha 
munosabatlarning vujudga kelishiga hamda odamlar ongining o‗sishiga olib keladi. 
Olam, undagi qonuniyatlar haqidagi fan – falsafa paydo bo‗ladi. Faylasuflardan 
Anaksimandr (610-546 eramizgacha) tabiatning boshlanishi haqida to‗xtalib, odam 
hayvonlarning bir necha bor o‗zgarishi natijasida paydo bo‗lgan, degan g‗oyani 
ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo 
bo‗lishini hayvonlarga bog‗laydilar. Odam haqidagi bilimlar faylasuflar bilan 
birgalikda tabiatshunoslarning kuzatishlari tufayli ham paydo bo‗ladi. Uy 
hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni kuzatish natijasida odamning tabiatdagi o‗rni 
belgilandi. 
Hayvonlar irsiyatini hamda odamlardagi kasalliklarni o‗rganish ayrim 
organlarning funksiya ta‘sirida o‗zgarishi haqidagi bilimlarning to‗planishiga olib 
keldi. 
Shuni aytish joizki, anatomik bilimlar yunon olimlarining qarashlaridan 
ancha oldin paydo bo‗lgan. Qadimgi Misrda o‗lgan odamlarning tanasi chirib 



qolmasligi uchun mumiyolash ma‘lum ma‘noda odam tana tuzilishini bilishni 
taqazo etardi. Odam skeletini chizishni ham anatomiya bilan bog‗liq holda hal 
qilish kerak edi. 
Eramizdan 500yil avval Kratonskiy hayvonlar tanasini yorib bir necha 
kashfiyotlar qildi. Gippokrat (460-356) odam organizmiga iqlimnng ta‘sirini 
o‗rgandi. U odam tanasidagi qon, safro shilimshiqqa qarab temperamentni aniqlash 
haqidagi ta‘limotni yaratdi. Odamda qonning ko‗p bo‗lishi sangivinik, sariq 
safroning ko‗p bo‗lishi xolerik, qora safroning ko‗p bo‗lishi melanxolik, 
shilimshiqning ko‗p bo‗lishi esa flegmatiklarga xos ekanligini ta‘kidladi. 
Geradot (454-406) Don, Volga daryosi bo‗ylab sayohat qilib, turli qabila va 
irqlarning tashqi qiyofasini tasvirlab berdi. 
Odamni o‗rganish Aristotel falsafasida (354-322) o‗zining eng yuksak 
cho‗qqisiga ko‗tarildi. U o‗zining ―Hayvonlar tarixi‖, ―Hayvonlarning tana qismi‖, 
―Hayvonlarning kelib chiqishi‖ kabi asarlarida odamning organik olamdagi o‗rni 
haqida mulohaza yuritadi. U odam aqlli mavjudot bo‗lishida faqat qo‗li emas, balki 
ko‗p turli sabablar ham ta‘sir etganligini aytib o‗tadi.
Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) 
antropologiya sohasidagi xizmati beqiyos. U organik olam, odamning tabiiy 
ravishda paydo bo‗lishini ―Narsalar tabiati‖ deb nomlangan asarida bayon etadi. 
Yevropada xristian dinining paydo bo‗lishi bilan tabiiy bilimlar uzoq vaqt 
inqirozga uchradi. 
O‗rta asrlarda bu vaqtda Abu Ali ibn Sino, Beruniylar odam tanasining 
tuzilishini o‗rganish bo‗yicha bir qancha kashfiyotlar qildilar. ibn Sinoning 5 
jildlik ―Tib qonunlari‖asari shular jumlasidandir. Asarining birinchi jildida odam 
tanasining tuzilishi va funksiyalari, qaddi qomati haqida so‗z yuritiladi. 
Uyg‗onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi odamning tana 
tuzilishini, suyaklar va muskullar rasmini chizib, odam va maymun qo‗llarini 
taqqoslagan. Odam tana tuzilishini o‗rganishda Andreas Vezaliy (1514-1504)ning 
xizmatlari nihoyatda katta. U odam tanasini yorib, organlar tuzilishini o‗rgangan. 



Garvey (1978-1667) qon aylanish doirasini kashf etdi. Yurak va qon 
aylanish doirasining tuzilishini to‗g‗ri tasvirlab berdi. 
Odam irqlari haqidagi bilimlarning paydo bo‗lishida geografik sayohatlar 
muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Xristofor Kolumb, Vaska da Gama, Magellan dunyo bo‗ylab sayohat qilib, 
odamlarning irqlari haqidagi dastlabki ma‘lumotlarni to‗plashdi. 
Dastlabki odamlar hayvonlardan paydo bo‘lganligini Abu Nasr Farobiy 
qayd qilgan. Abu Rayhon Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va 
axloqining turlicha bo‗lishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab turgan muhit 
sharoitiga bog‗liq, deydi. Bugina emas hatto ayrim din targ‘ibotchilari ham 
Shunday fikrda bo‘lganlar. Masalan XVIII asrda yashagan shayx Aziziddin 
Nasafiy o‘zining Zubdat ul xaqqayiq-xaqiqatlar qaymog‘i nomli risolasida ―inson 
koinotning kichray-tirilgani, insonda barcha iloxiy va moddiy olamlarning xislati 
jamuljam‖, ―odam hayvon bilan o‘xshashdir ya‘ni odam o‘simlik ruxi, hayvon 
ruxi, jon ruxi bo‘yicha hayvonlarga monandir‖. ―Inson hayvon turlaridan biridir‖ . 
Magellan 
dengizchilari 
Afrika 
qirg‘oqlarida dastlab maymunlarni 
uchratganlarida ularning tashqi qiyofasi, ko‘p hatti- harakatlari odamlarga o‘xshash 
ekanligini ko‘rib hayron qolganlar. Keyinchalik maymunlar va odamlar orasida 
juda ko‗p o‗xshashlik borligi ayon bo‗la boshladi. 
O‘simlik va hayvonlar sun‘iy sistemasini yaratgan Karl Linney odamning 
xudo yaratganligiga to‘liq ishonsa ham, biroq primatlar turkumini ajratgan va unga 
maymunlar bilan birga odamlarni ham kiritgan. Bu haqda to‘xtab K. Linneyning 
afsuslanib ―Oh maymundek jirkanch bir maxluq bizga o‘xshasa‖ degan nolasini 
eslab o‘tish o‘rinlidir. 
Fan tarixida odamning tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanligini birinchi bo‘lib 
aytgan va uni isbotlashga uringan mashhur Fransuz olimi Jan Batist Lamark 
xisoblanadi. U dastlabki odamlar daraxtlardagi shoxdan – shoxga ko‘chib yuruvchi 
maymunlarning yerda yurishga o‘tgan ajdodlaridan kelib chiqqan degan fikrni 
quvatlagan. Lamark uqtirishicha maymunlarning tik xolda yurishga o‘tishi 
tananing o‘zgarishiga va to‘g‘rilanishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib hayot 



kechirish esa nutqni rivojlantirgan. Odamning paydo bo‘lishini Lamark 
organizmlar muxitning o‘zgarishi, maymunlarning talab istagini o‘zgarishi 
organlarning mashq qilish va qilmasligi bilan tushuntirgan. 
Odamning paydo bo‘lishi muammosini hal etishda evolyutsion ta‘limotning 
asoschisi Ch.Darvinning 1859 yil nashr qilingan ―Turlarning kelib chiqishi‖ asari 
muxim o‘rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning harakatlantiruvchi 
omillari bo‘lmish, irsiy o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish 
g‘oyasi yaqin o‘rtada odamga ham tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib 
qolmay, 1871 yili maxsus ―Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish‖ asarini 
nashr ettirgan. Darvin ushbu asarida Yer yuzida odamning paydo bo‘lishi tasodifiy 
xodisa bo‘lmay balki hayvonot dunyosining million yillar davom etgan tarixiy 
taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan. U odamlarni hayvonlarga 
o‘xshashligini solishtirma anatomiya, morfologiya, embriologiya, paleontologiya, 
biogeografiya dalillariga tayangan xolda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin 
dastlabki odamlar kaynazoy erasining uchlamchi davrida yashab so‘ng qirilib 
ketgan maymunlardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin degan. 
Darvin yashagan davrda odam hayvonlardan xususan maymunlardan kelib 
chiqqanligini isbotlovchi paleontologik dalillar nihoyatda kam edi. XIX asrning 
oxirlari va XX asrga kelib tik yuruvchi maymunlar maymun bilan odam o‘rtasidagi 
oraliq formalar yoki arxantroplar, paleontroplar, neontroplarning suyak qoldiqlari 
ko‘plab topildi. Bu esa bir tomondan odamning kelib chiqishi tarixini 
aniqlashtirishda, ikkinchi tomondan antropologiyani fan sifatida shakllanishida 
nihoyatda muxim ahamiyat kasb etdi.
1859- yili Parijda Antropologik ilmiy jamiyat tuzildi va Antropologik muzey 
tashkil etildi. Antropologik jamiyat 1963-yili Londonda, 1964-yili esa Moskvada, 
Shuningdek, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi. 
Xususan XX asrning 20 yillarida O‘rta Osiyo Davlat Universitetini biologiya 
fakultetida antropologiya kafedrasi va muzeyi tashkil etiladi. Kafedra mudiri prof. 
L.V. Oshanin va uning shogirdi V.Ya.Zizenkova talabalarga antropologiya 
bo‘yicha ma‘ruza o‘qish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish bilan birgalikda 


10 
O‘rta Osiyo xalqlaring irqiy tafovutlarini tatqiq qila boshlaydilar. Keyinchalik bu 
soha dotsent Q. Najimov va boshqalar tomonidan davom ettirildi. 
Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida 1935 yil 
Surxondaryo viloyatining Boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘oridan neandertal 
bolaning, 1950 yillarda Farg‘ona vodiysi xududida Chashma, So‘x, Seleng‘ur, 
Toshsan manzilgoxlarida 1.5 yarim million yillar oldin yashagan eng qadimgi 
odamlarni (Nomo erektus - tik yuruvchi) odamining suyak qoldiqlari 2003 yili 
Toshkentdan 100km uzoqdagi Obi Raxmat g‘oridan 50ming yil muqaddam 
yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Xozirgi vaqtda ham Respublika 
Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti O‘rta Osiyo Davlat 
Universitetining arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O‘zbekistonning 
turli xududlarida arxeologik, antropologik tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Boshqa mamlakatlar qatori respublikamizda ham odamning qadimgi 
vakillarini o‗rganish bo‗yicha paleoantropologiya, qadimiy ashyoviy yodgorliklar 
bilan arxeologiya fani shug‗ullanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida 
Markaziy Osiyo mintaqasi odamning shakllanish markazlaridan biri bo‗lganligini 
ko‗rsatadi.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish