A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

 
 
 
 
 
 
 


15 
I-BOB. XUSUSIY MORFOLOGIYA 
2§. Odamning anatomik va fiziologik xususiyatlarini solishtirma 
o‘rganish 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
teri tuzilishi, sochlar, ularning 
reduktsiyasi, kaft, tovondagi egatchalar, papilyar chiziqlar, teri rangi, odam 
tanasining bo‟yi va og‟irligi, yoshga qarab bo‟yining o‟sishi. 
Teri
. Odam tanasi teri bilan qoplangan. Katta odam terisini umumiy satxi 
1.5-2 m
2
ga teng. Teri ikki qismdan: tashqi epiteliy qavat – epidermis va ostki 
biriktiruvchi to‘qimalardan tashkil topgan. Teri himoya, moddalar almashinuvi – 
ayirish, gaz almashinish, sezish, haroratni saqlash funktsiyalarini boshqaradi. 
Terida yog‘, ter bezlari bo‘ladi. 1sm
3
terida 40 ta ter bezlari joylashadi. Jinsiy 
yetilish davrida odamning qo‘ltiq osti, jinsiy organlari yuzasida hid ajratuvchi 
bezlar ham taraqqiy qiladi. Mazkur bezlar hayvonlarning hid orqali bir-biriga jalb 
qiladigan bezning qoldig‘i xisoblanadi. Terida soch bo‘lib uning o‘zagi-piyozi chin 
teri xaltachalarida joylashgan. Odamdagi soch qatlami uch guruxga bo‘linsada 
birlamchi soch qatlami xomilaning to‘rt oyligida rivojlanadi. Bola tug‘ilishi 
oldidan mayin sochlar to‘kilib uning o‘rniga ikkilamchi soch qatlami taraqqiy 
qiladi. Boshdagi sochlar, qoshlar, kipriklar badandagi yunglar ikkilamchi soch 
qatlamiga kiradi. Uchlamchi soch qatlami deganda, erkaklardagi soqol, mo‘ylov, 
jinsiy organlar yuzasida, qo‘ltiq ostida paydo bo‘lgan yunglarni tushunish kerak 
Odam tanasidagi sochlarga o‘xshash yunglar maymunlarning har xil 
turlarida ham uchraydi. Jinsiy organlar, qo‘ltiq osti, teri yuzasida g‘ayri tabiiy 
sochlar uchraydi. Qo‘ltiq ostidagi sochlar tutami ba‘zi shimpanzelarda, soqol esa 
tor burunlilarda qisman keng burunli maymunlarda kuzatiladi. Maymunlar 
sochidan farqli ravishda odamlar tanasidagi sochlar siyrak va kalta. 
Odam terisidagi soch reduktsiyasini Ch.Darvin jinsiy tanlanish oqibati deb 
tushuntiradi. Uning mulohazasiga binoan sochsiz tana boshqa jins uchun jozibador 
bo‘lgan. Shu sababli jinsiy tanlanish million yillar davomida tana yuzasidagi 
sochlar siyrak va qisqa bo‘lgan individlar erkak va ayollarni tobora ko‘paya 
borishiga olib kelgan. Ch.Darvin va Uolles qayd etishicha tanadagi sochning 


16 
yo‘qolishi yoki reduktsiyaga uchrashi odam uchun hech qanday foyda keltirmagan, 
balki tanadagi soch kechasi sovuq bo‘ladigan ekvatorda tanani sun‘iy ravishda 
isituvchi, olov yoki kiyimga o‘xshash vosita vazifasini o‘tagan. Lekin ekvator 
sharoitida tanadagi soch qatlamini yo‘qolishi reduksiyasi kechasi birmuncha zararli 
bo‘lsada, kunduzi nihoyatda foydali bo‘lgan. Eng qadimgi odamlar qanday qilib 
sovuqdan saqlanish yo‘llarini oldinroq o‘zlashtirgan (Chunonchi sinantroplar 
olovdan foydalanishni bilgan) bo‘lsada, uzoq vaqt tanani qizib ketish vositasini 
bilolmaganlar. Katta hajmli gavdaga ega bo‘lgan odamlar uchun bu katta muammo 
xisoblangan. Yuksak maymunlar tanasini ayniqsa ko‘krak va orqa tomonida 
sochlar siyrak. Tanasini qalin jun qoplagan shimolda yashovchi hayvonlar kichik, 
aksincha issiq o‘lkalarda tropiklarda yashovchi sut emizuvchi hayvonlar, masalan 
fillar terisida yunglar - sochlar bo‘lmasligini eslab o‘tish joiz. 
Eng qadimgi odamlar issiq o‘lkaning ochiq 
yerlarida 
yashab, 
daraxtlardagi 
maymunlarga 
qaraganda issiqlik xavfiga ko‘proq uchraganlar. 
Ozuqa ko‘p xududlarni kezgan odamlar uchun 
tanani qizib ketishi nihoyatda xavfli bo‘lgan. Shu 
sababli tabiiy tanlanish qadimgi odamlar orasida 
kam yungli formalarni saqlanishiga olib kelgan. 
Terining ayrim qismlari (kaft, tovonlar)da 
soch-yung bo‘lmaydi. Barmoqlar harakatlanishi 
bilan bog‘liq ravishda ular satxida egatchalar 
ko‘zga tashlanadi. Bulardan tashqari kaft terisida nozik papilyar chiziqlar mavjud. 
Barmoqlardagi papilyar chiziqlarni joylashuvi yoysimon, sirtmoqsimon, 
aylanasimon ko‘rinishda bo‘ladi. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish