Mavzu: Donador, sochiluvchan materiallarni klassifikatsiyalash



Download 354,35 Kb.
Sana10.02.2022
Hajmi354,35 Kb.
#440218
Bog'liq
8-Амалий машгулот


8 – AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu: Donador, sochiluvchan materiallarni klassifikatsiyalash


Donador material aralashmasini fraksiyalarga, bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘lchamli zarrachalarni, ajratish uchun uch xil klassifikatsiyalash qo‘llaniladi:


Mexanik usul, bunda sochiluvchan materialni elak, to‘r va shunga o‘xshash moslamalarda elab olinadi. Mexanik klassifikatsiyalashda o‘lchami elak teshigidan kichik bo‘lganlari undan o‘tib ketadi. O‘lchami katta bo‘lgan bo‘laklar yoki donachachar esa, yana qayta maydalashga jo‘natiladi; gidravlik klassifikatsiyalash qatgiq zarrachalar aralashmalarini suyuqlikda cho‘kish tezligi asosida fraksiyalarga ajratadi; havo yordamida ajratish qattiq zarrachalar aralashmasini havoda cho‘ktirish yordamida amalga oshiriladi.
Klassifikatsiyalash yordamchi jarayon sifatida qo‘llaniladi, ya’ni materialni
maydalashdan oldin mayda fraksiyasi ajratib olinadi. Ushbu jarayon, yirik bo‘laklarni elab olib, qayta maydalashga jo‘natish uchun, yana kerakli o‘lchamdagi tayyor mahsulotni ajratib olish uchun ham qo‘llanishi mumkin.
Mexanik klassifikatsiyalash yana ajratish (yoki elash) deb ham nomlanadi. Bu
usulda zarrachalar o‘lchami millimetrning bir necha ulush idan toki bir necha santimetr o‘lchamli materiallarni ajratish uchun qo‘llaniladi. Klassifikatsiyalash
jarayoni elash (groxot) yoki ajratish (separator) moslamalarida amalga oshiriladi.
Materiallarni elash uchun metall yoki boshqa material listlarida teshiklar
hosil qilingan to‘rlar, metall sterjenlari parallel joylashtirilgan kolosniklardan foydalaniladi. Elak teshigi ko‘rinishi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lishi mumkin. O‘lchami esa 0,04 dan 100 mm gacha bo‘ladi. Elak raqami, shu elak teshigi o‘lchamining qiymati bilan bir xil bo‘ladi.
To‘rlar 2-12 mm qalinlikdagi metall listlardan 2-10 mm diametrlardagi teshikli qilib yasaladi. Teshiklar tiqilib qolmasligi uchun, teshik pastga qarab kengayib boruvchi shaklda qilinadi.
Kolosniklarni sterjenlardan trapetsidal ko‘rinishda qilib yig‘iladi. Moslamaning ko‘rinishdagi bu yig‘ish zarrachalar o‘tishini osonlashtiradi. Sochiluvchan materiallar perforatsiyali yuzaga nisbatan xarakati davrida klassifikatsiyalash jarayoni sodir bo‘ladi. Bunda, perforatsiya qilingan yuza qo‘zg‘almas yoki tebranma harakatda bo‘lishi mumkin. Agar, perforatsiyali yuza qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilsa, uning ufqga nisbatan qiyalik burchagi, material ishqalashtsh burchagidap katga burchak ostida bo‘lishi kerak.
Klassifikatsiyalash natijasida ikki xil mahsulot, ya’ni elangan va elanmagan mahsulotga ajraladi. Elangan mahsulot teshiklardan o‘tgani bo‘lsa, elanmagani bu elakdan o‘tmagan qismi bo‘ladi. Klassifikatsiyalash bir va ko‘p marotabali bo‘ladi. Oddiy klassifikatsiyalaщda material bir marotaba elansa, ko‘p martali klassifikatsiyada esa teshiklari turli o‘lchamli bir nechta elaklardan o‘tkaziladi.



Elaklar. Ma’lum bir kator frakiiyalarni klassifikatsiyalab ajratib olish uchun kuyidagi kup marotabali elash usuli qo‘llaniladi
(7.15-rasm): - maydadan yirikka. Ushbu usulda material teshik o‘lchamlari ortib boruvchi bir necha elakdan ketma-ket o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi; yirikdan maydaga. Teshik o‘lchamlari kamayib boruvchi elaklar biri-birini ustiga o‘rnatiladi; - kombinatsiyalangan.
Sanoatda harakatchan va qo‘zg‘almas turdagi elaklar ishlatiladi. Elaklarning ko‘p qo‘llaniladigan turi-qo‘zg‘almas elaklardir. Elaklar tebranuvchan, barabanli, siltalanuvchan, diskli, g‘ildirakli, kolosnikli va zanjirl bo‘lishi mumkin.
7.16-rasmda tebranuvchan elak sxemasi tasvirlangan.



Elak krivoship mexanizmi yordamida tebranma harakat kiladi. Elangan mahsulot pastga teshikdan to‘kiladi, elanmagani esa elak bo‘ylab harakatlanib, qayta maydalashga jo‘natiladi. Bir qancha frakdiyalarga ajratish uchun tebranuvchi
elaklar ko‘p qavatli qilinadi. Material kurilmaning eng yuqorisiga to‘kiladi. Katga o‘lchamli material yuqori qavatda qoladi, maydalari esa pasgki qavatda to‘planadi. Katga o‘lchamli bo‘laklari yana qaytadan maydalashga jo‘natiladi.
Teshikli tebranuvchan g‘alvir-mashinaning afzalliklari: g‘alvirlash samaradorligi
yuqori; ixcham; ta’mirlash qulay.
G‘alvir mashinaning kamchiliklari: konstruksiyasi mukammal emas; saralash paytida silkinib, tebranib ishlaydi. Rolikli elaklar harakatchan kolosnikli mashinalar qatoriga kiradi. Bu turdagi mashinalarda elash yuzasini parallel o‘rnatilgan. Aylanuvchi o‘qlarga mahkamlangan disk yoki roliklar bajaradi.
Ajratilayotgan material disk yoki g‘ildirak ustida harakatlanadi va ular orasidash tirqishdan pastga tushadi. Elangan material elakning oxiridan tashqariga to‘kiladi. Materialni uzluksiz silkinishi tufayli uning g‘idsirak yoki disklar bo‘ylab harakatlangani uchun fraksiyalarga ajralish samaradorligi ortadi. Barabanli g‘alvir-mashina esa, gorizontga nisbatan 4-7° burchak ostida joylashgan baraban bo‘lib, go‘rdan yoki taram-taram qilib temir listdan yasalgan bo‘lib, o‘qga yoki tirgakli g‘ildirakga o‘rnatilgan bo‘ladi. Barabanning ochiq tomonidan material yuklanadi. Baraban devori orqali mayda material elanadi, elaqsan o‘tmagani esa barabanning past tomonidan to‘kib olinadi. Barabanli g‘alvir-mashina eng mayda zarrachalarni yirik bo‘laklardan klassifikatsiyalash uchun ishlatiladi. G‘alvir teshiklarini material harakatlanish yo‘li bo‘yicha o‘zgartirish, ya’ni kattalashtirish ham mumkin bo‘lzdi. Barabanli g‘alvir mashinaning kamchiliklari: ajratish samadorligi va unumdorligi kichik.
Don va boshoqli don mahsulotlarini tozalash uchun gorizontal va vertikal
silindrik don tozalash ajratgichlardan foydalaniladi. Ajratish jarayoni metall to‘rli ajratgichlarda amalga oshiriladi. Elak (to‘r) teshiklari don aralashmasi harakati yo‘palishi bo‘yicha kattalashib boradi. Aralashmani ajratish esa vertikal ajratgichda markazdan qochma kuch yordamida amalga oshsa, gorizontal ajratgichda esa tebranma harakat tufayli amalga oshiriladi.
7.17-rasmda barabanli markazdan qochma ajratkich (separator) ning sxematik Ko‘rinishi tasvirlangan.

Baraban bir necha qism (seksiya) dan tashkil topgan. Tozalanmagan don yuqori seksiyaga kelib tushadi. Markazdan qochma kuch ta’sirida boshoqpi material barabanli ajratkichning g‘alvirsimon devor chetiga uriladi. Material tarkibidagi, dondan kichik aralashmalar g‘alvir orqali o‘tib ketadi va ajratgichdan chiqarib tashlanadi. Don esa, kurilmaning pastki qismiga tushadi. Bu seksiya devorining teshiklari mahsulot o‘lchamidan katga bo‘lgani uchun, don g‘alvirsimon devordan o‘tib, kurilmadan chiqarib yuboriladi.
Vibratsion g‘alvir mashinalarining elagi tekis yotiq bo‘lib, tebratkich yordamida harakatga keltiriladi. Materialning elak ustida doim tebranib (silkinib) turishi tufayli, elak teshiklari to‘lib qolmaydi va zarrachalar teshikdan o‘tib ketadi. Ushbu jarayonni tebranish chastotasi va amplitudasini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlash oson. G‘alvirda detallarni almashtirish qiyin emas.
Sochiluvchan materiallar tarkibidagi temir va cho‘yan aralashmalarni tozalash elektromagnit ajratkich yordamida amalga oshiriladi
(7.18-rasm).Elektromagnit barabanli ajratkichda o‘qga mos ravishda qo‘zg‘almas magnit joylashtiriladi. Bu magnit o‘zgarmas elektr tokida ishlaydi. Baraban aylanganda uning yuzasi elektromagnit qugblari yaqinida joylashgan bo‘ladi. Metall aralashmalar kuchli magnit maydon ta’siriga duch kelib, baraban yuzasiga yopishib qoladi. Magnit maydon ta’siriga tushmaydigan boshoqli materiallar bunkerga to‘kilaveradi. Keyin esa, metall zarrachalar ham maydon ta’siridan uzoqlashgatsdap so‘ng, ular ham bunkerdan tashqariga yig‘iladi. SHu usulda donlarni metalldan ajratish mumkin bo‘ladi.
Magnitli ajratkichlar metallarni mashinalarga yuklash jarayonida ham ishlatish mumkin bo‘ladi.
Qattiq jismlar aralashmasini fraksiyalarga gidravlik klassifikatsiyalash, qattiq zarrachalarni suyuqlikda cho‘kishininig umumiy qonuniga bo‘ysunadi.
Gidravlik klassifikatsiyalash suv oqimining gorizontal yoki ko‘tarilish harakatida amalga oshiriladi. Oqim tezligi shunday tanlanadiki, bunda klassifikatordan kichik o‘lchamli ma’lum zarrachalar oqim bilan chiqib ketsa bu zarrachalar yuqori mahsulot deb nomlansa, . klassifikatorning o‘zida qoladigan zarrachalar o‘lchami katta bo‘ladi va u ostki maxsulot deb nomlanadi.

l-qobiq; 2-ichki konus; 3- materialni yuklash patrubkasi; 4,5-yirik zarrachalarni yuklash patrubkasi; 6-yo‘naltiruvchi kurakcha; 7- changni chiqarish patrubkasi.

Markazdan qochma kuch ta’sirida klassifikatsiyalash esa gidrotsiklonlarda amalga oshiriladi. Havo yordamida ajratish gidravlik klassifikatsiyalashdan farqi shundaki, zarrachalarni havoda cho‘ktirish tezligi suyukdikda cho‘kish tealigidan tezroq boradi. Havo yordamida ajratish, siklonli kurilmalarda havoning yuqoriga ko‘tariluvchi oqimida amalga oshiriladi.


7.19-rasmda markazdan qochma ajratkich sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday ajratkichlar tegirmondan chiqadigan havo oqimiga ulanadi. Yirik zarrachalar markazdan qochma kuch ta’sirida halqa (aylanma) oralik va konus devorlariga urilib ajratiladi. Yigilgan yirik zarrachalar konus devoridan sirpanib-dumalab kurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Ajralmagan mayda zarrachalar
havo oqimi bilan birgalikda siklonga chiqib ketadi.
Download 354,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish