A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Magistrlar bilimini sinash uchun savollar



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Magistrlar bilimini sinash uchun savollar 
1.
Ekologiya atamasini birinchi bo‗lib qaysi olim fanga kiritgan? 
2.
Ekologiya fani qanday bo‗limlardan tashkil topgan 
3.
Antropoekosistema haqida tushuncha bering. 
4.
Antropoekosistemani boshqa ekosistemalardan farqi nimada? 
5.
Demografik ekologiya haqida ma‘lumot bering. 
6.
Odam autekologisi bilan qaysi mutaxassislar shug‗ullanadi? 
7.
Odamning qanday adaptiv tiplari farq qilinadi? 
8.
Qishloq va shahar ekosistemalarini taqqoslang. 
 
 


143 
17§. Odam ekologiyasi haqida umumiy tushuncha 
Asosiy tayanch tushunchalar va bilimlar: 
ekologiya, ekologik muhit, geografik 
zonallik, odamlar populyatsiyasi, adaptiv tip, arktik tip, tropik adaptiv tip, 
gipoksiya, mo‟tadil ekologik tip, cho‟l, dasht, chala cho‟l adaptiv tiplari. 
Odamzod bundan taxminan 20 ming yil ilgari hayot uchun qulay bo‘lgan yer 
sharining barcha tabiiy - geografik zonalariga tarqalgan va xilma - xil sharoitda 
yashashga moslashgan. Odamning muhitga moslanishlari, albatta, asosan ijtimoiy 
muhit sharoitida amalga oshgan. Lekin odam evolutsiyaining dastlabki davrlarida 
biotik, abiotik ekologik omillar uning organizmiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan (hozirgi 
ilmiy - texnika yuksalishi davriga nisbatan). Bunday omillar odam populyatsiyasi-
ga har xil yo‘nalishda ta‘sir etgan. Oqibatda har xil geografik zonalarning iqlim 
sharoitiga qarab odamzodning har xil adaptiv tiplari shakllangan. Adaptiv tip 
deganda tashqi muhit omillariga nisbatan organizimni biologik reaksiya normasi 
tushiniladi. U morfofunksional, biokimyoviy, immunalogik belgilarda namayon 
bo‘lib, ular kompleks ravishda organizm yashash sharoitiga optimal moslashishini 
ta‘minlaydi. 
Har xil geografik zonalarda adaptiv tip belgilari umumiy va maxsus 
elementlardan tashkil topadi. Ularning birinchisiga tanasining suyak muskul 
massasi, qon zardobidagi immun oqsillar miqdori kiradi. Qayd etilganlar odam 
organizimini tashqi muhitning noqulay sharoitlariga organizimning umumiy 
qarshiligini oshiradi. Maxsus elementlarga gipoksiya (havoda O
2
kam) kirib, u 
sovuq va issiq iqlim bilan aloqalar. Ana shu umumiy va maxsus elementlarni 
etiborga olgan holda odamlarni arktik (shimoliy) tropik, mo‘tadil iqlim, baland 
tog‘, cho‘l zonalarida yashaydigan odamlarning adaptiv tiplari farqlanadi.
Odamlar yashaydigan har xil geografik iqlim zonalariga adaptiv tiplar, hayot 
sharoitini o‘ziga xosligi va odamlar papulyatsiyadagi har xillikni ko‘rib chiqamiz.
Arktika yashash sharoiti turg‘un past harorat, o‘simliklarning kam bo‘lishi 
hayvonot dunyosining ko‘pligi ozuqalarning fasllarga qarab davriy o‘zgaruvchan 
bo‘lib, masalan, o‘simlik ozuqalari qisqa yoz davrida bo‘lishi hayvonlar ozuqasi 
qushlar, baliqlar, bug‘ular, dengiz hayvonlari urchiyotgan davrda bo‘lishi 


144 
kuzatiladi. Ozuqalar vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larga, mikroelementlarga boy, 
lekin o‘simlik uglevodlari juda oz.
Shimoliy qutb ortida mikroorganizimlar juda kam, past harorat patogen 
sodda hayvonlar sistalari, gelment tuxumlari va qurtlar bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 
Qayd qilingan omillarga Arktika odamlari adaptiv tipiga, asosan, sovuq iqlim va 
hayvonlar go‘shtining ta‘siri kuchlidir. Shunga ko‘ra odamlar populyatsiyasi 
Arktika ekalogik tipining suyak - muskul sistemalari kuchli rivojlangan, ko‘krak 
qafasi keng, qondagi gemoglabin miqdori yuqori, iligi ko‘p joyni egallaydi, 
suyaklarda mineral moddalarning ko‘p bo‘lishi, qondagi oqsillar, xolestirinni 
ko‘pligi bilan tavsiflanadi. 
Arktika ekalogik tipda energiya almashinuvi kuchli, termoregulyatsiya 
yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Termoregulyatsiyaning o‘ziga xosligini ko‘rish 
mumkin. Chunonchi bir xil darajadagi past haroratda kanadalik indeyslarda teri 
harorati keskin kamayadi va lekin modda almashinuvi oz o‘zgaradi. Oq tanlilarda 
esa teri harorati oz pasaysa ham kuchli titroq bo‘lib, modda almashinish 
jadallashadi.
Tropik va subtropik o‘lkalarning ayrim joylaridagina odamlar istiqomat 
qiladilar. Bu joylarda harorat o‘ta yuqori, namlik ham ko‘p. Nam o‘rmonlar quruq 
balandliklar, tekislikliklari bilan o‘zaro farqlanadi. Bu o‘lkalarda o‘simlik 
maysalari nihoyatda ko‘p. Nam o‘rmonlarda hayvonlar kam, aksincha, savanna 
cho‘l biyobonlarida hayvonot olami xilma- xil. Ayniqsa, yirik hayvonlar nihoyatda 
ko‘p, tuproqda, havoda, suvda ko‘p mikroorganizimlar, gelment tuxumlari, bir 
hujayralilar, kasallik qo‘zg‘atuvchilarnng sistalari uchraydi. Hayvonot dunyosining 
boyligi va turli - tumanligi tufayli biogelmentlarni har xil kasalliklarni 
tarqatuvchilari ham ko‘p bo‘ladi. Tropik adaptiv tipini shakillanishining asosiy 
omili bo‘lib issiq nam iqlim va hayvon oqsili kam, nisbatan kam bo‘lgan ozuqa 
sanaladi. 
Tropik viloyatdagi odamlar irqiy ijtimoiy jihatdan turlichadir. Tropik adaptiv 
tipiga mansub bo‘lgan odamlarda tanasi uzun, muskullari unchalik yaxshi 
rivojlanmagan, tana og‘irligi kam, oyoq qo‘llari nisbatan uzun, ko‘krak qafasi 


145 
nisbatan kichik, teridagi ter bezlarining soni nisbatan ko‘p bo‘lishi hisobiga terning 
ko‘p ajralishi, modda almashish, yog‘larni sintez qilinishi kam ekanligi, 
xolestrinning qondagi konsentratsiyasi kamligi bilan tavsiflanadi.
Mo‘tadil iqlim sharoitidagi odamlar populyatsiyasining ekologik tipida 
modda almashinish darajasi arktik va tropik tub aholi populyatsiyasining o‘rtasida 
bo‘ladi. Bu zona issiq va namlik miqdori bo‘yicha o‘zaro farq qiladi. Ular orasida 
quruq cho‘l, yarim cho‘llar bilan tog‘gacha bo‘lgan maydonlar bor. Haroratning, 
namlikning keskin o‘zgarishi mo‘tadil iqlim sharotida kuzatilmaydi. 
Tog‘ adaptiv tipi yashaydigan joy atmosfera bosimi va havo tarkibida kislorod 
miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi. Baland tog‘larda yashovchi odamlar 
papulyatsiyasida (uning qanday irqqa mansubligidan qat‘iy nazar) moddalar 
almashinuvi jadal, naysimon ko‘rinishidagi suyaklar uzun bo‘lishi, ko‘krak 
qafasining kengligi, qon tarkibidagi eritrositlarda gemoglobin miqdori ko‘p 
bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Olimlarning fikricha, yuqorida bayon qilingan odamlar populyatsiyalari 
adabtiv ekologik tiplari orasida eng qadimgi davrda shakllangani tropik tip 
sanaladi. U, avvalo, evolyutsiya bilan paralel ravishda shakllanib oldin Afrikada, 
keyin boshqa o‘lkalarda uning shakllanishi davom etgan.
Odamlar populyatsiyasini mo‘tadil ekalogik adaptiv tipi, tropik tipni genetik va 
fenotipik polimorfizi asosida shakllangan. Ularning shakllashi Yevro Osiyoda, 
keyinchalik Shimoliy Amerikaning mo‘tadil iqlim sharoitida amalga oshgan. Bu 
ekologik adaptiv tip yevropoid va mongoloid irqlar zaminida shakllangan. 
Odamlar populyatsiyasi Yevro Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimolida 
yashashga o‘tishi bilan ekologik adaptiv tip vujudga kelgan. Bundan mustasno 
Janubiy Patogoniya, olovli yerlarda va Janubiy Amerikaning Antraktidaga yaqin 
zonasida indeyslar arktik tipiga xos belgilarga ega bo‘lganlari ham shakllangan.
Tog‘ adaptiv ekologik tipi ham irqiy holatdan qat‘iy nazar yevropaliklar Alon, 
Kavkaz, Pomir, Himolay hamda Tibet, Tyan-Shan, And tog‘larida mongoloid irqi 
populyatsiyalari asosida shakllandi.


146 
Tog‘ ekologik adaptiv tipi eng yangi adaptiv tip hisoblanadi. Keying vaqtlarda 
odamlarning shahar ekologik adaptiv tipi shakllandi. Ular doimiy ruhiy 
reaksiyalar, kechinmalar ta‘siriga morfofunksional jihatdan chidamlidirlar. 
Tabiiy va sun‘iy sistemalar omillari insonga doimo ta‘sir ko‗rsatadi. Yer 
yuzining turli joylarida har xil tabiiy omillarning ta‘siri ostida irsoniyat 
rivojlanishining tarixi davomida yer qurrasi axolisining ekologik ixtisoslashuvi 
natijasida odamlarning adaptiv tiplari kelib chiqqan. Adaptiv tip – yashash 
muxitiga biologik reaksiya nomasi bo‗lib, insonning o‗sha sharoitda yaxshi 
rivojlanishini ta‘minlovchi morfofunksional, biokimyoviy, immunologik belgilar 
rivojlanishi bilan belgilanadi. Quyidagi adaptiv tiplar farq qilinadi. Ular 
quyidagilar: 
1.
Arktik adaptiv tip 
2.
Tropik adaptiv tip 
3.
Tog‗ adaptiv tip 
4.
Saxro, yarim saxro, cho‗l va chala cho‗l adaptiv tip 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish