A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Urug’ning vujudga kelishi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Urug’ning vujudga kelishi. 
Galaning urug‘ jamoasiga aylanishi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi va shu bilan bog‘liq ishlab chiqarish 
munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishi, shuningdek, yaqin qarindosh bilan jinsiy 
aloqada bo‘lishni bartaraf qilinishi bilan bog‘liqdir. Keyingi neolitdagi mustahkam 
o‘troqlik va ovchilik hamda turar-joylar xarakteri o‘sha davrda ishlab chiqarish
birlashmalaridan iborat katta inoq jamoa mavjudligini ko‘rsatadi. Har bir turar- joyda 
kamida 50 nafar odam yashagan. Manzilgohlarda ikki yoki uchta turar joy bo‘lgan.
Birgalikdagi mehnat faoliyati, umumiy turar - joy, nisbiy o‘troq jamoa 
a‘zolarining jipslashuviga va qarindoshlik aloqasining anglashga olib kelgan. 
Qarindoshlik haqidagi tushuncha jismoniy qarindoshlikni emas, balki jamoa iqtisodiy 
va ijtimoiy birligining ifodasi bo‘lgan. Qarindoshlikni guruh qarindoshligi sifatida 
anglashi tojemlar g‘oyasi asosida bo‘lgan (tojem - hindcha urug‘ degan). Ayol 
urug‘ning boshlig‘i hisoblangan, bolalar uning atrofida to‘plana borgan. Ayol 
jamoaning qon-qarindoshlari o‘rtasida nikohlarning ta‘qiqlanishi bilan homo 


94 
sapiensda ekzogamiya vujudga kelgan. Bu davrda ikki urug‘ o‘rtasida nikohlanish 
natijasida urug‘ paydo bo‘lgan, ba‘zi olimlar fikricha, ikkita urug‘ birlashgan va 
natijada nikoh endogamiyaga aylangan. 
Mezolit va neolitda ona urug’i davri odamlarining yutuqlari.
Muzlik 
davrining tugashi bilan eng uzoq davom etgan davr paleolit tomom bo‘ldi va mezolit 
boshlanadi. Mezolit 14 - 7 ming yillar ilgari bo‘lgan. Iqlim, flora va fauna asta- sekin 
hozirgi holatga kelgan. Muzliklarning chekinishi bilan mamont, serjun karkidon
boshga hayvonlar neolit ko‘p ovlanishi natijasida qirib yuborilgan.
Shimol bug‘usi muzlik davrida shimol tomon ketib qolgan. Muzliklardan 
keyin janubda ochiq dashtlarga yaqin joylarda qarag‘aylar, emanlar, qayinlar, 
kashtanlar, archalar ko‘karib o‘rmonlar hosil qilgan. Los, yovvoyi cho‘chqa, ayiq va 
baliq kabi hayvonlar urchiy boshlagan. O‘rmon hayvonlari maydaroq chaqqon 
bo‘lgan. Ilgarigi ov usullari, qurollari ov uchun yaroqsiz bo‘lib borgan. Mitrolitlar 
(kichik toshlar) 1- 2 sm uzunlikdagi pichoqsimon o‘tkir uchli shakldagi chaqmoqtosh 
buyumlari keng yoyilgan. Bumerang mezolit qabilalarining o‘ziga xos ixtirosi bo‘l-
gan. Bumerang egilgan yassi yog‘och parchasi shaklida o‘roqsimon irg‘itma, gurzi 
(cho‘qmor) faunaning o‘zgarishi tufayli hayvonlarni o‘rab olib ovlash ikkinchi 
darajali bo‘lgan. Ovchilik ma‘lum darajaba yakka yakka hayvonlar qidirish va ularni 
kamon o‘qlari bilan ovlash amalga oshgan. O‘ljaning bir qismini yaralangan hayvon 
yoki hayvon bolalarini saqlash imkoni paydo bo‘lgan. Itni qo‘lga o‘rgatishga asos 
bo‘lgan. Undan odam ov qilish uchun, manzillarini qo‘riqlash uchun foydalangan.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish