A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

 
9§.
Ibtidoiy dehqonchilikni paydo bo‘lishi. Ibtidoiy chorvachilikni
paydo bo’lishi 
Tayanch iboralar va tushunchalar: 
ibtidoiy dehqonchilik, chorvachilik, madaniy, 
manzarali o„simliklar, markazlar, arxeologik dalillar, xonakilashtirilgan 
hayvonlar, madaniylashtirilgan o‟simliklar.
Dastlabki dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqish muammosi bilan 
arxeologiya, siyosiy iqtisod, evolyutsiya, genetika kabi fanlar shug‘ullanadi. 
Darvinning ―Madaniy o‘simliklar va xonakilashtirilgan hayvonlarning kelib 
chiqishi‖ (1868) degan asaridan ancha oldin mazkur muammo bilan R.Broun, 
Xristofor, Smit, Dekandol shug‘ullangan. Shvetsariya olimi Dekondolning 256ta 
kitobining uchdan bir qismi madaniy o‘simliklarning kelib chiqishiga 
bag‘ishlangan. Uning 1888 nashr qilgan ―Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi‖ 
deb nomlangan asarida botanika, geografiya, tarixiy, arxeologik metodlar bayon 
etilgan va ibtidoiy dehqonchilik bilan bog‘liq holda 247ta madaniy o‘simliklar 


97 
haqida ma‘lumot keltirilgan. Ularning 199 tasi eski dunyodan 45 tasi Amerikadan 
kelib chiqqan. Darvin o‘zining ―Madaniy o‘simliklar va xonakilashtirilgan 
hayvonlarning o‘zgaruvchanligi‖ degan asarida Dekondolning yuqorida qayd 
etilgan asaridan keng foydalangan holda bir qancha yangi fikrlarni bayon etgan.
Darvin Avstraliya, Yangi Zelandiya orollarida ko‘p o‘simliklar borligini 
qayd qilgan. Lekin mahalliy qabilalarning rivojlanish darajasi nihoyatda past 
ekanligini ta‘kidlab o‘tgan. Shu sababli ular hatto ibtidoiy dehqonchilik bilan ham 
shug‘ullanmaganlar. Bunga qarama – qarshi ravishda Markaziy Amerika 
mamlakatlarida ko‘p mevali o‘simliklar mavjud, bunga sabab mahalliy xalqlarning 
xo‘jalik yuritishlari yuqori ekanligi va yovvoyi o‘simliklarning ko‘pligidir. 
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi, geografiyasi, sistematikasi, 
genetikasini tadqiq qilishda N.I. Vavilov va uning safdoshlarining xizmatlari 
nihoyatda kattadir. Uning ―Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari‖ 
degan asari dunyo bo‘ylab u qilgan safarlari asosida yozilgan. Mazkur asarda 
dunyoning qayerlarida odamlar ibtidoiy dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklari 
haqida qimmatli ma‘lumotlar to‘plangan. 1935 - yili dunyo bo‘ylab qilingan 
safarlarga asoslanib N.I. Vavilov madaniy o‘simliklar Xitoy, Hindiston, Hindi-
Malay, O‘rta Osiyo, janubiy Osiyo, O‘rta yer dengizi, Xabashiston, Janubiy 
Meksika (Peru, Ekvador, Boliviya) markazlariga bo‘lishni tavsiya etdi. Shu 
yerlardagi mahalliy xalq qadimdan dehqonchilik bilan shug‘ullanganliklarini 
ma‘lum qildi. 
N.I.Vavilov o‘z asarlarida madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari 
haqida mulohaza yuritganda asosan– geografik ma‘lumotlar, o‘simliklarning 
mahalliy nomlariga asoslangan. O‘sha vaqtlarda va hozirgi vaqtda ham madaniy 
o‘simliklarning kelib chiqishi bilan bog‘liq arxeologik ma‘lumotlar nihoyatda kam 
bo‘lgan. 
Boshqa rus olimi akademik V.L.Komarov tomonidan 1931- yili nashr 
qilingan ―Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi‖ degan asarida biz ko‘pgina 
madaniy o‘simliklarning yovvoyi formalarini topolmadik, bundan keyin ham 
topolmaymiz. Buning sababi madaniy o‘simliklar bir tur emas, balki bir nechataga 


98 
yaqin yovvoyi tur madaniylashtirilishi oqibatida, ularning o‘zaro chatishishi va 
ongsiz tanlash keng maydonda olib borilishi natijasida kelib chiqqan deydi. 
Keyinchalik o‘tkazilgan tadqiqotlar ham duragaylash madaniy o‘simliklar 
evolyutsiyasida muhim rol o‘ynaganligini ko‘rsatadi. N.I.Vavilov qolgan umrini 
ibtidoiy 
dehqonchilikni paydo bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganishga 
bag‘ishlamoqchi edi. Lekin 1943 - yili Lisenko va boshqa olimlarning tuhmatiga 
ko‘ra Saratov turmasida ochlikdan vafot etadi. 
Hozirgi davrda 1940 - yillarga nisbatan ibtidoiy dehqonchilikka tegishli 
arxeologik, botanik, geografik ma‘lumotlar kengaydi. Ular ibtidoiy dehqonchilik 
markazlari bir necha ekanligini shu jumladan O‘rta Osiyo ham ana shu 
markazlardan biri ekanligini ko‘rsatdi. 
P.M. Jukovskiy ―Madaniy o‘simliklar va ularning yovvoyi formalari‖ degan 
asarida hamda N.N.Bazilevskaya ―Manzarali o‘simliklarning kelib chiqish 
markazlari‖ (1960) asarlarida, shuningdek, Ye.N. Sinskayaning 1969 - yili nashr 
qilingan ―Madaniy o‘simliklarning tarixiy geografiyasi‖ degan asarlarida yanada 
madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari bo‘yicha yangi fikr mulohazalar 
o‘rtaga tashlandi. 
Jukovskiyning fikricha, madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlari 
12ta. Bular Xitoy – Yaponiya, Indoneziya, Hindi – Malay, Avstraliya, O‘rta Osiyo, 
Old Osiyo, O‘rta Yer dengizi bo‘yi, Afrika, Yevropa – Sibir, Markaziy Amerika, 
Janubiy Amerika, Shimoliy Amerika markazlaridir. 
N.N.Bazilevskaya N.I.Vavilovning madaniy o‘simliklarning kelib chiqish 
markazlariga yana 5ta markazni kiritdi. Bular manzarali o‘simliklarning kelib 
chiqish markazlari bo‘lmish Janubiy Afrika (asosan Kapskiy viloyat) Yevropaning 
mo‘tadil qismi, Afrikaning g‘arbiy qirg‘oqlari, Kanar orollari, Avstraliya va 
Shimoliy Amerika markazlaridir. 
Ye.N. Sinskaya ―Ilk dehqonchlikda madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi‖ 
muammosini arxeologik materiallar asosida yechishni maqsad qilib qo‘ydi. Shunga 
asoslanib u madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi markazlari 5 viloyatga 10 
kichik viloyatga ajratadi. 


99 
Bular.
1) qadimgi O‘rta Yer dengizi viloyati (ularga oldingi Osiyo, O‘rta va janubiy 
– g‘arbiy Osiyo va O‘rta Yer dengiz kichik viloyatlari kiradi) 
2) Sharqiy Osiyo markazi bunga shimoliy – sharqiy Osiyo (Yaponiya-
Manjuriya) janubiy sharqiy kichik viloyatlar kiradi. 
3) Janubiy Osiyo viloyatlariga Hindi – Xitoy, Manaka – Malaziya kichik 
viloyatlari kiradi. 
4) Afrika viloyati 
5) Yangi dunyo markazi unga Markaziy Meksika va janubiy – Amerika 
kichik viloyatlari kiritilgan. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish