A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


§. Odam evolyutsiyasida mehnatning roli



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

7§. Odam evolyutsiyasida mehnatning roli 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
antromorf, anatomik, fiziologik, 
birlamchi signal sistemasi, ikkilamchi signal sistemasi,odamning paydo bo„lishida 
mehnatning roli, Darvin konsepsiyasi, mehnat qurollari, korelyativ o„zgaruv-
chanlik. 
Odamning antromorf hayvonlar bilan solishtirilsa, odam har qanday 
odamsimon maymundan sifat jihatdan tubdan farq qiladi. Anatomik nuqtai 
nazardan tananing vertikal holatda bo‘lishi, oyoqlarda yurishga moslashish, bosh 
miya va kalla suyagining o‗ziga xos tarzda rivojlanganligi, qo‗l tuzilishining 
xususiyati va boshqa bir qancha belgilar odamni ajratib turadi. Fiziologik jihatdan 
odamda ikkilamchi signal sistemasining rivojlanganligi oliy nerv faoliyatini o‗ziga 
xos xususiyatlari bilan ta‘riflanadi. Lekin faqat anatomik va fiziologik belgilarni 
analiz qilish hayvonot dunyosining har qanday vakilidan ajralib turadigan ijtimoiy 
forma bo‗lmish odamning paydo bo‗lish mexanizmini tushuntirib bera olmaydi. 
Odamning paydo bo‗lishiga olib kelgan jarayon, u faqat odamga xos bo‗lgan 


86 
mehnat faoliyati odamning tarixiy taraqqiyotida asosiy omil bo‗lganligini ko‗rsatib 
beradi. 
Mehnatning odam bilan tabiat o‗rtasida yuzaga chiqadigan jarayon 
ekanligini ko‗plab olimlar o‗z asarlarida bayon etib o‗tishgan. Mana shu jarayonda 
odam o‗z faoliyati bilan o‗zi va tabiat o‗rtasida moddalar almashinuvini idora etib 
boradi. Odam mehnatining o‗ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, odam mehnat 
qurollarini o‗zi yaratadi, birorta hayvon, hattoki, eng murakkab tuzilgan hayvon 
ham bunga qodir emas. Mehnat butun inson hayotining asosiy shartidir. Sharti 
bo‗lganda ham shunday shartidirki, ma‘lum ma‘noda odamning o‗zini mehnat 
yaratgan deb aytishimiz mumkin. Darvin konsepsiyasiga amal qilib odamning 
ajdodlari poda – poda bo‗lib daraxtlarda yashagan yuksak darajada tuzilgan 
maymun vakillari edi, deb e‘tirof qilishimiz lozim. Ana shu ajdodlar yerda yurish 
uchun qo‗llar yordamidan voz kechib tik holatda yurishga tobora ko‗p o‗rgana 
boshlagan paytda maymunning odamga aylanishi uchun hal qiluvchi qadam 
qo‗yiladi.
Tik holda yurish avval qoida, keyin esa zaruriyat bo‗lib qolgan sayin qo‗l 
erkin qolib funksiyalari murakkablasha boshladi. 
Maymunlarda ham qo‗l va oyoq funksiyalari bir qadar taqsimlana boshladi. 
Maymunlar daraxtlarga chiqayotganda oyoqlariga qaraganda qo‗lidan bir muncha 
boshqacharoq foydalanadi. Bundan tashqari ular uy qurish, narsalarni ushlash 
uchun qo‗llarini ishlatadi. Biroq antropomorf maymunlarning takomillashgan qo‗li 
bilan necha yuz ming yilgi mehnat tufayli mukammallashib borgan odam qo‗li
o‗rtasida haddan tashqari katta farq bor. Birorta ham maymunning qo‗li eng sodda 
tosh qurol ham yaratgan emas. Mehnat faoliyatini vujudga kelish jarayoni juda 
uzoq bo‗lgan. Dastlabki tosh inson qo‗lida pichoqqa aylanishidan oldin aftidan shu 
qadar uzoq vaqt o‗tishi kerak ediki, bizga ma‘lum tarixiy davr buning oldida 
arzimas bo‗lib qoladi. 
Qo‗l erkin bo‗lib mehnat faoliyatining ta‘siri bilan zo‘r berib rivojlanayotgan 
paytda odamning bunyodga kelishi uchun eng katta qadam qo‗yiladi. Shu ma‘noda 
Engels ta‘biri bilan aytganda qo‗l mehnat organi bo‗libgina qolmay, mehnat 


87 
mahsuli hamdir. Odam qo‗li mehnat tufayli tobora murakkab ishlarga moslashib 
borganligi uchun ham san‘at asarlarini bunyodga keltira oldi.Lekin qo‗l o‗ziga 
mustaqil bir narsa emas edi. Korelyativ o‗zgaruvchanlik tufayli odam qo‗lining 
asta - sekin mukammallashib borishi va oyog‗ining shunga yarasha tik holatda 
yurishga moslanishi inson organizmining boshqa hamma qismiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Odamsimon ajdodlarda mehnat faoliyatining zo‘rayishi birgalashib mehnat 
qilish jarayonida jamoa a‘zolarining ancha mahkam jipslashuviga yo‗l ochmog‗i 
lozim edi: Shu munosabat bilan ovoz signallari yordamida aloqa bog‗lash 
zaruriyati tug‗iladi. Buning natijasida maymunlarning rivojlanmagan xiqildog‗i 
asta - sekin o‗zgarib boradi. Og‗iz apparati esa, ma‘no anglatadigan tovushlarni 
chiqaradigan bo‗lib qoldi. Shunday qilib mehnat jarayoni nutqning vujudga 
kelishiga sabab bo‗ldi. 
Avvaliga mehnat, undan keyin esa ma‘noli nutq bosh miyaning 
rivojlanishiga olib kelgan turtki bo‗ldi. Miya rivojlanib borishi bilan bir qatorda bir 
- biri bilan bog‗liq holda sezgi organlari yanada rivojlandi. Jumladan eshituv 
organining rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan birga bordi. Shunisi e‘tiborliki, 
maymunlarda juda ibtidoiy shaklda bo‗lgan tuyg‗u sezgisi ham qo‗l rivojlanishi va 
mehnat tufayligina vujudga kelgan. 
Miya va unga bog‗liq bo‗lgan sezgi organlarining rivojlanishi o‗z navbatida 
insonning mehnat faoliyatiga, nutqning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Odam 
paydo bo‗lishi bilan hayvonlarda bo‗lmagan yana bir element – jamiyat vujudga 
keladi. Insonlar jamiyatini maymunlar podasidan ajratib turadigan harakterli belgi 
mehnatdir. Mehnat qurollar tayyorlashdan boshlanadi. Dastlabki qurollar ovchilik 
va baliqchilik anjomlari edi. Bular odamga qurol bo‗lib ham xizmat qiladi. 
Ovchilik va baliqchilik o‗simlik ovqatlari bilan bir qatorda go‗sht bilan 
ovqatlanishga o‗tish uchun yo‗l ochdi. Bu esa odamning bunyodga kelishida yana 
bir qadam bo‗ladi. Go‗shtli ovqatda odam organizmidagi moddalar almashinuvi 
uchun kerak bo‗ladigan eng zarur moddalarning hammasi deyarli tayyor holda edi. 
Bu – hazm qilish jarayonining qisqarishiga olib keldiki, Shu tufayli organizm 


88 
energiyasi boshqa muhim organlarda ketadigan omillarga sarflanadigan bo‗lib 
qoladi. 
Go‗shtli ovqat iste‘mol qilish yana ikki juda muhim yutuqni qo‗lga 
kirishiga: olovdan foydalanishga va hayvonlarni qo‗lga o‗rgatishga olib keldi. 
Shularning birinchisi hazm jarayonini yanada ko‗proq qisqartirib qo‗ydi, ikkinchisi 
esa go‗shtli, shuningdek, sutli ovqatlar zahirasining yanada ko‗payishiga sabab 
bo‗ldi. 
Inson xilma –xil ovqatlarni yeyishga o‗rganib qolganidek, turli tuman iqlim 
shavroitlarida yashashga ham o‗rganib oldi, shu tufayli turar joy, kiyim – kechak 
va boshqalarga ehtiyoj seza boshladi. Odamni hayvondan tobora ko‗proq 
uzoqlashtirib qo‗ygan mehnat sohalari paydo bo‗ldi. Ovchilik bilan chorvachilikka 
dehqonchilik, gazlma to‗qish, metallarga ishlov berish, kulolchilik va boshqa 
ko‗plab ishlab chiqarish sohalari qo‗shildi. Kasb- hunarlar bilan birgalikda san‘at 
va fan vujudga keldi. Qabilalardan millatlar va davlatlar shakllandi, ularning 
o‗zaro munosabatlaridan huquq va siyosat bunyodga keldi. Lekin shu bilan bir 
qatorda odam miyasida fantastik qarashlar ham rivojlanib bordi, bu diniy 
qarashlarning vujudga kelishi bilan ifodalanadi, Shu qarashga muvofiq odam o‗zini 
alohida yo‗l bilan, ilohiy qudrat bilan kelib chiqqanligini e‘tirof eta boshladi. Fan 
va texnikaning rivojlanishining barcha sabablari miya faoliyatiga bog‗liq deb 
hisoblana boshlandi. Odamning mehnat faoliyati munosabati bilan rivojlanib 
borgan ilm - fan asta - sekinlik bilan takomillashib bordi. 
Odamsimon ajdodlarning odamga aylanishidagi jarayonlarning asosiy 
omillari quyidagilar: 1) qo‗lning mehnat qurollarini yaratadigan a‘zoga aylanishi; 
2) ma‘noli nutqning rivojlanishi; 3) oliy nerv faoliyatining yuksak darajada 
rivojlanishi; 4) jamiyatning vujudga kelishidir. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish