A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov


Odamda nutqning rivojlanishi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

Odamda nutqning rivojlanishi. 
Odamning xulq atvori eng yuqori 
rivojlangan hayvonlar xulq – atvoridan keskin farq qiladi. Oliy rivojlagan ong, 
mustaqil fikrlash va u bilan bog‘liq xoldagi nutq kabi bosh miya faoliyatini bunday 
murakkab ko‘rinishlari faqat odamlarga xos. So‘z odamlarning jamoa bo‘lib 
yashash, mehnat faoliyati natijasida tarixiy jarayonda rivojlangan. So‘z odamlar 
orasidagi aloqa vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Hayvonlardagi bir –biri bilan hatti 
– harakati orqali qo‘rqish, qo‘rqitish, tobelikni ifoda qilish faqat yorug‘likda 
samarali bo‘ladi. Hayvonlarda o‘zaro aloqa hid orqali ham amalga oshiriladi. 
Masalan tulki, ayiq yoki bo‘rilarning ov qiladigan hududi siydik yoki muskus 
bezlaridan ajraladigan suyuqlik bilan chegaralab qo‘yish o‘zaro aloqa vositasi 
sanalanadi. Lekin hayvonot dunyosida tovush orqali o‘zaro aloqa bog‘lash 
nihoyatda samarali hisoblanadi. Chunki y orqali ko‘p axborot berish masalan 
hasharotlar ayniqsa arilar bir birlariga ozuqa manbai, uning qayerda ekanligi 
to‘g‘risida axborot beradilar. Tovush orqali aloqa qilish hayvonot dunyosida 
nihoyatda katta o‘rin tutishi bilan bir qatorda nutqning paydo bo‘lishida zamin 
vazifasini o‘tagan. Tovushni har xil qilish orqali sutemizuvchi hayvonlar, qushlar 
o‘zlarini turgan joylarini, ko‘rgan narsalarini qaerda ekanligini qo‘shni hayvonlar 
axvoli to‘g‘risida bir birlariga axborot beradilar. Tovushlar buyruq yoki olingan 
axborotga javob tariqasida bo‘lishi mumkin. Hayvonlarning hayajonlanishi ham 
tovushni o‘zgartirish orqali boshqa hayvonlarga yetkaziladi. Ota – ona hayvonlar 
bilan ularning nasllari orasidagi aloqa ham tovushlar orqali amalga oshiriladi. 
Odam jamiyatda til orqali ming yillar davomida to‘plagan axborotni kelgusi 
nasllarga yetkazadi. Agar hayvonlar o‘z tuyg‘ularini, fe‘l-atvorlarini imo-ishora
tana harakati, tovush orqali ma‘lum qilsalar, ulardan farqli ravishda tovush orqali 
odamlar o‘zaro aloqa bog‘laydilar. 
Olimlarning aniqlashicha – maymunlardan chiqqan tovush ikki xilga 
ajratiladi. Ulardan biri tuyg‘uni ifodalovchi qiyqiriq, ikkinchi tovush apparati 
qatnashmaydigan shovqinlar bo‘lib u tuyg‘uni ifodalashga yo‘nalmagan 
A.A.Leontev ―Tilning paydo bo‘lishi va birlamchi rivojlanishi‖ deb nomlangan 
asarida qiyqiriq bilan ifodalangan tovushlar ko‘p axborotli bo‘lib avstrolopiteklarni 


83 
bir – biri bilan bo‘lgan aloqasida muxim o‘rin tutgan va ular odamlarda tovush 
orqali so‘zlashni shakllanishida ahamiyat kasb etgan bo‘lishi mumkin deb qayd 
qilib o‘tadi. 
Olimlarning aniqlashicha shimpanze 25-30 so‘zni tovush orqali bildirgan. 
Lekin L.A. Firsav, V.Yu. Plotnikov qayd etishicha shimpanzeni o‘zaro tovush 
orqali aloqada bo‘lishi odamning so‘zlash faoliyatini asosini tashkil etmay, balki 
unga paralel ravishda rivojlangan. 
Alekseev V.A ta‘kidlashicha odam nutqi nihoyat ibtidoiy, sodda bo‘lmasin 
yangi ko‘rinish tarzida paydo bo‘lgan. 
So‘z faqat odam tomonidan qabul qilinadi. So‘z ko‘pchilik shartli reflekslar 
uchun o‘ziga xos ta‘sirlovchi sanaladi. Biroq odam uchun so‘zning ahamiyatini 
shartli ta‘sirlovchi sifatidagi funksiyasi bilan cheklanib qolmaydi. So‘z 
odamlarning mehnat faoliyatida aloqa vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Odam o‘z 
hayoti davomida bir-biri bilan so‘z orqali aloqada bo‘ladi. So‘z odam 
tushunchalarini ifoda etadi. So‘zlar yordamida fikr yuritiladi. Shunga ko‘ra 
tafakkurni asosi so‘z xisoblanadi. Og‘zaki va yozma nutq kishilik jamiyatini 
taraqqiy etishida g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Odamlarning ongi bosh miya 
po‘stlog‘ining faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Ba‘zan bosh miya po‘stlog‘ining 
jarohatlanishi ro‘y berganda odam fikr yuritish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish