Hozirgi davrga kelib qadimgi odamlarning 700-300 ming yil muqaddam
yashagan. G’arbiy Yevropa yashagan neandertallar klassik neandertallarga
76
nisbatan anchagina
takomillashgan (rivojlangan) gavdali bo‘lganlar. Ularni kalla
suyaklarining tepa qismi baland peshona unchalik qiya bo‘lmagan yuzlari ham oldi
tomonga chiqqan. 50 ming yil oldin yashagan bunday neandertallarda umumiy
yuksalish ro‘y bergan Palastin va Iroqda topilgan neandertal suyak qoldiqlarini
o‘rganish ular marfologik jihatdan hozirgi odamlarga yaqin ekanligi, yani bosh
suyaklari miya qutisiga nisbatan tepa ekanligi, peshonasini yuqoriga tikligi, iyak
bo‘rtmasining oldinga chiqqanligini buni ko‘rsatadi. Bosh miyasining hajmi
hozirgi odamlarnikiga yaqin bo‘lgan. Kalla suyagining ichki tomonidan nusxa
olish miya yarim sharlarining ayrim qisimlari, xususan nutq va nafas olish bilan
bog‘liq qisimlari kengayganligini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida neandertallarda nutq
va tafakkur murakkablashganligidan darak beradi. Shunga asoslanib bunday
neandertal arxantrop bilan neandertal va hozirgi zamon kishilari o‘rtasidagi oraliq
forma emas. XX asr oxiriga kelib ko‘pchilik paleantologlar bunday fikr unchalik
asosli emasligini etirof etganlar. Bunga asosiy sabab olimlar neandertallarni aqliy
qobilyatlarini imkonini yetarlicha baxolashmaganliklari bilan aloqadordir. Qazilma
holdagi neandertallar topilgan joylarda hayvonlarning kuygan suyaklari gulxan
qoldiqlari topilgan. Bu ularni ovqat pishirishda olovdan foydalanganliklarini
ko‘rsatadi. Ularning yasagan qurollari anchagina nafis va murakkab bo‘lgan. Bosh
miyasining og‘irligi 1500 gramm ekanligi yuqorida ham aytilgan. Nutq
markazlarini rivojlanganligi, yaqin Sharqda neandertal odamlar tomonidan
o‘liklarni marosim, rasm – rusum bilan ko‘mish kabilar hozirgi odamlar yani
neontroplar bilan keyinchalik rivojlangan neandertallar orasida keskin farq
yo‘qligini tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra XX asrning 60 - yillariga kelib
Homo sapiens
kenja turi deb baxolab uni
Homo sapienus neandertalenusis
deb tariflashgan.
Neandertallarni esa
Homo sapiens
deb atashgan. Uni endi kenja tur deb
baxolanmoqda. Paleantrop va neandertallarni haddan tashqari ko‘p suyaklari,
qurollarini Yevropada ham topilgan va bu ikki kenja tur 37-25 ming yil oldin bir
vaqtda yashagan. Bu vaqtda neantroplar Afrika va Yevropadagina emas Osiyoning
ayrim uzoq xududlari masalan, Tayvan (Okikova) orollarida xatto Amerikada ham
yashaganlar.
Homo sapiens neanderholensis
suyak qoldiqlari 25 ming yildan keyin
77
topilmagan. Ularni tezda yo‘qolishi neontroplar bilan bo‘lgan raqobatda siqib
chiqarilganlar. Neantroplar yasagan qurollar murakkab texnik asosida yaratilgan.
Neantroplar bilan neandertallar orasidagi nikoh ham sababchi deb ko‘rsatiladi.
Hozirgi zamon tipidagi odamlarning kelib chiqishi odam evolutsiyasi biologik
omillarning roli ma‘lum darajaga pasayib ular o‘z o‘rni ijtimoiy omillarga
bo‘shatib berganligini ko‘rsatadi.
Neoantroplarning suyak qoldiqlari birinchi marotaba Fransiyaning janubidagi
Kromanon degan joydan topilgan. Kalla suyaklari bilan birga ular tomonidan
yasalgan qurollar, tosh nayza, shoxdan yasalgan otiladigan nayza, suyak qarmoq,
yog‘och nayza, tish pichoqlar, keskirlar ko‘p topilgan.
Homo sapiens
manzilgoxlari Samarqand hududida, Toshkent viloyati Ko‘lbuloq manzilida,
Farg‘ona vodiysida ham topilgan. Mehnat qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan
qirg‘ich, pichoq, chopqich, to‘g‘nog‘ich, keskichlardan iborat. Ular yovvoyi
ho‘kiz, sayg‘oq, kiyiklarni ovlaganlar. Kramanon odamlarning bo‘yi 180 sm bo‘lib
peshonasi keng tik tushgan. Kalla qutisining hajmi 1600sm ko‘z kosasi ustida
yaxlit do‘nglik bo‘lgan. G‘orlarni devorlarida ov epizodlari, raqsga tushayotgan
odamlar ko‘rinishidagi rasmlar tasvirlangan. Ular axro va mineral bo‘yoqlar bilan
ishlagan. Kromanon odamlar hayvon terisidan tosh va suyak ignalar bilan to‘qilgan
kiyim kiyib yurgan. Mehnat qurollari va buyumlar yasash, texnikasi neander-
tallarnikiga qaraganda ancha mukammal bo‘lgan.
Kromanon odam narsalarni jilolash parmalashni, kulolchilikni bilgan.
Bundan taxminan 8-9 ming yil ilgari kramanon odamlar hayvonlari qo‘lga
o‘rgatgan va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Kromanon odamlar jamoa bo‘lib
yashagan va ularda din shakllana boshlagan. Kromanon odamlarda biologik
evolutsiyadan sotsial evolutsiyaga o‘tish boshlangan. Ularni rivojlanishida ta‘lim -
tarbiya berish tajriba o‘rgatish muxum ahamiyat kasb etadi. Odamlar populyatsiya
yashash
uchun
kurashda
faqat
chaqqonlik
ziyraklik
bilan
boshqa
populyatsiyalardan ustun bo‘lib qolmagan. Balki inson o‘z kelajagi bo‘lmish nasli
haqiga g‘amho‘rlik qilishi. Hayot davomida to‘plangan tajribalarni tirik manbalar
bo‘lgan qariyalardan ov usullarini, qurollar yasashni, anana, urf odatlarni biladigan
78
kishilarni asrab avaylab borishii va populyatsiya, qabila, oila yo‘lida o‘zining
qurbon qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi kabilar sabab bolgan. Odamzodni
ijtimoiy rivojlanishida, ijtimoiy hayot qonunlari yetakchi rol o‘ynaydi. Shuni
takidlash lozimki Homo sapiens yoki kromanon odam 40 ming yil oldin paydo
bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |