A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


М едведев В.Ю .Научные аспекти дизайна. — СПб.: СПГУТД, 2014



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

1 М едведев В.Ю .Научные аспекти дизайна. — СПб.: СПГУТД, 2014.
- С.4.
351


sulotning tashqi belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda 
mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab- 
yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi 
funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi. 
Dizayn amaliy san’at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib, 
mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish, maqsadga muvofiq 
emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta’minlaydi.
Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini 
ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan 
mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion 
vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. 
Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va 
ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan tortib, mehnat vosita- 
larigacha, maishiy turmush buyumlar olamidan tortib, liboslar, 
daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiro- 
ki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha 
chizish, loyihalash m a’nosini anglatadi., U inson moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol buyumlari olami- 
ni uyg'unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir.
Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayot- 
ganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini ku- 
zatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda. Bugungi 
dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish, 
uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat 
qilmoqda.
Xalq amaliy san’ati va dizayn. 
M a’lumki, mavjud barcha 
san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga 
o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi- 
yalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga 
xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. 
Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy 
vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi.
Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoq­
da. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik 
kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati
352


va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan 
qollab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, « 0 ‘zbekiston 
xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi, sohaga oid xalqaro konfe- 
rensiyalarning o‘tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy 
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish 
va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik 
bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi 
bilan bog‘liq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy ustaxona va korxona- 
lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog‘och o‘ymakorligi, 
uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri 
bo‘ldi. Mahobatli yog‘och o‘ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo 
etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o‘zining salmoqli o‘rnini 
egalladi.
0 ‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham 
xalq amaliy san’atining bir qancha turlari namoyish etilmoq­
da. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlari- 
da qadim ustalarimiz an’analarining zamonaviy uslublar bi­
lan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham 
e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz na­
faqat 0 ‘zbekistonda balki jahonga ham mashhur bo‘lib bormoq- 
da. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq 
amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil- 
lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamo­
naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom 
san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat 
olib bormoqdalar.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, 
Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy 
san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, 
takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bolib
xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining dur- 
donalaridan bolgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. 
Xalq amaliy san’ati kishilarning m a’naviy olamini boyitadi, ba-
353


diiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning 
uchun ham o‘zbek xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axlo­
qiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqa- 
rashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda 
eng zarur manbalardan hisoblanadi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar-joylarda amaliy 
san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joylarning 
turli-tum an badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy 
bezak turlari, 0 ‘zbekiston me’morchiligida ham muhim o‘rin 
tutadi. Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devo- 
riy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini beza- 
tishda muhim jihatlardan hisoblanadi.
Yog‘och o‘ymakorligi faqat intererning sirtida namoyon bo‘lib 
qolmay turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu in- 
teryer uchun ishlangan stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shak- 
lining bejirimligi balki yog‘och fakturasining go‘zalligi va ularga 
berilgan ishlov hamda naqshlarning betakror va yengilligi kishi- 
ga zavq bag‘ishlaydi. Toshkent turar-joy me’morchiligida 0 ‘rta 
Osiyo me’morchiligi amaliyotida qo‘llanilgan badiiy bezaklarning 
deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch naqqoshligi 
hamda o‘ymakorligi shular jumlasidandir.
Interyerning badiiy bezalishida asosiy ahamiyat devoriy 
naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib, bu o‘zbek xonadonini bezatish- 
da muhim jihatlardan hisoblanadi. Ko‘pincha naqqoshlik ganch 
o‘ymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. Ayniqsa, Toshkentda 
keng tarqalgan o‘simlik naqshlari — majnuntol, anor, xrizantema 
butalarining yoyilgan shoxlarini ko‘plab uchratish mumkin. Bu 
lavhalar faqatgina bezak emas o‘z falsafiy ma’nosiga egadir. Ma­
salan, majnuntol — sevgi sog‘inchi, anor — serhosillik, lola — ba­
ilor, gulsafsar osoyishtalik va uzoq um rni anglatgan.
A n’anaviy badiiy hunarmandchilik buyumlari patnislar, 
ko‘zachalar har biri o‘zining betakror xislatlariga ega bo‘lib, 
ularni xarid qilishgina emas, balki ulardan zavqlanish, ularning 
donoligini tushunish va ularning badiiy qimmatiga baho berish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yodgorliklar estetik kechin- 
malar manbayi hamdir. Hech bir o‘zbek xonadoni yo‘qki unda
354


I
kulolchilik, badiiy kashtachilik, zargarlik buyumlari bilan beza- 
tilmagan bo‘lsin. 0 ‘rta asr Sharq miniatyuralari rangtasviridan 
olingan bezaklar interer dizayniga ham kirib kelishi milliy tur­
mush estetikasining yuksalishida muhim ahamiyat kasb etib qol- 
may, yangi-yangi an’analarni vujudga keltirmoqda.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish