Ganch oʻymakorligi



Download 106,29 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.07.2022
Hajmi106,29 Kb.
#811509
Bog'liq
Ganch oʻymakorligi - Vikipediya



Ganch oʻymakorligi
Ganch oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy sanʼatning keng tarqalgan sohasi. Ganchga
oʻyma naqsh va tasvir ishlashning qulayligi G. oʻ.ning rivojlanishiga olib keldi. Ganch
qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar oʻyish, yasash imkonini beradi, lekin
qotgandan soʻng u toshga oʻxshab qoladi. G.oʻ.da naqshlar maxsus metall keskichlar
vositasida tekis (2– 3 mm) va chuqur (2—3 sm) oʻyib solinadi, oʻyilgan naqsh yuzi rangli va
rangsiz gulganch bilan pardozlanadi. Pardoz turlaridan chok pardoz, pax pardoz, loʻla pardoz,
shabaqa pardozlar keng qoʻllaniladi. Naqsh mujassamotini anʼanaviy oʻsimliksimon (islimiy)
va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. G. oʻ. jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng
qoʻllaniladi. Jumladan taxmon, tokcha, javonlar oʻyma naqshlar b-n, ularniig yuqori devor bilan
shift tutashgan joylari sharafalar bilan bezatiladi, atroflari ensiz zanjira bilan oʻraladi.
Oʻrta Osiyo hududida 1-asrdan ganchga oʻyma naqsh ishlangan. Xorazmdagi Tuproqqalʼa,
Buxorodagi hukmdorlar sa-roylari va b. joylardagi arxeologik qazishlar jarayonida G. oʻ.
namunalari topilgan. Kad. qalʼa shaharlar binolari bezagida va ilk oʻrta asrlar yodgorliklarida
oʻyib, boʻyab, boʻrttirib tasvirlar ishlangan (Varaxsha, Panjakent, Afrosiyob va b.), terrakota
(sopol) haykalchalar topilgan. Islom dini kirib kelishi bilan mahobatli binolar (saroy, Madrasa,
masjid, maqbara, karvonsaroy va b.) bezagida tasvirlar oʻrnini oʻyma girih va islimiy naqshlar
egalladi. Oʻzbekistonda saqlangan meʼmoriy yodgorliklar qadimda naqsh sanʼati yuksak
darajada rivojlanganligi, ustalar handasani puxta oʻrganib, G. oʻ. sanʼatini yaxshi
egallaganliklarini koʻrsatadi. Termiz shohlar saroyi (12-asr) dagi G. oʻ. namunalari qolipaki
usulida tayyorlanib, soʻng devorga mustahkamlangan, 12—13-asrlarda Xorazmda muqarnas
sanʼati rivojtopgan. 14—15-asr larda mahobatli binolar bezaklarida sirkor gʻisht, koshindan
koʻp foydalanilgan boʻlsa ham, ularga ganchdan muqarnas, sharafalar koʻp ishlangan,
naqshlar jozibasi hozir ham diqqatni tortadi (mas, Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi). 17 —
19-asrlarga mansub binolar: Samarqanddagi Registon ansambli, Buxorodagi Abdulazizxon
madrasasi, Xivadagi Pahlavon Maxmud maqbarasi, Toshhovli saroyi, umuman Buxoro,
Samarqand, Toshkent, Qoʻqon, Xorazm meʼmoriy yodgorliklaridagi G. oʻ. namunalari bu
davrlarda shu joylarda G. oʻ.ning oʻziga xos uslublari, mustaqil maktablari shakllanganligini


koʻrsatadi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Samarqanddagi Kalontarov uyi, Toshkentdagi
Polovsev uyi (hoz. Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi binosi), Xivadagi Nurullaboy saroyi,
Qoʻqondagi Xudoyorxon oʻrdasi, koʻp sonli shaxeiy uylar bezaklari shundan dalolat beradi.
G. oʻ. kasbi "ustoz-shogird" usulida avloddan avlodga oʻtgan! 20-asr 60-y.laridan G. oʻ.dan
badiiy bilim yurtlarida, badiiy korxonalar qoshida, havaskorlik toʻgaraklarida taʼlim beriladi.
Respublika rassomlik kollejida badiiy ganch oʻymakorligi boʻlimi ochilgan (1994). Oʻzbekistan
shahar va qishloqparida bunyod etilgan aksariyat jamoat binolari xalq ustalari ishtirokida
bezatildi: Muqimiy teatrining hozirgi binosi (1943), Navoiy teatri binosi (1947) va b. binolar.
Navoiy teatri binosi respublikada mavjud G. oʻ. uslublarini hisobga olgan hodda foyelarni bir
necha zalga ajratib, har bir zal maxsus uslubda bezatildi: Buxoro zali (Us t a Shirin Murodov),
Toshkent zali (T. Arsloshulov), Samarkand zali (Us t a Kuli Jalilov), Xiva zali (A. Boltayev). 20-
asrning 2-yarmida bunyod qilingan binolar: Oʻzbekistan xalqlari tarixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi
saroyi, Turkiston saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi va b. G. oʻ. bilan
bezatildi.
Xalq ustalari G. oʻ. sohasidagi milliy anʼanalarni davom ettirib rivojlantirmokdalar va
zamonaviy mavzular bilan boyitmokdalar.
Surayyo Aliyeva.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ganch_
o%CA%BBymakorligi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Ganch_o ymakorligi&oldid=1
999435
" dan olindi 

Download 106,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish