Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri
insonning kiyinishi bilan bog‘liq bo‘lib
bu modaga borib taqa-
ladi. M a’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining
vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishini tushu-
namiz. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, m a’naviy,
axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo'ladi. Modani
asosiy ko'pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ish
lab chiqarishda ham,
siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham,
hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik me-
zon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga
nim a kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi.
Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, do
imiy ravishda o'zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni
taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga
xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu
jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik
tabi-
atiga ega.
Inson qaddi-qomatiga estetik ko‘rinish berishi bilan ham es
tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy
tuzilishiga oid ba’zi nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va
tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga keltirish mum
kin. Biroq bu yerda me’yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong
darajasi bilan bevosita bog‘langan bo‘lishi lozim. Bugungi kun
da estetik jarrohlik insonga «kosmetik bezak»
bermoqda, «chi-
roy» baxsh etmoqda, o‘ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb
go‘zalligi insoniy go‘zallikning asosi bo‘lishi lozim. Shu bois tur
mush estetikasi shaxs badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish-
da asosiy ijtimoiy manba va omil bo‘lib xizmat qiladi.
Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik sa-
lohiyat xos bo‘lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini
mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o‘rinda dizayn
ning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta ’kidlash joiz. Shu
m a’noda insonni qurshagan predmet va narsalar muhiti uyg'unlik,
shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko‘tarinki
kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi; insonga o‘z ha-
yotidan mamnunlik uyg‘otishi, ruhiy
muammolar yechimini hal
348
etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me’morlar, amaliy
san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman
ijodkorlar bu estetik
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojla-
rini qondirish maqsadida yaratadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, in-
teryerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo
naviy ilm-fan bilan bog‘liq bo‘lib yangi texnik va texnologik ish-
lanmalar, dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam
joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish
kundalik hayotimiz
yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo‘lib bormoqda va ijti
moiy hayot markazida turibdi.
M amlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha, mahalla va turar joylarni
bezashda maktab, litsey va kollej talabalari qatnashmoqda. Shu
orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini shakllan-
tirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod»
bolalar markazlarida o‘lkashunoslik va ekologiya,
dizaynerlik
to‘garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik qobiliyatining
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning
dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizayner
lik kasbining dastlabki ko‘nikmalari shakllanmoqda.
Allomalarning insonda ham m a narsa go‘zal bo‘lishi kerak,
degan ta’rifi shu o‘rinda o‘z m a’nosini ko‘rsatadi. Kiyim-ke-
chak, libos, narsa va buyum lar nafaqat moddiy, shu bilan birga,
badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo‘lib,
insonning tashqi qiyofasi, didi, o‘ziga bahosi,
ixtisosligi, ijtimoiy
mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas, tashkiliy va ruhiy
vaziyatni ham
ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim -kechak, libosning
yarashiqli, narsa, predmetlarning ko‘rkamligi kishilarda muay
yan estetik m am nunlik va xushnudlik uyg‘otishini ta’kidlash
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: