A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Ekoestetikaning 
XXI 
asr taraqqiyotidagi o‘rni. 
Insoniyat hozir 
o‘z tarixining mas’uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat- 
jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish 
bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyat-
1 Кант И . С очинения в 6 т. Т. 5. - М . , Мысль, 1966. - С.314.
343


lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli 
muammolarni qo‘ymoqda.
Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir 
xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z 
ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. 
Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga 
yo‘1 qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik 
muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning 
hal qilinishiga bog‘liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millat- 
larning m a’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini 
shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa­
batda bolish tabiatga bolgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat 
uning o‘zini gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmas- 
tuganmas shakllar manbayi bolib kelgan va shunday bolib qo- 
ladi.
Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini 
aniqlash, qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyo­
ti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik 
o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. 
XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujud­
ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bolagi 
ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda 
insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi.
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi- 
ya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos 
bolib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana 
shu muammoning hal qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon 
haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar, 
m a’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand 
munosabatda bolinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foy- 
dalanishga zo‘r berilgan edi. 0 ‘sha davr bizga o‘simlik va hayvo- 
not dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-xillikning 
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning 
ko‘payishi, chollanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol 
dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi
344


zarur bo'lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo­
lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, 
sog‘lom va musaffo atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash 
jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘zagini tashkil et­
gan 0 ‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va 
uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish